Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.05.2001 yildagi 218-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001 YILDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA QIShLOQ XOʻJALIGI EKINLARINI JOYLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tanqisligi sharoitlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati yer-suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini sifatli parvarish qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2001-yil hosili uchun gʻoʻza va sholi ekinlarini joylashtirishning belgilangan tartibiga suv tanqisligi munosabati bilan ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning yangi tartibini hisobga olgan holda, suv olish limitlariga oʻn kun muddatda oʻzgartirish kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini tunda sugʻorishni tashkil etsinlar, sugʻorishga suvchilarni qoʻshimcha ravishda safarbar qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kollektorlar va kanallarni tozalash, chuqurlashtirish ishlarini amalga oshirish, kollektorlarda tambalar qurish, shuningdek oqova suv havzalaridagi mavjud suvlardan foydalanish hisobiga suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning qoʻshimcha manbalarini jalb etish tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. Kollektor-drenaj suvlarini chiqarib olish uchun qoʻshimcha nasos agregatlari oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-son qaroriga 1-ilovaning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga doir qismi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 46-son qaroriga 1 va 2-ilovalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 16-maydagi 218 - son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv tanqisligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 2001-yil hosili uchun gʻoʻza va sholi ekinlarini joylashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏

Gʻoʻza‎‎

Sholi‎‎

ekin maydoni, ming ga‎ yalpi hosil, ming tonna‎ ekin maydoni, ming ga‎ yalpi hosil*, ming tonna‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 80‎ 185,6‎ 2‎ 6,6‎
Xorazm viloyati‎ 95‎ 280‎ 2‎ 8‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*) Toʻliq urugʻlik uchun yoʻnaltiriladi.