Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.08.1996 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-YILGI MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI HOSILINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQARISIGA SOTISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy 1996-yilda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari hosili nobudgarchiligiga yoʻl qoʻymaslik, uni isteʼmolchilarga sotishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Meva-sabzavot mahsulotlarini respublika tashqarisiga sotishning tashkiliy-huquqiy va operativ masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya meva-sabzavot mahsulotlari sotishning borishini muntazam tahlil etib borsin va paydo boʻladigan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining yuklab joʻnatiladigan mahsulotlar hajmi boʻyicha takliflariga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” (Nosirov) va “Oʻztayyorlovsavdo” (Qurbonov) uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv (Burxonov) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov) hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilariga yetkazib berish yuzasidan shartnoma-kontraktlarning barter boʻyicha moddiy-texnika resurslarini, birinchi navbatda yogʻoch-taxta materiallar, metall prokati, quvurlar, avtotransport vositalari va qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻzaro yetkazib berish shartlari bilan tuzilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar va korxonalar rahbarlari hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilariga viloyatlar maʼmuriyatlarining yetkazib berilayotgan mahsulot uchun 1996-yil oxirigacha pul bilan yoki moddiy-texnika resurslari bilan haq toʻlash toʻgʻrisida kafolat xatlari mavjud boʻlgan taqdirda joʻnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahsulot sotilgandan keyin valyuta tushumining bir qismini, istisno tariqasida, Markaziy bankka, biroq 1996-yil 31-dekabrdan kechikmay, majburan sotishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Namangan, Andijon, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hokimlari, tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar va korxonalarning rahbarlari meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan bitimlar tuzish uchun Rossiya Federatsiyasi mintaqalariga shaxsan oʻzlari borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavstandart” (Asriyans), Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat nazorati (Toʻlaganov), Davlat soliq qoʻmitasi (Gataulin), vakolatli banklar, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi (Ermetov) hoʻl meva-sabzavot mahsulotlari joʻnatuvchi joylashgan joyda yuklab joʻnatish hujjatlari ikki sutkadan koʻp boʻlmagan muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar, ushbu ishda sansalorlikka va sunʼiy toʻsiqlar vujudga keltirilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlarini tuzilgan kontraktlar boʻyicha yuklab joʻnatish masalalarini tezkorlik bilan hal etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda zarur hujjatlarni tezlikda rasmiylashtirish va meva-sabzavot mahsulotlarini yuklab joʻnatish boʻyicha tayanch punktlari tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi N. Ermetovning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hoʻl meva-sabzavot mahsulotlarini temir yoʻlda tashish tariflari Qozogʻiston Respublikasi hududi boʻyicha 1996-yil 31-dekabrgacha, Rossiya Federatsiyasi hududi boʻyicha (Moskvagacha) 1996-yil 1-noyabrgacha 50 foizga pasaytirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha temir yoʻlda tashish tariflarining pasaytirilishi toʻgʻrisidagi masala “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berishga kontraktlar mavjud boʻlgan taqdirda har bir aniq holatda Rossiya Temir yoʻllar vazirligi bilan birgalikda hal etilishi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi (Ermetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlarini tashish tariflarini 50 foizga pasaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yukni joʻnatuvchining tashishning toʻliq qiymatini belgilangan muddatlarda toʻlash toʻgʻrisidagi kafolati bilan oldindan haq toʻlanmasdan yukka harakatdagi sostavning oʻz vaqtida ajratilishi va berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-avgustdagi 323-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-avgustdagi 289-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hoʻl meva-sabzavot va konserva mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning tashkiliy- huquqiy masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giniyatullin R.A.‎ —‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Usmonov M.Z.‎ —‎‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, komissiya hamraisi‎
Mullajonov F.M.‎ —‎‎ Markaziy bank raisi‎
Sayfiddinov J.B.‎ —‎‎ “Paxta-bank” raisi‎
Azimov R.S.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi‎
Jumaniyozov M.J.‎ —‎‎ Qishloq xoʻjaligi vaziri‎
Nosirov B.N.‎ —‎‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi raisi‎
Qurbonov E.Q.‎ —‎‎ “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmasi raisi‎
Burxonov F.‎ —‎‎ Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi raisi‎
Jabborov T.A.‎ —‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” raisi‎
Muhiddinov H.‎ —‎‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Alimboyev S.A.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Zinin V.I.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Ermetov N.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-avgustdagi 289-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chetga chiqariladigan hoʻl meva va konserva mahsulotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏
‎‏Etkazib berish hajmi, ming tonna
Vagonlarga boʻlgan ehtiyoj‎‎

hammasi‎‏‎

shu jumladan‎‎

yopiq‎

izotermik‎
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”‎ 180,0‎ 6345‎ 4025‎ 2320‎
“Oʻztayyorlovsavdo”‎ 80,0‎ 2400‎ 1744‎ 656‎
Oʻzbekbirlashuv‎ 14,8‎ 547‎ 471‎ 76‎
Qishloq xoʻjaligi vazirligi‎ 20,0‎ 650‎ 450‎ 200‎

Jami:‎

294,8‎ 9942‎ 6690‎ 3252‎