Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 20.07.1991 yildagi 195-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ FANLAR AKADEMIYASINING SUV MUAMMOLARI INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol dengizi havzasida ekologik muammolar keskinlashgan sharoitda suv muammolariga doir koʻlamdor tadqiqotlarni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning, ularni muhofaza etishning ilmiy asoslarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. OʻzSSJ Fanlar akademiyasining SSJI Fan va texnika davlat qoʻmitasi, SSJI Fanlar akademiyasi, OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan kelishilgan OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OʻzSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining jumhuriyat tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlari kafedralari ishtirokida amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatining bosh yoʻnalishlari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruqlik gidrologiyasini va antropogen taʼsir sharoitlarida suv resurslari rejimi kattaligi va sifatining shakllanish jarayonlari gidrogeologiyasini hamda qonuniyatlarini atroflicha oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv manbalarini muhofaza qilish yuzasidan ekologik talablarni, ularning holatini baholashning mezonlarini hamda yer usti va yer osti suvlari rejimi va sifatini boshqarishning iqtisodiy usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklangan suv manbalaridan kompleks foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, irrigatsiya-gidroenergetika va boshqa xalq xoʻjaligi komplekslari muammolari shunga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti va yer osti suvlari gidrodinamikasi, suv xoʻjaligi tizimlarini boshqarish va kompyuterlashtirish muammolarini nazariy oʻrganish (gidrodinamika jarayonlarini va nam koʻchishini matematik va raqamli modellashtirish, oʻzan jarayonlari va daryo gidravlikasining oʻzgarishi, tuproqning suv va shamol eroziyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida suv manbalaridan oqilona foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy va iqtisodiy muammolarni tadqiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yerlarni sugʻorish va qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun atmosfera yogʻinlaridan foydalanish muammolarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan dehqonchilikda, sanoatda, kommunal xoʻjaligida suvdan foydalanishning suvni tejaydigan texnologiyalarini qoʻllash, mintaqada ekologik muvozanatni tiklash va saqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanib boʻlingan va minerallashgan suvlardan tizim ichida foydalanishning nazariy-tajriba hamda ekologik asoslarini, suv manbalarining bir qismini mintaqalararo qayta burish muammolarini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha 1-toifaga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Fanlar akademiyasi Rayosati Suv muammolari institutining Ustavini, apparatning tuzilishini va OʻzSSJ Moliya vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning chegaraviy sonini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadqiqotlarni rivojlantirishga bir yoʻla davlat yordami koʻrsatish tartibida Suv muammolari instituti uchun 1991-yilda jumhuriyat Hukumatining rezerv fondidan 400 ming soʻm budjet mablagʻi ajratilsin, OʻzSSJ Fanlar akademiyasi esa koʻrsatilgan maqsadlar uchun 200 ming soʻm mablagʻ topsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi mazkur qarorning 2-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 1992-yildan boshlab OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Yakub Kolas va Mayakovskiy koʻchalari chegaralaridagi hududni, shuningdek, u yerda joylashgan binolar va inshootlarni, Toshkent viloyatidagi Kalinin tajriba-ishlab chiqarish xoʻjaligini 1992-yilning 1-iyuligacha OʻzSSJ Fanlar akademiyasiga belgilangan tartibda bosqichma-bosqich berishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzselxozsnabremont”, OʻzSSJ Savdo vazirligi OʻzSSJ Fanlar akademiyasining buyurtmasi boʻyicha Suv muammolari instituti uchun limitlar ajratishni va birkitilgan nomenklatura boʻyicha mebellar, asbob-uskunalar yetkazib berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻzSSJ Aloqa vazirligi belgilangan tartibda OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari institutini telefonlashtirish masalalarini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, “SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi shartnomaga koʻra OʻzSSJ Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti tomonidan mavjud bazalarda tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish imkoniyatini bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻlamdor va amaliy tadqiqotlarning oʻzaro aloqadorligini, kompleksliligini taʼminlash maqsadlarida OʻzSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining tematik rejalarini qarab chiqish va shakllantirishni jumhuriyat qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi organlarining ishtirokida amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston SSJ Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi, jumhuriyatning boshqa vazirliklari va idoralari xalq xoʻjaligi obyektlarini qayta tiklashni loyihalashtirishda OʻzSSJ Fanlar akademiyasi Suv muammolari institutining takliflarini hisobga olsinlar, mavjud ishlanmalarni joriy qilish uchun imkoniyat yaratsinlar va bunda zarur yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-son