Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 28.04.1992 yildagi PF-391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZOR MUNOSABATLARIGA OʻTISh ShAROITIDA RESPUBLIKA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI DAVLAT YOʻLI BILAN MUHOFAZA QILIShNING BIRINChI NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlar oshib borayotgan sharoitda vaqtli matbuotning va boshqa ommaviy axborot vositalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda moddiy-texnika negizini mustahkamlash, ularning xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash va respublika fuqarolarining har tomonlama axborot olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1992-yilda vaqtli matbuot va ommaviy axborot boshqa organlarining faoliyati bilan bogʻliq qimmatlashib borayotgan xarajatlarni qoplashga 100 million soʻm miqdorida respublika budjetidan mablagʻ ajratilsin. Kelgusida respublika budjetida ana shu maqsadlarga mablagʻ ajratishni koʻzda tutish zarur deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosari (oʻrtoq E.S. Samandarov), Davlat maslahatchisi, respublika roʻznomalari va oynomalarining bosh muharrirlaridan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot komitetining, “Sharq” nashriyot-matbaachilik konserni, Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Aloqa vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh soliq boshqarmasining vakillaridan iborat komissiya tashkiliy masalalarni koʻrib chiqsin va vaqtli nashrlarni chiqarish xarajatlari qimmatlashganligini qoplash uchun ajratilgan mablagʻ doirasida ommaviy axborot vositalariga mablagʻ ajratishning aniq miqdorlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya (oʻrtoq E.S. Samandarov) bir hafta muddat ichida quyidagi masalalarni ishlab chiqib, ular yuzasidan takliflar tayyorlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning vaqtli nashrlarini va davlat kitob nashriyotlarini roʻznomalar, oynomalar, darsliklar hamda bolalar adabiyotini bosib chiqarish uchun zarur boʻlgan bosma qogʻoz navlari, karton, muqova materiallari va boshqa materiallar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻznoma va oynomalarning muharririyatlarini, matbaa va kitob savdosi korxonalarini, Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasini va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligini qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilish hamda vaqtli nashrlarni, darsliklar va bolalar adabiyotini bosib chiqarish va sotishdan tushadigan daromadlarga imtiyozli soliq belgilash. Takliflar Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashiga taqdim etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari uchun ularning asosiy faoliyati doirasida binolarning ijara haqini toʻlashga imtiyozli tariflar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat matbuot komitetiga, Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga va “Sharq” konserniga mashina-uskunalar, texnika hamda teleradio apparatlar sotib olish uchun erkin muomaladagi valyuta ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mahalliy matbuot, televideniye va radioni pul bilan va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlashni, shu jumladan budjetga kirmaydigan va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan taʼminlashni yanada yaxshilash masalalarini koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi tizimi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot komitetining Markaziy apparati, uning viloyat boshqarmalari, rayon, shahar va viloyat roʻznomalarining muharririyatlari, shuningdek respublika roʻznoma va oynomalari muharririyatlari xodimlarining mansab okladlari va maoshlari 1992-yilning 1-mayidan oʻrta hisobda 50 foiz oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Adabiyot, sanʼat va jurnalistika sohasida mualliflik haqining miqdorlarini 2 baravar oshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 1-apreldagi 158-son qarorining amal qilishi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tizimi xodimlariga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida mazkur Farmon bajarilishini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Farmon roʻyobga chiqarilishini nazorat qilish E.S. Samandarov, B.A. Nazarov oʻrtoqlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-391-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-con, 257-modda)