Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.1998 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“TOSHKENT” XALQARO AEROPORTINI REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (YETTB)NING KREDITIGA XIZMAT KOʻRSATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun YETTB tomonidan beriladigan 48 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YETTB kreditni 1-ilovaga muvofiq shartlarda bergan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” xalqaro aeroporti bilan YETTB oʻrtasida 48 mln AQSH dollari summasiga kredit bitimi tuzilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyiha uchun jalb qilinayotgan kredit yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan YETTB oʻrtasida kafolat bitimi imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, kreditga xizmat koʻrsatish va uni hamda undan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar 2-ilovaga* muvofiq “Toshkent” xalqaro aeroporti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit va kafolat bitimlari yuzasidan yuridik xulosani YETTB tartibotiga mos keluvchi muddatlarda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi YETTB krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur kreditga belgilangan tartibda kompleks xizmat koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Toshkent” xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi va undan keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Toshkent” xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish uchun YETTB krediti hisobiga chet eldan yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar, priborlar va boshqa vositalar, shuningdek xorijiy maslahatchilar xizmatlari bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan bojxona bojlari va yigʻimlardan, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi rekonstruksiya qilish loyihasida qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarni “Toshkent” xalqaro aeroporti buyurtmanomalari boʻyicha tegishli ravishda konsullik yigʻimlari va boj toʻlashdan ozod qilgan holda ular uchun viza masalalari belgilangan tartibda hal etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyiha qatnashchilarini Oʻzbekistonda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi “Toshkent” xalqaro aeroportining, ushbu loyiha boʻyicha pudratchilar va ikkilamchi pudratchilarning buyurtmanomalari boʻyicha yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar va qurilish uchun materiallar oʻz vaqtida (koʻpi bilan uch kunda) bojxonada rasmiylashtirilishini va belgilangan joyga toʻsiqsiz yetkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi koʻrsatib oʻtilgan loyihani kompleks sugʻurta himoyasi bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-yanvardagi 41-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YETTB) kredit berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARTLARI

Bank va Qarz oluvchi oʻrtasidagi kredit bitimi (Kredit bitimi) hamda Kafolat bitimi asosida Bank Qarz oluvchi — davlat korxonasi — “Toshkent” xalqaro aeroportiga Kredit bitimida bayon qilingan shartlarda, asosiy summa toʻlovini 3 yilga kechiktirgan holda, 15 yil muddatga 48 mln (qirq sakkiz million) AQSH dollari summasida kredit (Kredit) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditga foiz stavkasi bozor foiz stavkasiga muvofiq oʻzgaruvchan Libor foiz stavkasi boʻyicha qoʻshiladi. Majburiyat uchun komissiya stavkasi yiliga yarim (0,5%) foizni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 31-yanvar kreditdan foydalanishning oxirgi sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit quyidagi jadval boʻyicha qaytariladi: 2001-yil 20-martdan boshlab 2012-yil 20-sentabrgacha, har 6 oyda 2 mln AQSH dollaridan.