Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikamizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, isteʼdodli yoshlarning milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, izlanuvchan va tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati ilova qilinadi).
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov)ga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-fevral,
72-son
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI
| Artikova Anifa Kalilayevna | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi tasviriy va amaliy sanʼat litseyining 9-sinf oʻquvchisi |
| Dadaxoʻjayeva Nilufar Rafuqjanovna | — | Andijon viloyati Andijon shahridagi Biznes-maktabning 3-kurs talabasi |
| Xamroyeva Orzigul Jalolovna | — | Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi |
| Moʻminova Shohida Yoqubovna | — | Jizzax viloyati Jizzax shahar tibbiyot kollejining 1-kurs talabasi |
| Raxmonova Shahnoza Muxitdinovna | — | Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 4-maktabning 9-sinf oʻquvchisi |
| Temirova Muhabbat Temirovna | — | Navoiy davlat konchilik institutining 4-kurs talabasi |
| Ulugʻxoʻjayeva Muqaddasxon Naimxonovna | — | Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 42-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi |
| Ulashova Mamlakat Ahmadovna | — | Samarqand viloyati Madaniyat kollejining 1-kurs talabasi |
| Gʻaybiyeva Malika Movlonovna | — | Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 2-oʻrta maktabning 7-sinf oʻquvchisi |
| Xolmirzayeva Manzura Abdumuratovna | — | Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 2-oʻrta maktabning 9-sinf oʻquvchisi |
| Umarova Mastura Moʻydinboyevna | — | Toshkent davlat agrar universitetining aspiranti |
| Oʻsarova Nafosat Xomidovna | — | Fargʻona davlat universitetining 3-kurs talabasi |
| Roʻzmetova Moʻʼtabar Qurbonbayevna | — | Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi pedagogika kasb-hunar kollejining 1-kurs talabasi |
| Berdiyeva Dilorom Bobomurodovna | — | 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining 7-kurs talabasi |