OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
MEHNAT ORGANLARIGA BOʻSh ISh JOYLARI (VAKANT LAVOZIMLAR) MAVJUDLIGI TOʻGʻRISIDA VA MOʻLJALLANAYOTGAN XODIMLAR IShDAN OZOD ETILIShI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNI TAQDIM ETISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 858-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22 sentyabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda)ga muvofiq buyuraman:
1. Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 29-noyabrda 2080/04-1-son bilan tasdiqlangan “Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomga (roʻyxat raqami 858, 1999-yil 22-dekabr) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-avgust,
151-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 272-modda)