Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2001 YILDA GʻOʻZA PLYoNKA OSTIDA OʻSTIRILADIGAN MAYDONLARNI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chigitni plyonka ostiga ekkan holda gʻoʻza oʻstirishning Andijon texnologiyasini keng joriy etish asosida paxtachilik samaradorligini oshirish, shuningdek 2001-yil paxta hosili uchun xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Gʻoʻza oʻstirishning sifatli, dorilangan, sarxillangan urugʻlik chigit tayyorlashga, gʻoʻzaning tezpishar, serhosil, rayonlashtirilgan navlarini polietilen plyonka ostiga barvaqt ekishga asoslangan samarali Andijon texnologiyasini amaliyotga keng joriy etish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarining eng muhim vazifasi hisoblansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va raisning birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va tumanlar hokimlari hamda hokimlarning qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddi boʻlgan birinchi oʻrinbosarlari, xoʻjaliklar rahbarlari joylarda gʻoʻza oʻstirishning Andijon texnologiyasi joriy etilishi, agrotexnika normalari va talablariga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 2001-yilda chigit plyonka ostiga ekiladigan maydonlar toʻgʻrisidagi taklifiga ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi gʻoʻzani mulchalash uchun “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasida (6 ming tonna) va “Jizzax-plastmassa” AJda (5 ming tonna) polietilen plyonka ishlab chiqarish maqsadida 11 ming tonna granulalar yetkazib berish yuzasidan tender oʻtkazishni oʻn kun muddatda taʼminlasin.
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Andijon viloyati hokimligi:
tender natijalariga koʻra polietilen plyonka ishlab chiqarish uchun granulalar yetkazib berish yuzasidan bir hafta muddatda tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar;
ilovaga muvofiq miqdorda polietilen plyonkalar ishlab chiqarishni va ularni paxtachilik xoʻjaliklariga oʻz vaqtida yetkazib berishni tashkil etsinlar.
5. Ushbu qarorga muvofiq import boʻyicha keltiriladigan 11 ming tonna granula bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
6. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi mashina-traktor parklari va xoʻjaliklardagi mavjud maxsus chigit ekish seyalkalari va moslamalari sonini hamda ularning texnik holatini oʻn kun muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va 2001-yil 20-fevralgacha ularni ishga toʻliq tayyorlab qoʻysinlar.
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga binoan yetishmayotgan seyalkalar 2001-yil 15-fevralgacha ishlab chiqarilishini hamda ularning mashina-traktor parklari va xoʻjaliklarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari T. Xoltoyev va R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 7-noyabr,
433-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-noyabrdagi 433-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2001-yil hosili uchun chigitni plyonka ostiga ekish va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash boʻyicha
TOPShIRIQ
| | | | | (ming tonna) | |
| Ekin maydoni, ming gektar | Polietilen plyonkaga boʻlgan ehtiyoj, 1 gektarga 56,9 kg hisobida | Quyidagilar hisobiga qoplanadi: | |||
| Andijon- polietileni QK | “Jizzax-plastmassa” AJ | ||||
| ishlab chiqarish hisobiga | mavjud tayyor polietilen plyonka hisobiga | ||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 5 | 0,3 | — | 0,3 | — |
| viloyatlar: | | | | | |
| Andijon | 100 | 5,7 | 5,7 | — | — |
| Buxoro | 10 | 0,6 | — | 0,6 | — |
| Jizzax | 5 | 0,3 | — | — | 0,3 |
| Qashqadaryo | 5 | 0,3 | — | 0,3 | — |
| Navoiy | 2 | 0,1 | — | 0,1 | — |
| Namangan | 20 | 1,1 | — | 1,1 | — |
| Samarqand | 15 | 0,9 | — | 0,4 | 0,4 |
| Surxondaryo | 5 | 0,3 | — | 0,3 | — |
| Sirdaryo | 6 | 0,3 | — | 0,1 | 0,3 |
| Toshkent | 15 | 0,9 | — | 0,4 | 0,4 |
| Fargʻona | 20 | 1,1 | 0,3 | 0,8 | — |
| Xorazm | 10 | 0,6 | — | 0,6 | — |
| JAMI | 218 | 12,4 | 6 | 5 | 1,4 |