Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUYuK MUSAVVIR VA NAQQOSh KAMOLIDDIN BEHZOD TAVALLUDINING 540 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzodning Sharq tasviriy sanʼati rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini inobatga olib hamda uning betakror ijodiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Madaniyat ishlari vazirligi va Rassomlar uyushmasining 1995-yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligini keng nishonlash haqidagi taklifi qabul qilinsin hamda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Rassomlar uyushmasi. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga tayyorgarlik tadbirlarini ishlab chiqsinlar va tashkiliy qoʻmita tasdigʻiga kiritsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi, respublika “Musavvir” firmasi:
1995-yilning noyabr oyida Toshkentdagi Kinochilar uyida Kamoliddin Behzod davri miniatyura sanʼatiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya;
Kamoliddin Behzod va uning zamondoshlari asarlari koʻrgazmasini;
miniatyura va xalq amaliy-manzarali sanʼati asarlari tanlovini oʻtkazsinlar.
4. Davlat matbuot qoʻmitasi Madaniyat ishlar vazirligi bilan birgalikda Kamoliddin Behzod asarlari albomini va buyuk musavvir ijodiga bagʻishlangan risolalarni nashr etsin.
5. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi va respublika “Musavvir” firmasi Kamoliddin Behzod ijodiga bagʻishlangan yuqori sifatli sovgʻa buyumlari chiqarishni yoʻlga qoʻysinlar.
6 Aloqa vazirligi Kamoliddin Behzod asarlari tasviri tushirilgan pochta markalari, xatjildlar va otkritkalar chiqarsin.
7. Davlat kinokompaniyasi Kamoliddin Behzod hayoti va ijodini aks ettiruvchi ilmiy-ommabop film yaratsin.
8. Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish tadbirlarini amalga oshirsinlar.
9. Ommaviy axborot vositalariga Kamoliddin Behzodning milliy rassomlik va naqqoshlik sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasining ahamiyatini keng yoritish tavsiya qilinsin.
10. Kamoliddin Behzod yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish xarajatlari budjetdan tashqari mablagʻlar hamda tegishli vazirliklar va idoralarning budjetida belgilangan mablagʻlar hisobidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Kamoliddin Behzodning yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish direksiyasiga topshirilsin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 4-may,
158-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-maydagi 158-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligini oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
| E. Xayitboyev | — | Madaniyat ishlari vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
| T. Mirjalilov | — | Rassomlar uyushmasining raisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| M. Erkaboyev | — | Ijodkorlar jamgʻarmasining direktori, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi |
| S. Axrorov | — | Oʻzdavkinokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari |
| D. Yoqubov | — | “Navroʻz” jamgʻarmasining raisi |
| Sh. Jalilov | — | Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari |
| B. Jalolov | — | Oʻzbekiston xalq rassomi |
| I. Iskandarov | — | OʻzFL vitse-prezidenti |
| E. Ismoilova | — | Sanʼatshunoslik fanlari doktori, Sanʼatshunoslik institutining yetakchi ilmiy xodimi |
| I. Kamol | — | yozuvchilar uyushmasining raisi |
| T. Maxmudov | — | “Guliston” jurnali bosh muharriri |
| A. Meliboyev | — | “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri |
| T. Mirzayev | — | OʻzFA Adabiyot instituti direktori |
| B. Shodiyev | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yubiley va bayram tadbirlarini oʻtkazish direksiyasining direktori |
| Sh. Shoyoqubov | — | Respublika ““Musavvir” firmasining bosh direktori |
| R. Shogʻulomov | — | Davlat matbuot qoʻmitasining raisi |
| E. Yusupov | — | Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari |
| Sh. Yahyoyev | — | Oʻzdavteleradiokompaniya raisi |
| T. Gʻofurbekov |
— |
Sanʼatshunoslik instituti direktori |
| S. Xasanov |
— |
A. Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori |