Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BURHONIDDIN AL-MARGʻINONIY TAVALLUDINING HIJRIY SANA BOʻYIChA 910 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jahon xalqlarining maʼnaviy-diniy taraqqiyotiga, huquqshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk alloma, nodir isteʼdod egasi Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludiga hijriy sana boʻyicha 910 yil toʻlishi munosabati bilan uning xotirasini abadiylashtirish, xalqimizni ajdodlarimiz maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va jamoatchilikning 2000-yilda Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini respublikamizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Tashkiliy qoʻmita tegishli vazirliklar, hokimliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Badiiy akademiya va Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 2000-yilda Burhoniddin al-Margʻinoniy sharafiga yodgorlik majmui barpo etish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlasin va ularni tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fargʻona viloyati hokimligi va Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 2000-yilda “Burhoniddin al-Margʻinoniyning jahon fani va madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Burhoniddin al-Margʻinoniy yashagan davr fani va madaniyatiga oid asarlarni, shuningdek uning asarlari namunalarini nashr etishni oʻz rejalariga kiritsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddatda Burhoniddin al-Margʻinoniyning jahon fani va madaniyati tarixida tutgan oʻrnini chuqur oʻrganish, targʻib etish boʻyicha oʻz tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fargʻona viloyati hokimligi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilotlar va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi taklif-istaklari qoʻllab-quvvatlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-yanvardagi 17- son qaroriga
1 ILOVA
1 ILOVA
Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
| Karomatov H. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Mansurov A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| Joʻrayev N. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| Isayev A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Otaboyev A. | — | Fargʻona viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Shodiyev B. | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasi rahbari, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi |
| Abdullayev F. | — | Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori |
| Azimov R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri |
| Bahromov A. | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| Boliyev A. | — | Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi masʼul kotibi |
| Joʻrayev X. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| Joʻrayev T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
| Ibrohimov N. | — | Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori |
| Ikromov A. | — | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi masʼul kotibi |
| Komilov A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
| Koʻchimov A. | — | Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisi |
| Murod Muhammad Doʻst | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| Oripov A. | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| Parpiyev B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Roʻzmetov A. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| Sobirov F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
| Toʻlaganov K. | — | Toshkent shahar hokimi |
| Toʻxtayev A. | — | Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi |
| Xayrullayev M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti direktori |
| Shogʻulomov R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| Yunusov T. | — | “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi |
| Qoʻziyev T. | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| Husanboyev B. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
Eslatma: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga shu lavozimga yangi tayinlangan shaxs kiritiladi.