Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BELGIYA QIROLLIGIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belgiya Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 10-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bryussel shahrida Belgiya Qirolligida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasining Lyuksemburg Buyuk Gersogligi va Niderlandiya Qirolligidagi Elchixonasi funksiyalarini bajarish yuklatilsin.
3. Elchixonaning 1995-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
1995-yil uchun Elchixona xodimlari soni 8 kishidan, shu jumladan diplomatik tarkib — 5 kishidan, texnik tarkib — 3 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995-yil uchun zarur mablagʻlarni xarajatlar smetasiga muvofiq toʻldirilishiga qarab ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
162-son