Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.1993 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MADANIYATI KUNLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining qardoshlarcha doʻstligini yanada mustahkamlash, milliy madaniyatlarining bir-birini oʻzaro boyitish jarayonini chuqurlashtirish, Qoraqalpogʻiston xalqi madaniyati va sanʼati yutuqlarini keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekistonda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanib, 1993-yilning 25—29-yanvar kunlari oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlari ishtirokchilarining tarkibi 260 kishidan iborat qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlari dasturini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni zarur bosma materiallarni chop etishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi madaniyat kunlari qatnashchilarining kelib-ketishlari bilan bogʻliq, masalalarni hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat kunlari qatnashchilarini mehmonxonalarda joylashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat kunlari tadbirlari oʻtkaziladigan joylarni, koʻcha va maydonlarni lozim darajada obodonlashtirishni, bezatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasi, gazetalar tahririyatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini tayyorlash va oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Davlat kinokompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarining oʻtishiga bagʻishlangan qisqa metrajli hujjatli film yaratish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi oʻtkaziladigan tadbirlar ishtirokchilariga zarur xizmat koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda, mehmonxonalarda, boshqa tashrif joylarida jamoat tartibini saqlash hamda avtotransport harakatida xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi madaniyat kunlari qatnashchilariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, respublika “Mahalla” jamgʻarmasi Toshkent shahri aholisining Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarida faol ishtirok etishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda barcha ijodiy uyushmalar madaniyat kunlarida ishtirok etgan badiiy jamoalarga esdalik sovgʻalari berishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish munosabati bilan sarflangan mablagʻlar taqdim etilgan sarf-xarajat roʻyxatiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-yanvardagi 7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyati kunlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraboyev M.Q ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
Yusupova B.A.‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari‎
Yusupov I.‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq shoiri‎
Hakimov.3.A.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi‎
Muhamedov N.‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Abdullayev R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Abdullayev Sh.Y. ‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Axmedov R.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining raisi‎
Aliyev M.M.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Avtotransport vazirining oʻrinbosari‎
Jalilov Sh.I.‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari‎
Jalolov A. S.‎ —‎‎ “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisining oʻrinbosari‎
Joʻrayev X. R.‎ —‎‎ Oʻzdavkinokompaniya raisi‎
Jamol Kamol‎ —‎‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi‎
Murod Muhammad Doʻst‎ —‎‎ OʻzA Bosh direktori‎
Matjonov O.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti‎
Roʻzmatov A.Gʻ.‎ —‎‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori oʻrinbosari‎
Rahimov Gʻ. ‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Kaipbergenov T.K.‎ —‎‎ Oʻzbekiston xalq yozuvchisi‎
Rajabov Y.Sh.‎ —‎ Toshkent shahar mehmonxonalar boshqarmas�ning boshligʻi‎
Sultonov R.T. ‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Temurov Sh.T. ‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasining raisi‎
Fozilbekov A.I.‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
Shogʻulomov R.Sh. ‎ —‎ Oʻzdavmatbuot qoʻmitasi raisi‎
Ermatov N.E.‎ —‎ Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Qayumov M.Q. ‎ —‎ Oʻzbekiston Kinematografchilar uyushmasining raisi‎
Qodirov P.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Madaniyat va madaniy merosni asrash masalalari qoʻmitasining raisi‎
Qoriyeva B.R.‎ —‎ Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining prezidenti‎
Hayitboyev E.Q ‎ —‎ Oʻzteleradiokompaniya raisi‎
Hojiniyozov T ‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi doimiy vakili‎