Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.03.2000 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AVESTO” YaRATILGANINING 2700 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyoning eng qadimgi dinlaridan biri zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda YUNESKO bosh konferensiyasining 1999-yil noyabr oyida Parijda oʻtgan 30-sessiyasining “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining taklifiga binoan YUNESKO bosh konferensiyasi 30-sessiyasining “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini YUNESKO rahnamoligida 2001-yilda dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarori toʻla qoʻllab-quvvatlansin va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tashkiliy qoʻmitasi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Maʼmun akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xorazm viloyati hokimligi va Toshkent Islom universitetining jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish YUNESKO kafedrasi bilan birgalikda 2001-yilning oktyabr oyida “Avesto” va uning insoniyat taraqqiyotidagi oʻrni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorazm viloyati hokimligiga “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi bayrami munosabati bilan Urganch shahrida bogʻ barpo etish va shaharni koʻkalamzorlashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avesto”ning xorijiy davlatlarda va fuqarolarda saqlanayotgan nusxalarini aniqlash hamda ularning katalogini tuzish chora-tadbirlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin meros” xalqaro jamgʻarmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda “Avesto”ning toʻla matnini oʻzbek tilida nashrga tayyorlashni va chop etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Avesto” haqida tayyorlangan ilmiy va badiiy asarlarni chop etishni rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligiga bagʻishlab pochta markalari, xatjildlar chiqarsin va ularning savdosini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni telekoʻrsatuv va radio eshittirishlarda, gazeta va jurnallarda keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan ishlarni targʻib qilish, xorijiy axborot vositalarini zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlash xarajatlari uchun belgilangan tartibda respublika budjeti, Xorazm viloyati budjeti hamda viloyat tashkilotlari va korxonalarining homiylik badallari hisobidan qoplanishini hisobga olgan holda 2-ilovaga* muvofiq mablagʻ ajratsin, shu jumladan 2000-yildagi qismini tasdiqlangan budjet doirasida, 2001-yildagi qismini shu yilning davlat budjetida rejalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-martdagi 110-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avesto” yaratilganining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karomatov H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika tashkiliy qoʻmitasi raisi‎
Mansurov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Risqiyev T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Isayev A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika tashkiliy qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Bobojonov I.‎ —‎‎ Xorazm viloyati hokimi, Respublika tashkiliy qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Shodiyev B.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direk�iyasi rahbari, Respublika tashkiliy qoʻmitasining masʼul kotibi‎
Abdullayev F.‎ —‎‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
Azimov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri‎
Bahromov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy (kelishuv asosida)‎
Boliyev A.‎ —‎‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi masʼul kotibi‎
Joʻrayev X.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Joʻrayev T.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Ibrohimov N.‎ —‎‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
Isʼhoqov M.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori‎
Ikromov A.‎ —‎‎ YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi masʼul kotibi‎
Yoʻldoshev J.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri‎
Komilov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri‎
Koʻchimov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi raisi‎
Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Oripov A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Parpiyev B.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
Roʻzmetov A.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
Sobirov F.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi‎
Toʻxtayev A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi‎
Fayziyev Z.‎ —‎‎ “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Xayrullayev M.‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori‎
Shogʻulomov R.‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
Yunusov T.‎ —‎‎‎ “Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi‎
Yusupov E.‎ —‎‎‎ Urganch shahri hokimi‎
Gʻulomov S.‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Qoʻziyev T.‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi‎
Husanboyev B.‎ —‎‎‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: tashkiliy qoʻmita tarkibiga kirgan shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.