Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.01.1997 yildagi PF-1693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 06.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDA OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmonga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 3-noyabrdagi PF-1879-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kirgan. Mazkur Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi fanining ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda ilmiy muassasalarning roli va masʼuliyatini kuchaytirish, respublika agrosanoat majmuidagi islohotlarni jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi umumiy yigʻilishining uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi tashkilotlar birlashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi idoraga qarashligidan qatʼi nazar, agrosanoat majmui sohasida respublika ilmiy muassasalari va Oliy oʻquv yurtlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda, markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini eng avvalo qishloq xoʻjaligi tarmoqlari chuqur oʻrganishga va uni kelajakda rivojlantirishning prinsipial yoʻnalishlarini ishlab chiqishga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining aniq amaliy vazifalarini hal etishga yoʻnaltirgan holda quradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan toʻlaroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat majmuining eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xoʻjaligining samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan va lalmi yerlarning unumdorligini hamda samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berishning, chorva mollari va parranda oʻstirishning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya va urugʻchilik, naslchilik ishi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiyaga oid yutuqlarni sinab koʻrish va muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini rivojlantirish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini hamda masʼuliyatini ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yuqori samarali, ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xoʻjalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni shakllantirish muammolarini hal etish yoʻllarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori unum bilan ishlaydigan, mustahkam va tejamkor qishloq xoʻjaligi mashinalari va mexanizmlarning yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilgʻor tajribasini oʻrganish va ijodiy qoʻllash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va xorijda qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy tadqiqot tashkilotlarning qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalarini mustahkamlash va ilmiy texnik ishlanmalarni hayotga samarali joriy etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining boʻlinmalari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining amaldagi barcha imtiyozlari, shu jumladan, gonorarlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga akademiya tarkibida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻlimini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 11-iyundagi 218-son farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1693-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 14-modda)