Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING TUZILMASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 12-avgustdagi “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 137-II-sonli va “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 138-II-sonli qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 29-avgustdagi “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 96-II-sonli va “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 97-II-sonli qarorlariga asosan:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudi tugatilsin.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati tuman (shahar) sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M. Toxiriy zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-sentabr,
PF-4241-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-sentabrdagi PF-4241 -sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-ilovada:
a) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimidan “Boʻzatov” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) “Sirdaryo viloyati” boʻlimida:
“Mehnatobod” soʻzi chiqarib tashlansin;
“Sharof Rashidov” soʻzlari “Sardoba” soʻziga almashtirilsin;
v) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Toshkent” soʻzi chiqarib tashlansin;
g) “Toshkent shahri” boʻlimidagi, “Akmal Ikromov” soʻzlari “Uchtepa” soʻzlariga almashtirilsin;
d) “Fargʻona viloyati” boʻlimidagi “Oxunboboyev” soʻzi “Qoʻshtepa” soʻziga almashtirilsin.
2. 7-ilovada:
a) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Toshkent” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Akmal Ikromov” soʻzlari “Uchtepa” soʻzlariga almashtirilsin;
v) “Fargʻona viloyati” boʻlimidagi “Oxunboboyev” soʻzlari “Qoʻshtepa” soʻzlariga almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 319-modda)