Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021 04.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2138
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 04.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2138
Кучга кириш санаси
14.09.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARIGA AKADEMIK TAʼTIL BERISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2138]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 8-iyuldagi 21-2021-sonli va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 7-iyuldagi 15-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2138-2, 15.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2010-yil 6-avgust,

312-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) talabalariga akademik taʼtil, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olib, quyidagi hollarda berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligini tiklash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni parvarish qilish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademik taʼtil oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash uchun — qonun hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni oʻtash muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligini tiklash uchun — 12 oy muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari muddatiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Talabalarga oʻqish davomida ikki marta, istisno tariqasida, tibbiyot taʼlim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik taʼtil berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birinchi kurs talabalariga akademik taʼtil, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabaga akademik taʼtil berilishi uni taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Akademik taʼtil berish va akademik taʼtildan qaytish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademik taʼtil olish uchun talaba taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik taʼtil olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi, harbiy xizmatni oʻtash uchun akademik taʼtil olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qogʻozi ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, uning arizasiga asosan akademik taʼtil berilishi mumkin. Bunda, akademik taʼtil muddati oʻtishining boshlanishi talaba darslarda qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabaga salomatligini tiklash uchun akademik taʼtilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Taʼlim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabaning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaga akademik taʼtil berish taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanasi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Salomatligini tiklash uchun akademik taʼtilda boʻlgan talabalarda homiladorlik va tugʻish hollari yuzaga kelgan taqdirda, akademik taʼtilning muddati mazkur Nizomda homiladorlik va tugʻish uchun belgilangan akademik taʼtilning muddatiga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talaba akademik taʼtilga chiqqan kundan boshlab bir oy oʻtmagan boʻlsa, akademik taʼtilni bekor qilish va oʻqishga qaytishni soʻrab taʼlim muassasasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talaba akademik taʼtilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha taʼlim muassasasining rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, akademik taʼtil davrida talaba oʻqigan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) tugatilgan boʻlsa, talabani shu taʼlim muassasasida yoki boshqa taʼlim muassasasiga oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha koʻchirish masalasi ham ariza bilan birga koʻrib chiqilishi va hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Homiladorlik va tugʻish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik taʼtilda boʻlgan talabalar akademik taʼtil boshlangan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan soʻng oʻqishga qaytishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akademik taʼtildan qaytish boʻyicha talabaning murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi va uning taʼlim muassasasiga oʻqishga qaytishi toʻgʻrisida taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi chiqarilishi lozim. Ushbu buyruqda talaba akademik taʼtildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan oʻquv kursi va guruhi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademik taʼtil muddati tugagandan soʻng oʻqishga qaytmagan va natijada bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba taʼlim muassasasidan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surunkali kechuvchi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari bilan bogʻliq yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori boʻyicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik oʻzgarishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past boʻlsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha bosqichdagi xavfli oʻsma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turgʻun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa aʼzolar kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yalligʻlanish kasalliklarining oʻtkir davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ogʻir va qoʻshma travmatik shikastlanishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Endokrin kasalliklarining ogʻir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qon tizimi kasalliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻtkir va surunkali leykozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aplastik anemiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turgʻun buzilishi hamda psixopatik buzilishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shizofreniya barcha turlarining xuruj davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va ogʻir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) epileptik psixozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ogʻir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asoratlangan psoriaz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pursildoq yara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Layell sindromi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Stivens-Jonson sindromi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Zaxmning yuqumli bosqichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Traxomaning I, II, III darajalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-sonli qarori (roʻyxat raqami 2138-1, 17.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son)