OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
MEHNAT MUHOFAZASI BOʻYIChA OʻQIShLARNI TAShKIL QILISh VA BILIMLARNI SINASh TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 24-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 272-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 29-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 8-son, 61-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1996-yil 29-iyunda tasdiqlangan Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-avgust,
156-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 295-modda)