Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.11.1999 yildagi 514-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KORXONALARI OʻRTASIDA HISOB-KITOBLAR MEXANIZMINI KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov mexanizmini takomillashtirish, muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini tugatish hamda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va ularning kontragentlari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzlarining ahvoli ustidan 1999-yil 1-dekabrdan boshlab bir yil muddatga monitoring belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar, idoralarning barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari hamda banklar tomonidan toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etilishi, hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi, soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻliq toʻlanishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning debitorlik qarzlarini oʻrganish, oʻzaro qarzlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjetga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarini qisqartirish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning aylanma mablagʻlari tayyor mahsulot zaxiralariga, kapital xarajatlarga jalb qilinishi sabablarini aniqlash hamda ularning qisqartirilishini taʼminlovchi mexanizm ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga qodir boʻlmagan isteʼmolchilar va buyurtmachilarga mahsulot berilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan doimiy nazorat qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar, shu jumladan tizim ichidagi oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish oʻtkazilayotgan monitoringning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monitoringni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus ishchi guruh tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ishchi guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringning asosiy vazifalari uning qatnashchilari tomonidan bajarilishini taʼminlash ustidan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar, moliya va soliq organlarining, shuningdek monitoring qatnashchilarining oʻzaro qarzlarni, budjetga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish hamda ish haqini oʻz vaqtida toʻlash yuzasidan ishlarini muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring qatnashchilarining oʻzaro qarzlarni va budjetga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarni qisqartirish yuzasidan takliflarni Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun muntazam ravishda va tezlikda kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring qatnashchilarining kontragentlar bilan debitorlik va kreditorlik qarzlarini oʻzaro solishtirish sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazilishini hamda natijalari umumlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining ularning kontragentlari bilan qarzlarini oʻzaro solishtirish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari ishtirokida moddiy-texnika resurslari va sanoat tusidagi xizmatlar uchun kontragentlar bilan oʻzaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini 1999-yil 1-dekabrdagi holatiga koʻra va monitoring davrida har oyda yalpi xatlovdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi har oyda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik va kreditorlik qarzlarini solishtirish yakunlari boʻyicha ushbu qarzlarni qisqartirish yuzasidan qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ishchi guruhning taqdimnomasiga koʻra monitoring qatnashchilarining oʻzaro qarzlarini, mehnatga haq toʻlash va budjetga oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlarini qisqartirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni tezlikda qabul qilsin. Oʻzaro qarzlarni qisqartirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmagan holda, ular boʻyicha materiallarni aybdorlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun prokuratura organlariga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi rahbarlari oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlar, moliya va soliq organlari bilan birgalikda har haftada tijorat banklari filiallari va mintaqalar darajasida debitorlik va kreditorlik qarzlarini toʻlash, shu jumladan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash maqsadida yagona moliya-hisob-kitob kunlari oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklariga tijorat banklarining maqsadli kreditlarini berish va maqsadli faktoring xizmatlari koʻrsatish yoʻli bilan monitoring qatnashchilarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini (shu jumladan tizim ichidagi qarzlarini) qisqartirishga qaratilgan oʻzaro hisob-kitoblarning maqbul sxemalarini ishlab chiqishga doir aniq qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi joylardagi oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda gaz, elektr energiyasi, issiqlik, issiq va sovuq suv taʼminoti uchun aholidan kommunal toʻlovlarni yigʻish ishlarini faollashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining mintaqaviy komissiyalari aholidan kommunal toʻlovlar yigʻishning ahvolini har bir tuman va oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organi boʻyicha har oyda koʻrib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha kichik komissiyalar “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi oʻrtasidagi oʻzaro qarzlar, ularni toʻlashning aniq muddatlari va ularni toʻlash chora-tadbirlari belgilangan holda, har oyning, 10-kunigacha har oyda solishtirilishini, shuningdek oʻzaro qarzlarni, shu jumladan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni solishtirish natijalari koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻzaro qarzlari koʻpayishining har bir holatini Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasining mintaqaviy Komissiyalari majlislarida koʻrib chiqqan holda monitoring qatnashchilari korxonalari va tashkilotlarining hisob-kitoblari holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
514-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-noyabrdagi 514-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va ular kontragentlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvoli yuzasidan monitoringni amalga oshirish boʻyicha maxsus ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nurmurodov M.B.‎ —‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari, maxsus ishchi guruh rahbari‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari, maxsus ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎

Maxsus ishchi guruh aʼzolari:

Zaynutdinov I.A.‎ —‎‎ “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi‎
Yusupbekov N.R.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi‎
