Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOJIKISTON RESPUBLIKASIDA (DUSHANBE Sh.) OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisida 1993-yil 4-yanvardagi Shartnomaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tojikiston Respublikasida (Dushanbe shahrida) Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. 1999-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
1999-yil uchun Elchixona xodimlari soni 3 kishidan, shu jumladan diplomatik tarkib — 2 kishidan, maʼmuriy-texnik tarkib — 1 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtatlar toʻldirilishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1999-yilda ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida xorijiy muassasalarni saqlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 11-oktabr,
455-son