31.03.1992 yildagi PF-371-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.03.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yoʻnaltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yoʻli bilan ekspertiza qilishni taʼminlash hamda ilmiy va ilmiy pedagog jamoatchilikning takliflariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK) tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy attestatsiya komissiyasi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olib yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashning yangi tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni davlat yoʻli bilan attestatsiyadan oʻtkazishning xalqaro talablariga mos keladigan va beriladigan diplomlarning hamma joyda oʻtishini taʼminlaydigan tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilmiy xodimlar ixtisoslarining malaka xususiyatlariga nisbatan talablarni hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fan va texnikaning eng yangi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti bilan birgalikda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ilmiy darajalar beruvchi ixtisoslashtirilgan Kengashlarni va ilmiy unvonlar beruvchi Kengashlarni tuzish (tugatish)ga va roʻyxatdan oʻtkazishga oid takliflarni tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish, ularning faoliyatini nazorat qilib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— attestatsiya tizimini takomillashtirish, qoʻshma ixtisoslashtirilgan va ekspert kengashlarini tashkil etish, attestatsiya hujjatlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitimlar tuzish va xalqaro maʼlumotlar banklaridan foydalanish yuzasidan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar, idoralar, oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, ular uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy darajalar hamda unvonlar beruvchi ixtisoslashtirilgan va ilmiy kengashlarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida kengashlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni toʻxtatib tursinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilib, komissiya tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-371-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-son, 245-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 365-modda)