OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
ADABIYOT VA SANʼAT ASARLARI NAShRI OMMAVIY IJROChILIK VA BOShQA XILDAGI KOʻRINIShLARDA FOYDALANILGANLIK UChUN MUALLIFLIK STAVKALARI MIQDORI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1993-yil 1-iyuldan boshlab mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqlari stavkalari va miqdorlarini oshirish haqida”gi 1993-yil 23-iyundagi 307-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil 1-yanvardan boshlab adabiyot va sanʼat asarlari nashri ommaviy ijrochilik va boshqa xildagi koʻrinishlarda foydalanganlik uchun mualliflik stavkalari miqdori Oʻzbekiston SSSR Ministrlar Sovetining “Adabiyot va sanʼat asarlari nashri, ommaviy ijrochilik va boshqa xildagi koʻrinishlarda foydalanganlik uchun mualliflik stavkalari miqdori haqida” 1988-yil 16-noyabrdagi 428-son qarorida belgilangan mualliflik stavkalari va 1991-yilda roʻznomalar va jurnallarga ajratilgan mualliflik fondlari miqdori ikki barobar koʻpaytirilgan holda qoʻllanilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi va davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 1-aprel,
158-son