Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.06.2001 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001/2002 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING MAXSUS SIRTQI BOʻLIMLARIGA QABUL KVOTALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayoni sifatini uzluksiz oshirish, ushbu taʼlim muassasalarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlashni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti, Namangan muhandislik-pedagogika instituti, shuningdek Urganch, Qoraqalpoq, Andijon, Samarqand va Fargʻona davlat universitetlari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimlarga 2001/2002 oʻquv yilida oʻrta maxsus maʼlumot va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega boʻlgan pedagog kadrlardan bakalavrlar tayyorlash uchun davlat grantlari asosida jami 1200 qabul kvotalari belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ilovaga muvofiq taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻrta maxsus maʼlumot negizida pedagog kadrlarni oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlarida bakalavrlar darajasida oʻqitish usulining ilmiy-metodik asoslarini yaratish, joylarda toʻplangan ijobiy tajribani umumlashtirish va ularning amaliyotga joriy etilishini taʼminlash masalalari yuzasidan muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlariga ajratilgan qabul kvotalarini oʻqitishning tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarni bir hafta muddatda Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat test markazi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlariga moslashtirilgan kirish test sinovlari materiallarini tayyorlasin, ushbu test sinovlarini adolatli va yuqori saviyada tashkil etishga doir zarur chora-tadbirlarni belgilasin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirliklari bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlarida oʻqish istagini bildirgan pedagog kadrlar uchun test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tegishli yoʻriqnomalar tayyorlasinlar va ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2001/2002 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlariga davlat grantlari asosida bakalavriyatga qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 28-iyundagi
279-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001/2002 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimlariga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifr‎ Oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari‎ 2001/2002 oʻquv yili qabul koʻrsatkichlari‎

Respublika boʻyicha‎

1200‎

1‎

Toshkent davlat pedagogika universiteti ‎ 400‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (mehnat)‎ 70‎
5140700‎ Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi‎ 40‎
5141000‎ Musiqiy taʼlim‎ 40‎
5141900‎ Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat‎ 20‎
5141600‎ Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish‎ 230‎

2‎

Andijon davlat universiteti ‎ 110‎
5140700‎ Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi‎ 15‎
5141000‎ Musiqiy taʼlim‎ 10‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (sohalar boʻyicha)‎ 20‎
5141600‎ Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish‎ 55‎
5141900‎ Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat‎ 10‎

3‎

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti‎ 100‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (ijtimoiy-iqtisodiy soha)‎ 15‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (Elektroenergetika, Texnologik mashina va uskunalar, Transport vositalaridan foydalanish, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik jihozlari va avtomatlash, Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi, Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi, Binolar va sanoat inshootlari qurilishi, Informatika va informatsion texnologiyalar)‎ 55‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (Yogʻ va moylar texnologiyasi, Qand va bijgʻish mahsulotlari texnologiyasi, Goʻsht, sut, baliq va konservalangan Mahsulotlar texnologiyasi, Don va don mahsulotlarini qayga ishlash texnologiyasi)‎ 30‎

4‎

Qoraqalpoq davlat universiteti ‎ 115‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (sohalar boʻyicha)‎ 15‎
5141600‎ Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish‎ 55‎
5141900‎ Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat‎ 15‎
5141000‎ Musiqiy taʼlim‎ 15‎
5480100‎ Amaliy matematika va informatika‎ 15‎

5‎

Namangan muhandislik-pedagogika instituti‎ 100‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (Elektroenergetika, Texnologik mashina va uskunalar, Transport vositalaridan foydalanish, Agroinjineriya, Binolar va sanoat inshootlari qurilishi, Injenerlik tarmoqlari qurilishi, Informatika va informatsion texnologiyalar, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik jihozlari va avtomatlash)‎ 45‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (Kimyoviy texnologiya, Goʻsht, sut, baliq va konservalangan Mahsulotlar texnologiyasi)‎ 25‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (Ijtimoiy-iqtisodiy soha)‎ 15‎
5521900‎ Informatika va informatsion texnologiyalar‎ 15‎

6‎

Samarqand davlat universiteti‎ 140‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (sohalar boʻyicha)‎ 30‎
5141600‎ Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish‎ 65‎
5141900‎ Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat‎ 15‎
5141000‎ Musiqiy taʼlim‎ 15‎
5521900‎ Informatika va informatsion texnologiyalar‎ 15‎

7‎

Fargʻona davlat universiteti ‎ 105‎
5140900‎ Kasbiy taʼlim (sohalar boʻyicha)‎ 20‎
5141600‎ Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish‎ 50‎
5141900‎ Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat‎ 15‎
5480100‎ Amaliy matematika va informatika‎ 20‎

8‎

Urganch davlat universiteti ‎ 130‎