Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.06.1993 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 510 YILLIGIGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek klassik adabiyotining ulkan namoyandasi, atoqli davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 510 yil toʻlishi munosabati bilan Bobur ijodiyotining adabiyotimiz va madaniyatimiz tarixida, ijtimoiy fikr taraqqiyotida muhim oʻrin tutishini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1993-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi Oʻzbekiston Respublikasida keng miqyosida nishonlansin. hamda bu sanaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika yubiley komissiyasi ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yubiley komissiyasi bir hafta muddat ichida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1993-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet Katta teatrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Andijon shahrida Zahiriddin Muhammad Boburga yodgorlik oʻrnatish, Bobur muzeyi va boshqa inshootlarni qoʻrish, shoir nomi bilan bogʻliq qadamjolarni taʼmirlash ishlarini yubileyga qadar tugallash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tegishli viloyatlarning hokimliklari, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent, Andijon, Samarqand, Shahrisabz shaharlarida ilmiy konferensiyalar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, davlat kinokompaniyasi va davlat teleradiokompaniyasi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bogʻliq asarlarni respublika teatrlarida. sahnalashtirish, uning hayoti va ijodiy yoʻli haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish, Bobur gʻazallari bilan aytiluvchi qoʻshiqlardan iborat videokonsert dasturini tayyorlash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi aloqador tashkilotlar bilan birgalikda 1993-1994-yillarda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini nashr qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bobur hayoti va ijodi haqida plakatlar, bukletlar, taqvimlar chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika ommaviy axborot vositalariga Bobur hayoti va ijodini, tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlikning borishini keng yoritish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Andijon shahridagi yubiley inshootlarini taʼmirlash, qoʻrish va obodonchilik ishlari uchun sarf-xarajatlar smetasi 280 million soʻm miqdorida tasdiqlansin hamda koʻrsatilgan mablagʻ respublika budjetidan Andijon viloyati hokimligiga oʻtkazilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida yubiley tantanalarini oʻtkazish xarajatlarini Madaniyat ishlari vazirligi taqdim etgan sarf-xarajatlar hisoboti asosida respublika budjetidan qoplasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M. Qoraboyev va K. Toʻlaganov oʻrtoqlar zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-iyundagi 308-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. Qoraboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (komissiya raisining oʻrinbosari)‎
M. Umurzoqov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi‎
K. Toʻlaganov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (komissiya raisining oʻrinbosari)‎
M. Salohiddinov‎ —‎‎ Oʻzbekiston FA Prezidenti‎
P. Abdurahmonov‎ —‎‎ Samarqand viloyatining hokimi‎
S. Azimjonova‎ —‎‎ Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi‎
R. Axmedov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining raisi‎
Z. Boqiboyev‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri‎
Jamol Kamol‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi‎
X. Joʻrayev —‎‎ Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasining raisi‎
M. Islomov‎ —‎‎ Fargʻona viloyatining hokimi‎
N. Muhiddinov‎ —‎‎ Oʻzbekiston “Yodgorlik” respublika jamiyatining raisi‎
Q. Obidov‎ —‎‎ Andijon viloyatining hokimi‎
Y. Shodimetov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri‎
T. Xidirov‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyatining hokimi‎
R. Shogʻulomov‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasining raisi‎
M. Xayrullayev‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutining direktori‎
P. Qodirov‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston xalq yozuvchisi‎
A. Fozilbekov‎ —‎‎‎ Toshkent shahar hokimi‎
Sh. Yahyoyev‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasining raisi‎
�. Xayitboyev‎ —‎‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri‎
M. Hazratqulov‎ —‎‎‎ OʻzA bosh direktori‎