Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.02.1999 yildagi 77-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 YILDA RESPUBLIKANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh YAKUNLARI, OLIB BORILGAN IQTISODIY ISLOHOTLARNING SAMARASI VA 1999 YILDA IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY USTUVORLIKLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, oʻtgan yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlashtirish sohasidagi ijobiy siljishlarni mustahkamlash, iqtisodiy oʻsishni hamda respublika aholisi farovonligini yanada oshirishni taʼminlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 104,4 foizni, aholi jon boshi hisobiga esa — 102,6 foizni tashkil qildi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsuloti 4 foizga, chakana tovar oboroti 14 foizga oshdi. Inflatsiya surʼatlari pasaytirildi. Davlat budjeti taqchilligi tasdiqlangan parametrlar doirasida tutildi. Tashqi savdo oborotida 239,5 mln AQSh dollari miqdorida ijobiy saldoga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarning yalpi hajmi 15 foizga, pudrat ishlari 6 foizga koʻpaydi. Kapital qoʻyilmalar umumiy hajmida xorijiy investitsiyalar va kreditlar salmogʻi oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro toʻlanmagan qarzlar miqdorini kamaytirish, shartnoma intizomini mustahkamlash, ayrim tarmoqlar boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirildi. Qishloq xoʻjaligida, qurilishda, bank sohasida, sogʻliqni saqlashda bozor islohotlari jarayonlari chuqurlashmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, bir qancha tarmoqlar va korxonalarda, shu jumladan, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi tizimida moliyaviy ahvol nobarqarorligicha qolmoqda. Zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning aksariyati Toshkent shahrida, Toshkent va Namangan viloyatlaridadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot eksport qilishning belgilangan parametrlarini bajarish “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oziqovqatsanoat” uyushmalari, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding”, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyalari va boshqalar tomonidan taʼminlanmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkka, mulkdorlar sinfini shakllantirishga nisbatan munosabat sekinlik bilan oʻzgarmoqda, ularning huquqiy va iqtisodiy manfaatlari har doim ham taʼminlanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va 1999-yilda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd etilsinki, 1998-yilda ishlab chiqarish hajmlarining oʻsishiga va aholi turmush darajasining oshishiga erishilganiga qaramay, yil mobaynida koʻrilgan chora-tadbirlar barcha belgilangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish, toʻlanmagan qarzlar hajmini keskin qisqartirish, korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligini isloh qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni bajarish uchun yetarli boʻlmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tanqidiy tahlil qilish asosida oʻzlariga qarashli tarmoqlar, korxonalar va hududlarni 1999-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan yoʻnalishlarini belgilasinlar. Bu 2000—2005-yillarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari dasturi ostida mustahkam baza, asos yaratishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar 1999-yilda iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — aholini, ayniqsa aholining ijtimoiy himoya qilinmagan qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, yangi ish oʻrinlari, ayniqsa ularni qishloq joylarda tashkil etish, ichimlik suv va gaz bilan taʼminlash, aholi daromadlarini oʻstirish, ichki isteʼmol bozorini toʻldirish, sogʻliqni saqlashni isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — tizim islohotlarini chuqurlashtirish va 1999-yil uchun qabul qilingan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, korxonalarni, ayniqsa yirik va bazaviy obyektlardagi korxonalarni keng aksiyalashtirish, shu jumladan, xorijiy sarmoya ishtirokida aksiyalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirishni, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar tashkil etilishini, yirik investitsiya loyihalarining, ayniqsa xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — mulkiy paylarni, oilaviy pudratni joriy etish va xoʻjaliklarni qishloq xoʻjaligi kooperativlariga aylantirish asosida qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — real mulkdorlarni shakllantirishga, yangi ish oʻrinlarini, eng avvalo, ularni qishloq joylarda tashkil etishga yordam beruvchi kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, shuningdek dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bilan belgilangan taʼlimning barcha tizimini izchillik bilan isloh qilish, akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish va qurish, yangi oʻquv dasturlarini tayyorlash va ularni sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — ayollar manfaatini taʼminlash va himoya qilish, ularning oila va jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ularning mehnatini va turmush sharoitlarini yengillashtirish boʻyicha Davlat dasturida tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Investitsiya dasturlari departamenti vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning mart oyidan boshlab milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlari, sektorlari va sohalarini isloh qilishga doir qabul qilingan dasturlar va Hukumat qarorlarining bajarilishini har oyda koʻrib chiqishni amaliyotga joriy etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-martgacha — xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshirilayotgan va 1999-yilgi qurilishlarning aniq dasturiga kirgan investitsiya loyihalari boʻyicha ishlarni bajarish jadvallarini tasdiqlasinlar, ularning amalga oshirilishi ustidan har oylik monitoringni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyalari (Oʻ.T. Sultonov, B.S. Hamidov) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda — ishlab chiqilgan biznes-rejalarni va korxonalarni sanatsiya qilish rejalarini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek korxonalar tomonidan iqtisodiy nochorlikning bartaraf etilishini nazorat qilib borish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari boshchilik qiladigan qoʻshma idoralararo tarmoq ishchi guruhlari tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va hududlar boʻyicha budjetga toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanmagan hajmlarini 1999-yil 1-yanvardagi holatga koʻra toʻliq xatlovdan oʻtkazsinlar va 1999-yil 1-aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsinlar. Bunda kichik va oʻrta korxonalarning xoʻjalik faoliyati uchun zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratishni, asoslanmagan barcha maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etishni, ularning moliyaviy resurslari turli ehtiyojlarga va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga jalb etilishini toʻxtatishni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-aprelgacha — Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Biznes-fond bilan birgalikda kichik korxonalar xoʻjalik faolligining pastligi sabablarini tahlil qilsinlar, yangi ish oʻrinlari yaratish, sanoat ishlab chiqarishini koʻpaytirishda va hududlar xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar va ularni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, tijorat banklari bilan birgalikda moliya-xoʻjalik faoliyatini toʻxtatgan va uni 6 oy davomida amalga oshirmayotgan korxonalarni oʻz vaqtida aniqlash va tugatish maqsadida har chorakda xatlovdan oʻtkazsinlar, keyinchalik ularni Korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestridan chiqarsinlar yoki joylardagi sud organlariga tugatish toʻgʻrisida daʼvo arizalari yuborsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Depozitariylar va ularning qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Markaziy depozitariy tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda aksiyadorlik jamiyatlari va investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar boʻyicha korporativ qimmatli qogʻozlar chiqarilishining hisobga olinishi, sotilishi va saqlanishini tartibga solishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi (R.R. Yunusov) Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi bitimga muvofiq joriy yil oxirigacha Andijon-Oʻsh-Saritosh-Irkeshtom avtoyoʻlini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tovarlarni sertifikatsiyalash va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni shtrixli kodlashtirishni joriy etish boʻyicha kompleks dasturni bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xorijiy investitsiyalarni hisobga olish boʻyicha kapital mablagʻlar statistikasi tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. Qarorning amalga oshirilishi 1999-yil I choragi yakunlari boʻyicha respublika Hukumati majlisida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-son