Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.1998 26.07.1996 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA “AZOT” IBDA EKSPORTGA MOʻLJALLANGAN MAHSULOTLAR IShLAB ChIQARIShLARI KOMPLEKSINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-maydagi 188-sonli “Fargʻona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasida ammiak, karbamid va melamin ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona “Azot” IBda energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona “Azot” IBda yiliga 200 ming tonna ammiak, 20 ming tonna melamin ishlab chiqaradigan, karbamid ishlab chiqarishni yiliga 330 ming tonnadan 495 ming tonnagacha koʻpaytiradigan ishlab chiqarishlarni foydalanishga tayyor holda qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona “Azot” IBda eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishlarini tashkil etishning biznes-rejaga binoan ishlab chiqilgan asosiy bosqichlariga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bektel” kompaniyasi — konstruktorlik ishlarini, texnologiyalarni va nou-xau sotib olishni, Oʻzbekiston Respublikasining loyihalash va qurilish tashkilotlarini jalb etgan holda obyektlarni loyihalash va qurishni, fraxt va tashuvlarni tashkil qilgan holda asbob-uskunalar va mashinalar yetkazib berishni, infrastrukturani va funksional taʼminlash tizimlarini tashkil etishni, kadrlarni oʻqitish va tayyorlashni, ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirishni taʼminlashni hamda ularni loyihadagi koʻrsatkichlarga chiqarishni amalga oshiradi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RiS Treyd LTD” kompaniyasi — texnik-iqtisodiy asoslashlarni va kontraktni, mablagʻ bilan taʼminlash sxemalarini ishlab chiqishda koʻmaklashadi. Oʻzbekiston Respublikasida melaminni qayta ishlash ishlab chiqarishi tashkil etilgungacha yiliga 20 ming tonna melamin, shuningdek zarurat boʻlganda yiliga 102 ming tonnagacha karbamid sotishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va Fargʻona “Azot” IB 1996-yilning sentyabrigacha “Bektel” va “RiS Treyd LTD” kompaniyalari bilan kontraktdan oldingi ishlarni bajarish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish yuzasidan shartnomani hamda ishlab chiqarishlar kompleksi qurilishi yuzasidan kontraktni tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida “RiS Treyd LTD” kompaniyasining qarz mablagʻlari hisobiga, keyinchalik ularni “injiniring” moddasi boʻyicha loyihaning — umumiy qiymatiga qoʻshgan xolda, amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri kontraktdan oldingi ishlar yuzasidan shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini imzolashga vakil qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Bektel” va “RiS Treyd LTD” kompaniyalari bilan kontraktni tayyorlash va tuzish masalalari kompleksini ishlab chiqish uchun 2-ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin, unga kontrakt xizmatini pasaytirish chora-tadbirlarini koʻrish va zarurat boʻlganda, xolis ekspertizani taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktni imzolash 1997-yil 30-martgacha tugallansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi texnik-iqtisodiy asoslashlarning va kontraktning ekspert bahosini berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi kontrakt ekspertizasi tugallangach bir oy muddatda Hukumat qarori loyihasini kiritsin, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ajratiladigan loyiha qiymatining 15 foizi miqdoridagi mablagʻlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymatining 85 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xorijiy banklarning kredit liniyasi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash sxemasi va manbalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni hamda ular boʻyicha foizlarni toʻlash tartibi va manbalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymati qoplanishining hisob-kitob qilingan muddatlarini taʼminlashni hisobga olgan holda elektr energiya va tabiiy gaz uchun tabaqalashtirilgan narxlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-iyuldagi 264-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona “Azot” IBda eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir ishlarning asosiy bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r ‎№‎ Loyihani amalga oshirish ishlarining asosiy bosqichlari‎ Loyihaning nomi‎ Ishlab chiqarishlar quvvati Ishlarning taxminiy qiymati‎ Ishlarni bajarish muddati‎

Bajaruvchi

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5 6‎ 7‎

1.

