Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993 06.08.1991 yildagi 214-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEHNATKAShLARGA BERILADIGAN OYLIK KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARINING ENG OZ MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chakana narxlarning isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ aholisini ijtimoiy himoya qilish choralari haqida” 1991-yil 25-martdagi 65-son qaroriga muvofiq oyiga kamida 60 soʻm kompensatsiya toʻlovi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xalq isteʼmoli mollarining, oziq-ovqat va xizmatlarning narxlari jadal oshib ketganligi munosabati bilan, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashi Rayosatining isteʼmol fondi boʻyicha cheklashlarni bekor qilish haqida 1991-yil 22-iyuldagi 322-XII-son qaroriga muvofiq koʻpgina vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar oʻz xodimlari uchun oylik kompensatsiya toʻlovlarining eng oz miqdorini qoʻshimcha ravishda oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Yoqilgʻi-energetika, mashinasozlik komplekslari va boshqa komplekslarning koʻpgina korxonalari va tashkilotlarida kompensatsiya miqdorlarini 100 soʻmgacha oshirish uchun mablagʻlar izlab topildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori unumli mehnat qilishga ragʻbatni kuchaytirish, mehnatkashlar turmush darajasining pasayishiga yoʻl qoʻymaslik, jumhuriyat aholisini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan avvalroqdan aniq choralarni roʻyobga chiqarish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning, birlashmalar va korxonalarning, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, oʻz mablagʻlari hisobidan 1991-yilning avgust oyidan boshlab xodimlarga toʻlanadigan oylik kompensatsiya toʻlovlarining eng oz miqdorini kamida 100 soʻmgacha oshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligi mazkur qarorning 1-bandi talablarini hisobga olib, bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga budjetda turuvchi tashkilotlarning xodimlariga toʻlanadigan qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovlarini qoplash manbalari toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidovga yuklatilsin, unga shu yilning 15-sentabrida qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida axborot berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-son