Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1999 YILDA GʻOʻZANI PLYoNKA OSTIDA OʻSTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini va toʻplangan tajribani hisobga olgan holda chigitni plyonka ostiga ekish asosida paxta yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga qisman oʻzgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining gʻoʻza ekin maydonlari va plyonka ostida oʻstiriladigan gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirish, urugʻlik chigit sarfi toʻgʻrisidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda plyonka ostida oʻstirilgan gʻoʻzadan salmoqli qoʻshimcha paxta hosili olish yuzasidan zarur tashkiliy va agrotexnika chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirsin. Ushbu maqsadlarda:
joriy yilning 10-fevraligacha chigitni plyonka ostiga ekish uchun aniq xoʻjaliklar, uchastkalar va brigadalar belgilansin. Xoʻjaliklar roʻyxatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida va viloyatlar hokimliklarida tasdiqlansin;
ekin mavsumi boshlangungacha joylarda xodimlarni chigitni plyonka ostiga ekish va oʻstirish xususiyatlari boʻyicha oʻqitish tashkil etilsin;
oʻqitishga 1997-1998-yillarda chigit ekish va gʻoʻza oʻstirishning yangi texnologiyasini qoʻllashdan yuqori iqtisodiy samara olgan xoʻjaliklar mutaxassislari jalb etilsin.
Yuqori sifatli, genetik jihatdan bir xil urugʻlik chigit olish, shuningdek gʻoʻzalarning erkin oʻsishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida plyonka ostiga elita urugʻlarni ekish va urugʻlik gʻoʻzalarni joylashtirish taqiqlansin. Urugʻlik gʻoʻzalarni oʻstirishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qatʼiy rioya qilish taʼminlansin.
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xoʻjaliklardagi mavjud maxsus chigit ekish seyalkalarining texnik holatini tekshirib chiqishni 1999-yil 20-fevralgacha tugallasinlar va ularni ishlash uchun toʻliq tayyor holga keltirib qoʻysinlar.
3. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Andijon (Obidov) va Jizzax (Mirziyoyev) viloyatlari hokimliklari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga Andijon polietilen va Jizzax plastmassa zavodlaridan polietilen plyonkalar sotilishini 2-ilovaga muvofiq taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tegishli tashkilotlar oʻrtasida plyonkalar sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzilishini ikki hafta muddatda taʼminlasin.
5. Gʻoʻzani plyonka ostida oʻstirishga doir barcha agrotexnika va texnologiya tadbirlarining tashkil etilishi va ularning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-noyabrdagi 410-son qaroriga 1-ilovaning 4-ustuni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1999-yil 28-yanvar,
39-son
1999-yilda gʻoʻzalar plyonka ostida oʻstiriladigan ekin maydonlari, urugʻlik chigit sarfi va gʻoʻza navlarining joylashtirilishi
|
ming gektar | |||||||||||||||
| |
Ekin maydoni |
shu jumladan | |||||||||||||
| Termiz-31 | 175-F | S-6524 | S-6530 | S-4727 | Toshkent-6 | Buxoro-6 | Qirgʻiziston-3 | An-Boyovut-2 | Fargʻona-3 | Namangan-77 | Yulduz | Sharaf-75 | Oq daryo-5 | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 10 | | 2,5 | | | 7,5 | | | | | | | | | |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | 80 | | | | | | | | 10 | | 70 | | | | |
| Buxoro | 12 | | 6 | | | | | 6 | | | | | | | |
| Jizzax | 10 | | | 5 | | | | | | 5 | | | | | |
| Qashqadaryo | 12 | | | | 6 | | | | | | | | 6 | | |
| Navoiy | 10 | | | | | | | | 10 | | | | | | |
| Namangan | 35 | | | 15 | | | | | | | | | | ||
| Samarqand | 35 | | | | | | | | | | 10 | 10 | | | |
| Surxondaryo | 12 | 7,5 | | | | | | | | | 29 | | | | 6 |
| Sirdaryo | 10 | | | | | | 5 | | | 5 | | 4,5 | | | |
| Toshkent | 20 | | | 5 | | | | | | | 7,5 | 7,5 | | | |
| Fargʻona | 40 | | | | | | | | | | 40 | | | | |
| Xorazm | 19 | | 8 | | 5 | | | | | | | | 5 | 1 | |
| Jami | 305 | 7,5 | 16,5 | 25 | 11 | 7,5 | 5 | 6 | 10 | 20 | 156,5 | 22 | 11 | 1 | 6 |
| Urugʻli chigit sarfi | 15250 | 375 | 825 | 1250 | 550 | 375 | 250 | 300 | 500 | 1000 | 7825 | 1100 | 550 | 50 | 300 |
1999-yil hosili uchun polietilen plyonkalarga boʻlgan ehtiyoj va xoʻjaliklarni ular bilan taʼminlash
|
(tonna) | ||||||
| |
Ekin maydoni, ming gektar |
Ehtiyoj |
Xoʻjaliklarda mavjud boʻlgani |
Qoʻshimcha talab qilinadigani |
Sotish taʼminlanadi | |
|
Andijon polietilen zavodidan |
Jizzax plastmassa zavodidan | |||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
10 | 550 | 409,3 | 140,7 | | 140,7 |
|
viloyatlar: |
| | | | | |
|
Andijon |
80 | 4400 | - | 4400 | 4400 | |
|
Buxoro |
12 | 660 | 128,6 | 531,4 | 531,4 | |
|
Jizzax |
10 | 550 | 154,7 | 395,3 | | 395,3 |
|
Qashqadaryo |
12 | 660 | 22,8 | 637,2 | | 637,2 |
|
Navoiy |
10 | 550 | 14,9 | 535,1 | 535,1 | |
|
Namangan |
35 | 1925 | 338 | 1587 | 1587 | |
|
Samarqand |
35 | 1925 | 37,2 | 1887,8 | | 1887,8 |
|
Surxondaryo |
12 | 660 | 5,3 | 654,7 | | 654,7 |
|
Sirdaryo |
10 | 550 | 103 | 447 | | 447 |
|
Toshkent |
20 | 1100 | 663,8 | 436,2 | | 436,2 |
|
Fargʻona |
40 | 2200 | 45,9 | 2154,1 | 2154,1 | |
|
Xorazm |
19 | 1045 | 493 | 552 | | 552 |
|
Respublika boʻyicha |
305 | 16775 | 2416,5 | 14358,5 | 9207,6 | 5150,9 |
|
Zaxira |
| | | | 28,9 | 1912,6 |