Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI VA NAZORAT IDORALARINING BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MAʼMURIY-BOShQARUV APPARATI XODIMLARINING ShTATLAR SONINI QISQARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat soliq va Davlat bojxona qoʻmitalarining amaldagi boshqaruv tuzilmasi hamda maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish boʻyicha takliflari inobatga olinsin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ichki ishlar vazirligi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 393 ta shtat birliklari hisobiga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida quyi ichki ishlar idoralari tezkor xizmatlarining shtat birliklari 2-ilovaga muvofiq koʻpaytirilsin.
3. Davlat bojxona qoʻmitasi maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 55 ta shtat birliklari hisobiga bojxona chegara maskanlari va ularning tezkor-qidiruv guruhlari shtat birliklari 3-ilovaga muvofiq koʻpaytirilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.Sultonov va Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmalariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 22-fevral,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish boʻyicha
TOPShIRIQ
| t/r |
Maʼmuriy idoralar |
Amaldagi boshqaruv apparati xodimlari shtatlar soni |
Shtat sonini qisqartirish boʻyicha topshiriq |
Boshqaruv apparatining qisqartirilgandan keyingi shtatlar soni | |
|
Foiz hisobida |
Soni | ||||
| 1. | Ichki ishlar vazirligi | 5039 | 7,8 | 393 | 4646 |
| | Markaziy apparat | 1274 | 20 | 172 | 1102 |
| | (414 ta tezkor xodimlar shtatlari qisqartirilmagan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent sh. IIBB, Viloyatlar va transport IIB apparati (1553 ta tezkor xodimlar shtatlari qisqartirilmagan) | 3147 | 10 | 159 | 2988 |
| | IIV tasarrufidagi boʻlinmalar boshqaruv apparati soni | 358 | 10 | 36 | 322 |
| | IIV qorovul qoʻshinlari boshqaruv apparati | 260 | 10 | 26 | 234 |
| 2. | Davlat bojxona qoʻmitasi | 917 | 6,0 | 55 | 862 |
| | Markaziy apparat | 189 | 10 | 19 | 170 |
| | Viloyat boshqarmalari | 605 | 5 | 30 | 575 |
| | Qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlar | 123 | 5 | 6 | 117 |
| 3. | Adliya vazirligi | 4581 | 0 | 0 | 4581 |
| | Markaziy apparat | 153 | 0 | 0 | 153 |
| | Hududiy boshqarmalari | 323 | 0 | 0 | 323 |
| | Tasarrufidagi tashkilotlar | 4105 | 0 | 0 | 4105 |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi | 102 | 0 | 0 | 102 |
| | Markaziy apparat | 102 | 0 | 0 | 102 |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi | 267 | 0 | 0 | 267 |
| | Markaziy apparat | 59 | 0 | 0 | 59 |
| | Hududiy sudlar | 208 | 0 | 0 | 208 |
| 6. | Respublika Prokuraturasi | 2579 | 0 | 0 | 2579 |
| | Markaziy apparat | 264 | 0 | 0 | 264 |
| | Hududiy prokuratura idoralari | 2315 | 0 | 0 | 2315 |
| 7. | Davlat soliq qoʻmitasi | 13921 | 0 | 0 | 13921 |
| | Markaziy apparat | 301 | 0 | 0 | 301 |
| | Hududiy soliq boshqarmalari | 1095 | 0 | 0 | 1095 |
| | Tuman soliq inspeksiyalari | 11023 | 0 | 0 | 11023 |
| | Soliq sohasida huquqbuzarliklarga qarshi kurash tezkor Bosh boshqarmasi markaziy apparati | 75 | 0 | 0 | 75 |
| | Hududiy boshqarmalari | 1135 | 0 | 0 | 1135 |
| | Qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlar | 292 | 0 | 0 | 292 |
| Hammasi: | 27406 | 1,6 | 448 | 26958 | |
|
Markaziy apparat |
2342 | 8,2 | 191 | 2151 | |
|
Hududiy idoralar |
19926 | 0,9 | 189 | 19737 | |
|
Tasarrufidagi boʻlinmalar va tashkilotlar |
5138 | 1,3 | 68 |
5070 | |
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartiriladigan shtat birliklari hisobiga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida quyi ichki ishlar idoralari tezkor xizmatlarining shtat birliklarini koʻpaytirish boʻyicha
TOPShIRIQ
| Hududiy boshqarmalar | Amaldagi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tezkor xodimlari shtat birliklari | Qisqartirish hisobidan koʻpaytiriladigan shtat birliklari |
| Toshkent viloyati IIB | 5 | 35 |
| Surxondaryo viloyati IIB | 4 | 35 |
| Toshkent shahri IIBB | 5 | 33 |
| Fargʻona viloyati IIB | 5 | 33 |
| Namangan viloyati IIB | 5 | 29 |
| Jizzax viloyati IIB | 5 | 28 |
| Qashqadaryo viloyati IIB | 5 | 28 |
| Samarqand viloyati IIB | 6 | 27 |
| Andijon viloyati IIB | 6 | 27 |
| Sirdaryo viloyati IIB | 4 | 26 |
| Xorazm viloyati IIB | 4 | 26 |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV | 4 | 20 |
| Buxoro viloyati IIB | 6 | 17 |
| Navoiy viloyati IIB | 5 | 17 |
| Transportdagi IIB | 4 | 12 |
| Jami | 73 | 393 |
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartiriladigan shtat birliklari hisobiga bojxona chegara maskanlari va ularning tezkor-qidiruv guruhlari shtatlarini koʻpaytirish boʻyicha
TOPShIRIQ
|
Hududiy boshqarmalar |
Chegara maskanlarining amaldagi shtat birliklari | Qisqartirish hisobidan koʻpaytiriladigan shtat birliklari |
| Toshkent viloyati | 316 | 8 |
| Sirdaryo viloyati | 71 | 8 |
| Jizzax viloyati | 61 | 6 |
| Andijon viloyati | 150 | 6 |
| Surxondaryo viloyati | 183 | 5 |
| Navoiy viloyati | 51 | 5 |
| Samarqand viloyati | 65 | 4 |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 106 | 4 |
| Namangan viloyati | 158 | 3 |
| Qashqadaryo viloyati | 52 | 3 |
| Fargʻona viloyati | 156 | 3 |
| Jami | 1369 | 55 |