Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.12.2002 yildagi 423-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ABDUXOLIQ GʻIJDUVONIY TAVALLUDINING 900 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk vatandoshimiz, tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludiga 900 yil toʻlishi munosabati bilan ulugʻ alloma hayoti va faoliyatini, boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va uni xalqimiz orasida keng targʻib qilish hamda bu tadbirlarni 2003-yil oktyabr oyida YUNESKO ishtirokida yuksak tashkiliy saviyada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 31-sessiyasi tomonidan Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi va tadbirlari rejasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Abduxoliq Gʻijduvoniy yashagan davr fani va madaniyatiga oid asarlarni, shuningdek, uning asarlari namunalarini nashr etishni oʻz ish rejalariga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy jamgʻarmasi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilotlar va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-noyabrdagi 423- son qaroriga
1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Toʻlaganov K.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
2.‎ Karomatov H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
3.‎ Husniddinov Z.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
4.‎ Husenov S.‎ —‎ Buxoro viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
5.‎ Shodiyev B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi bosh mutaxassisi, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi‎
6.‎ Abdullayev Sh.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari‎
7.‎ Azimboyev T.‎ —‎ “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni raisining oʻrinbosari‎
8.‎ Baratov F.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari‎
9.‎ Bahromov A.‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy‎
10.‎ Zikriyoyev E.‎ —‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi‎
11.‎ Yoʻldoshev �.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti‎
12.‎ Koʻchimov A.‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎
13.‎ Minovarov Sh.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi‎
14.‎ Munavvarov Z.‎ —‎ Imom al-Buxoriy jamgʻarmasi raisi‎
15.‎ Oripov A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
16.‎ Solihov Q.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi‎
17.‎ Subanov B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
18.‎ Tyan V.N.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
19.‎ Toʻxtayev A.‎ —‎ Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi‎
20.‎ Shogʻulomov R.‎ —‎ Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori‎
21.‎ Qurbonov B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
22.‎ Qudratov T.‎ —‎ Gʻijduvon tumani hokimi‎
23.‎ Qoʻziyev T.‎ —‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
24.‎ Hazratqulov M.‎ —‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-noyabrdagi 423- son qaroriga
2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎

Bajariladigan ishlar‎

Bajarish muddati‎

Bajarish uchun masʼullar‎

1. Qurilish ishlari‎‎
1.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniy majmuasini qayta taʼmirlash, obodonlashtirish, uning xiyobonini barpo etish‎

2003-yil sentyabr‎

Madaniyat ishlari vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya‎

2.‎

Bahovuddin Naqshbandiy majmuasini yangi loyiha asosida qayta taʼmirlash, hududini va qabristonni obodonlashtirish‎

2003-yil, sentyabr‎ Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎
3.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniy shogirdlari (Soʻfi Choʻyan, Xoʻja Langar) ziyoratgohlarini taʼmirlash va obodonlashtirish‎

2003-yil avgust‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi‎
4.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniy majmuasi hududidagi avariya holatidagi maktabni boshqa joyga koʻchirib, yangi maktab binosini qurish va uning oʻrnida xiyobon barpo etish‎

2003-yil avgust‎ Buxoro viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi‎
5.‎

Gʻijduvon paxta tozalash hissadorlik jamiyatini shahar tashqarisiga koʻchirish‎

2003-yil avgust‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi‎
6.‎

Gʻijduvon paxta tozalash hissadorlik jamiyatining oʻrnida dehqon bozorini qurish‎

2003-yil avgust‎ Buxoro viloyati hokimligi‎
7.‎

Buxoro oʻlkashunoslik muzeyi qurish va uning ekspozitsiyasini yaratish‎

2003-yil sentyabr‎ Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi‎
8.‎

Buxoro aeroportidan yubiley tadbirlari oʻtadigan Gʻijduvon shahrigacha boʻlgan masofada M-37, A-380 yoʻlida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish‎

2003-yil sentyabr‎ Buxoro viloyati hokimligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni‎
9.‎

Buxoro shahridagi yangi barpo etilayotgan xalqaro aerovokzal qurilishini tugallash‎

2003-yil avgust‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
2.Xalqaro tadbirlar
1.

“Abduxoliq Gʻijduvoniy va tasavvuf” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish‎

2003-yil oktyabr‎ Fanlar akademiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎
3. Nashr ishlari
1.

Abduxoliq Gʻijduvoniy qalamiga mansub hamda uning toʻgʻrisida yozilgan arab va fors tillaridagi asarlar roʻyxatini tuzish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilib chop etish‎

2003-yil sentyabr‎ Fanlar akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi, Toshkent islom universiteti, Din ishlari qoʻmitasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi‎
2.

Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi, xat jildlari, plakat va albomlar, esdalik sovgʻalari, taqvim va shu kabilarni ishlab chiqarish‎

2003-yil avgust‎ “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi‎
3.

“Abduxoliq Gʻijduvoniy va tasavvuf” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tezislarini nashrga tayyorlash‎

2003-yil avgust‎ Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi‎
4.

Abduxoliq Gʻijduvoniy hayoti va faoliyati haqida ilmiy-ommabop asarlar yaratish‎

Fanlar akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni‎
4. Ommaviy-maʼrifiy tadbirlar
1.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniyning 900 yilligiga bagʻishlab “Orifona suhbatlar”, “Naqshbandiya hikmatlari” va “Tasavvuf” mavzuida maxsus telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar uyushtirish‎

2003-yil avgust —oktyabr‎ Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi‎
2.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniyning insonni halollik, poklik, maʼnaviy komillik, mehnatsevarlik va adolatparvarlikka undovchi hikmatlari asosida ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash hamda televideniye orqali namoyish etib borish‎

2003-yil davomida‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi‎
3.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniy hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop, hujjatli filmlar yaratish‎

2003-yil sentyabr‎ “Oʻzbekkino” kompaniyasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi‎
4.‎

Abduxoliq Gʻijduvoniy yashagan davr tarixi va madaniyatini oʻrganish hamda bu davr toʻgʻrisida yangi ilmiy maʼlumotlar toʻplash maqsadida Gʻijduvon va Gʻishti qoʻrgʻonlarida arxeologik qazilma ishlarini olib borish‎

2003 �il davomida‎ Fanlar akademiyasi arxeologiya instituti, Madaniyat ishlari vazirligi‎