Kontraktdan oldingi ishlarni, texnik- iqtisodiy asoslashlarni bajarish va foydalanishga tayyor xolda qurish boʻyicha kontraktni tayyorlash yuzasidan shartnomalar tuzish‎‎

ammiak,
‎melamin,
‎karbamid‎

200 ming t
‎20 ming t
‎165 ming t ‎

7 mln AQSh dollari

1996-yil sentyabr

“Bektel” kompaniyasi, Fargʻona “AzotIB va”Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Hukumat kafolati ostida kontrakt qiymatiga qoʻshiladigan mablagʻlar hisobiga

2.‎

Foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslashlarni va kontraktni tayyorlash‎

1997-yilning 1 choragi‎

“Bektel” kompaniyasi‎

3.‎

Loyihaning texnologik sxemasini ishlab chiqish va tasdiqlash‎

1997-yilning 1 choragi

“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Fargʻona “Azot” IB, “Oʻzkimyoloyiha ITI”, “Bektel” kompaniyasi litsenziat firmalar‎

4.‎

Ekspertiza oʻtkazish va kontrakt tuzish‎

1997-yilning 2-choragi

“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Fargʻona “Azot” IB, ishchi guruh, “Bektel” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida quyidagi tartibda mablagʻ bilan taʼminlanadi: 85% — xorijiy banklar krediti; 15%— Oʻzbekiston Respublikasi‎

5.‎

Quyidagilarni ishlab chiqish:
‎loyihaning texnologik qismi ‎

ammiak,

1998-yilning 1-choragi

“Bektel” kompaniyasi‎

‎melamin,

‎1998-yilning 2-choragi

—”—‎

‎karbamid‎‎‎

‎1998-yilning 1-choragi

—”—‎

loyihaning umumiy qurilish qismi‎

ammiak,‎

1998-yilning 4-choragi‎

melamin,‎

1998-yilning Sh choragi‎

karbamid‎

1998-yilning choragi‎

“OʻzkimyoloyihaITI”, “Bektel” kompaniyasi va litsenziat firmalar koʻmagida‎

6.‎

Tayyorlash sikli uzoq boʻlgan asbob-uskunalarga buyurtma berish‎

ammiak,‎

1998-yilning Sh choragi‎

“Bektel” kompaniyasi litsenziat firmalar‎

melamin‎

1998-yilning 1 choragi‎

karbamid‎

1998-yilning 2-choragi‎

7.‎

Qurilish-montaj ishlari‎

ammiak,‎

1998-1999-yy‎

“Bektel” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasining bir qator tashkilotlarini jalb etgan holda‎

melamin,‎

1998-1999-yy‎

karbamid‎

1998-1999-yy‎

8.‎

Ishga tushirish — sozlash ishlari va foydalanishga topshirish‎

ammiak, melamin, karbamid‎

1999-yil‎

“Bektel” kompaniyasi, litsenziat firmalar, pudrat tashkilotlari, “Oʻzkimyosanoat” firmasi, Fargʻona “Azot” IB‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-iyuldagi 264-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona “Azot” IBda eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish loyihasi boʻyicha “Bektel” va “RiS Treyd LTD” kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazuvchi ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yusupbekov N. R.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi‎
An G. Y.‎ —‎‎ “Oʻzmilliybank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Voznenko A. N.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari
Kondratyevskaya L. E.‎ —‎‎‎ Vazirlar Mahkamasi boʻlimining katta eksperti‎
Korneyev A.G.‎ —‎‎‎‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Zinin V. I.‎ —‎‎‎‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Abdullayev A. A.‎ —‎‎‎‎‎‎ Fargʻona “Azot” IB ning bosh direktori‎
Nazarov X. S.‎ —‎‎‎‎‎‎ “Oʻzkimyoloyiha ITI” direktori‎
Ortiqov N. A.‎ —‎‎‎‎‎‎ “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasining bosh direktori‎
Kulakov Y. N.‎ —‎‎‎‎‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi eksport potensialini rivojlantirish bosh boshqarmasining boshligʻi‎
Nabiyev L. D.‎ —‎‎‎‎‎‎ “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