Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.03.2001 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAShQADARYo VILOYATIDA YuZ BERGAN ZILZILA OQIBATLARINI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 18-yanvarda Qashqadaryo viloyati hududida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish, zilziladan zarar koʻrgan aholiga moddiy yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumat komissiyasi (R. Azimov)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar koʻrgan tumanlarida tiklash ishlarini olib borish va yangi qurilishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini tugatish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobiga 2-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi, buyurtmachi vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklash ishlari va yangi qurilishlar Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda olib borilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi jadallashtiriladigan va yangidan quriladigan obyektlarning aniq roʻyxatini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi loyihalash institutlari bilan birgalikda 2001-yilda ishga tushiriladigan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ikki oy muddatda ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, quyidagilar 2001-yilda qurilishi jadallashtiriladigan obyektlarni va yangi qurilish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Kafolat jamgʻarmasining 2,0 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining daromad qismi xarajat qismidan ortiq boʻlishi hisobiga teng ulushlarda 7,0 mlrd soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash natijalari boʻyicha, zarurat boʻlganda, 2001-yilda va keyingi yillarda mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi uchun masʼuliyat Qashqadaryo viloyati hokimligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyatida yuz bergan zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2002 va 2003-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda buzib tashlanayotgan obyektlar oʻrniga qurilayotgan obyektlar ishga tushirilishini taʼminlash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlari Qashqadaryo viloyati hokimligiga maqsadli ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, kommunal xoʻjaligi, maʼmuriy, madaniy-maishiy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni tiklash chora-tadbirlari 3-ilovaga* muvofiq tegishli vazirliklar, idoralar hamda korxonalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 4-ilovaga* muvofiq korporatsiyalar, kompaniyalar va tijorat banklarining zilziladan zarar koʻrgan tumanlarda bittadan umumtaʼlim maktabini oʻz moliyaviy resurslari hisobiga qurish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar va korxonalarga 2001-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda Qashqadaryo viloyatining zilziladan zarar koʻrgan obyektlarida qurilish va tiklash ishlarini loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda bajarishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining oʻz vaqtida ajratilishini hamda buzib tashlanadigan obyektlar oʻrniga yangidan quriladigan va qayta tiklanadigan obyektlarni loyihalash uchun loyihalash tashkilotlariga loyihalashdan oldingi zarur hujjatlar berilishini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararni, ularni qayta tiklash va taʼmirlash uchun zarur qurilish materiallari hajmini aniqlash ishlarini tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyasi, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, vazirliklar va idoralar Qashqadaryo viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan, zilziladan zarar koʻrgan obyektlarni qayta tiklash uchun qurilish materiallarining birinchi navbatda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, uy-joylarni qayta tiklash va qurish uchun Hukumat komissiyasi belgilagan hajmdagi qurilish materiallari korxonalar tomonidan aholiga qoʻshilgan qiymat soligʻisiz sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklarining zilziladan zarar koʻrgan yakka tartibdagi uy-joylar egalariga kredit berish uchun: “Paxta-bank” tomonidan — 40 mln soʻm, “Oʻztadbirkorbank” tomonidan — 40 mln soʻm va Xalq banki tomonidan — 20 mln soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zilziladan zarar koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga respublika budjetidan 150 mln soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, oilalarga moddiy yordam toʻlovi yetkazilgan zararga koʻra tabaqalashtirilgan miqdorlarda, zilziladan zarar koʻrgan tumanlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar qarorlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali, yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zarar koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi hisobidan 15,2 mln soʻm mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta kompaniyalarining fuqarolarning arizalariga muvofiq, jami 26,5 mln soʻm, shu jumladan “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi boʻyicha — 4,0 mln soʻm, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi boʻyicha — 1,5 mln soʻm, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi boʻyicha — 20,0 mln soʻm, “Madad” sugʻurta agentligi boʻyicha — 1,0 mln soʻm sugʻurta toʻlovi toʻlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qashqadaryo viloyati hokimligi, vazirliklar va idoralar Hukumat komissiyasiga ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida yilning har choragida axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-son