Muhamedov Gʻ.K.‎ —‎‎ Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri‎
Shoismatov E.R.‎ —‎‎ Energetika va elektrlashtirish vaziri‎
Xoʻjayev B.A.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Joʻrayev A.M.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari‎
Zinin V.I.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Toshmatov Q.F.‎ —‎‎ Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori‎
Kozlova N.P.‎ —‎‎ “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Nurxoʻjayev F.P.‎ —‎‎ “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Sharipov I.R.‎ —‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Yoqubboyev O.O.‎ —‎ Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi kotibiyatining yetakchi mutaxassisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-noyabrdagi 514-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining ularning kontragentlari bilan qarzlarini oʻzaro solishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining ularning kontragentlari bilan budjetga toʻlovlar va ish haqi, yetkazib berilgan moddiy-texnika 1 resurslari hamda ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar boʻyicha 7 oʻzaro qarzlarining haqiqiy miqdorini aniqlash maqsadida debitorlik va kreditorlik qarzlari 1999-yil 1-dekabrdagi holatiga koʻra oʻzaro solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborotlarni toʻplash va taqdim etish tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalariga hamda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tijorat banklari filiallari rahbarlari solishtirishning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi uchun javob beradilar. Bunda asosiy eʼtibor fermer (dehqon) xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida solishtirish dalolatnomalarining mavjudligiga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzlarni oʻzaro solishtirish va dalolatnomalar tuzishni jadallashtirish uchun “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlariga hamda ularning kontragentlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari muassasalarga zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boʻlinmalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari muassasalari, joylardagi soliq va statistika organlari tomonidan solishtirish tartibini tushuntirish maqsadida, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlariga yoʻl-yoʻriqlar beriladi. Bunda shu narsa tushuntirib berilishi kerakki, debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisob raqamlar (45, 60, 61, 62, 63, 64, 76, 78-hisob raqamlari) boʻyicha, balans soddalashtirib yuritilganda esa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998-yil 23-apreldagi 15-02-06/93-son nizomiga muvofiq, dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun faqat 76-hisob raqami boʻyicha toʻldiriladi. Yuqorida qayd etilgan hisob raqamlar boʻyicha saldo (qoldiqlar) faqat yoyilgan koʻrinishda aks ettiriladi, maʼlumotlarning jamlangan shaklda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, solishtirish dalolatnomalari 1999-yil 1-dekabrdagi holatiga koʻra ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Solishtirish jadvali tuziladi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarining ularning kontragentlari bilan budjetga toʻlovlar va ish haqi boʻyicha, moddiy-texnika resurslari hamda ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar uchun oʻzaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini banklarda solishtirishning aniq kuni va vaqti belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilangan kunda korxona rahbarlari bank va mintaqaviy soliq organlari xodimlari bilan birgalikda boshlangʻich hujjatlar (order jurnallari, faktura hisob raqamlarini roʻyxatdan oʻtkazish daftari, tegishli yigʻma vedomostlar) asosida debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan budjetga va ish haqi boʻyicha qarzlarni solishtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining har bir korxonasi va tashkiloti, qishloq xoʻjaligi korxonasi, dehqon, fermer xoʻjaligi boʻyicha oʻzaro debitorlik va kreditorlik qarzlar solishtirilgach, qiyoslash dalolatnomalari tuzilgach qatʼiy belgilangan shakl boʻyicha maʼlumotlar toʻldiriladi. Maʼlumotlarni bank, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boʻlinmalari rahbarlari hamda ularning kontragentlari imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor tomonlar vakillari tomonidan imzolangan solishtirish dalolatnomalari va maʼlumotlarning nusxalari xizmat koʻrsatuvchi bankda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banki boʻlimi boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlari, shu jumladan budjet va ish haqiga doir qarzlar oʻzaro uzil-kesil solishtirib chiqilgandan keyin bank boʻyicha maʼlumotlar jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar ushbu Tartibga ilovaga muvofiq shaklga qatʼiy muvofiq holda toʻldiriladi, Maʼlumotlarda quyidagi rekvizitlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: bankning nomi, uning qayerga boʻysunishi, tuman, viloyat, debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha umumiy yakunlar bitta satrda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan maʼlumotlar va tushuntirish xati tijorat bankining viloyat boshqarmasiga joʻnatiladi. Tushuntirish xatida bank boʻlimida “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining nechta korxonasi va tashkilotiga hamda ularning kontragentlariga, shu jumladan dehqon va fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatilishi, shu jumladan debitorlik -kreditorlik qarzlarini solishtirishda ulardan nechtasi ishtirok etgani, nechta solishtirish ishtirokchisi kelmaganligi va shu kabilar koʻrsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari banklarning tuman boʻlimlari maʼlumotlarining toʻgʻri tuzilganligini tekshiradilar, axborotlarni tahlil qiladilar, tumanlar boʻyicha jadvallarni umumlashtiradilar va tushuntirish xati bilan Markaziy bankning mintaqaviy boshqarmalariga hamda tijorat banklari respublika idoralariga joʻnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari joylarga borgan holda, maʼlumotlar va tushuntirish xatlarining toʻgʻri tuzilganligini, solishtirish maʼlumotlari va dalolatnomalarining mavjudligini tanlab tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining respublika muassasalari, viloyatlar va tumanlar boʻyicha solishtirish natijalarini jamlaydilar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tahlil qiladilar hamda 2000-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joʻnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari olingan axborotni tahlil qiladilar, tijorat banklari va tumanlar boʻyicha jadvallarni jamlaydilar hamda tushuntirish xati bilan 2000-yil 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joʻnatadilar.