25.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2117
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori qarori, 25.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2117
Кучга кириш санаси
02.09.2010
Hujjat 19.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 11 sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2117]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5 — 11 sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2010-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari deb yuritiladi) 5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 5 — 11-sinf oʻquvchilarining (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi (bundan buyon matnda reyting tizimi deb yuritiladi) Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartining (bundan buyon matnda Davlat taʼlim standarti deb yuritiladi) tarkibiy qismi hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reyting tizimi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyting tizimining maqsadi Davlat taʼlim standartida belgilangan talablarni bajarilishida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻquvchilarda Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquv fanlari boʻyicha oʻquvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik prinsiplariga hamda baholashning formativ va summativ usullariga rioya etilishini taʼminlash;
(5-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 16-martdagi 31-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-3, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2117-3/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malaka saviyasini shakllanish surʼatini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari darajalarini taqqoslash va taʼlim jarayonida oʻzaro musobaqa muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yoʻllash ishlarini mukammallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻquvchilar bilimlari, koʻnikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boʻshliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oʻquvchining toʻlaqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakaning mustahkamlab borilishini taʼminlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat turlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy nazorat — soʻrovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq nazorat — chorak tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida oʻtkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar oʻquv fani oʻqituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari oʻquv dasturiga asoslangan mavzuyiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichli nazorat — oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin ogʻzaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va oʻquvchini navbatdagi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat materiallari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab vazirligining (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda oʻquv fani oʻqituvchilari bosqichli nazorat materiallariga oʻzgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan oʻtkazib, joriy etishlari mumkin;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat — oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilimi formativ va summativ usullarda ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formativ baholash — dars mashgʻulotlari davomida oʻquvchilar faoliyatini kuzatish hamda ularning bilim va koʻnikmalarini oʻlchash hamda natijani yaxshilash uchun koʻrsatmalar berish jarayoni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Summativ baholash — taʼlim jarayonining muayyan bir davri (chorak, yarim yil yoki oʻquv yili) yoki bosqich (oʻquv fanining bob, boʻlimi) yakunida oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi va amaliy koʻnikma darajasini oʻqituvchi va vazirlik tomonidan aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarning bilimini formativ va summativ usullarda baholash joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻquvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reyting tizimida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarning har bir nazorat turi boʻyicha bilimini baholash va reyting koʻrsatkichini aniqlash ularning oʻquv fani mavzusi boʻyicha tasavvurga ega boʻlishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qoʻllay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Haftasiga 1 soatdan ortiq oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Haftasiga 0,5 va 1 soat oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholash oʻquvchini sinfdan-sinfga oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan oʻquvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchi uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi boʻlsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha koʻchirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy oʻquv yilida oʻqitilgan fanlar boʻyicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi aʼzolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquvchilarning oʻquv yili davomida nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir oʻquv fanidan yillik reyting koʻrsatkichi aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquvchining yillik (yakuniy) bahosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5” boʻlganda — 86, 90, 95 va 100 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4” boʻlganda — 71, 75, 80 va 85 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3” boʻlganda — 56, 60, 65 va 70 reyting koʻrsatkich ballaridan biri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik reyting koʻrsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat boʻlib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻqituvchi oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich balini 56 balldan kamligini eʼtirof etsa, u holda oʻquvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich ballarini aniqlash usuli oʻquv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda oʻqituvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquvchilarning nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting koʻrsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilimini formativ va summativ usullarda baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Formativ baholash mezonlari oʻquv fanining xususiyatlari va unga ajratilgan soatlardan kelib chiqib, oʻqituvchi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Formativ baho bir chorak (oʻquv reja asosida oʻquv fanlariga ajratilgan haftalik soat sonidan kelib chiqib, yarim yillik va yillik boʻlishi mumkin) davomida 1 balldan 10 ballgacha qoʻyib borilgan ballarning oʻrta arifmetigidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir oʻquvchi bir chorak davomida (yarim yillik, yillik) kamida 4-marta oʻqituvchi tomonidan formativ baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Summativ baholash bob boʻyicha summativ baholash hamda chorak boʻyicha summativ baholashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir oʻquv fani boʻyicha summativ baholash uchun test topshiriqlari shakli (oʻquv fani mazmuni, tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyorlari) vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Bob va chorak boʻyicha summativ baholash uchun nazorat materiallari va ularning spetsifikatsiyalari, sillabuslari va baholash mezonlari vazirlik tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga har oʻquv yili davomida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, vazirlik tomonidan oʻquvchilar uchun nazorat materiallari va oʻqituvchilar uchun baholash mezonlari e-maktab elektron jurnaliga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqituvchilar baholash jarayonlarini oʻtkazish vaqtida nazorat materiallariga baholash mezonlaridan chiqmagan holda yangi nazorat materiallarini yaratish, berilgan nazorat materiallariga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Bob boʻyicha summativ baholash oʻquvchining oʻquv fanlari bobi hamda boʻlimlarining oʻzlashtirish darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bob boʻyicha summativ baholash jarayoni oʻquv rejasi asosida oʻquv fanlariga ajratilgan haftalik soatdan kelib chiqib, 1-martadan 3-martagacha oʻtkazilishi mumkin (haftasiga 1-2 soatgacha ajratilgan oʻquv fanlari boʻyicha 1-marta, 3-4 soatgacha ajratilgan oʻquv fanlari uchun 2-marta, 5 va undan ortiq soat ajratilgan oʻquv fanlari uchun 3-marta). Bob boʻyicha summativ baholashga barcha turdagi yozma ishlar, amaliy ish, laboratoriya ishi, loyiha ishi, ijodiy ish, ogʻzaki javob talab etuvchi topshiriqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Chorak boʻyicha summativ baholash oʻquvchining oʻzlashtirgan bilim hamda amaliy koʻnikmasi darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanib, har chorak yakunida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorak boʻyicha summativ baholash oʻquv fanlari uchun ajratilgan haftalik soatlardan kelib chiqib (har chorakda, yarim yilda, bir oʻquv yilida bir marotaba) oʻtkaziladi. Bunda, bitta sinfda bir oʻquv kuni mobaynida 3 ta oʻquv fanlaridan koʻp boʻlmagan holda baholash oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorak boʻyicha summativ baholash jarayonlari markazlashgan holda belgilangan oʻquv fanlaridan vazirlik tomonidan yozma yoki kompyuterda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Oʻquvchining choraklik bahosi (maksimal 100 ball) quyidagicha shakllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 ball chorak davomida formativ baholash (oʻqituvchi tomonidan baholanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 ball chorak davomidagi bob boʻyicha summativ baholash (oʻqituvchi tomonidan baholanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 ball chorak oxirida chorak boʻyicha summativ baholash (oʻqituvchi yoki vazirlik tomonidan baholanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Oʻquvchining oʻquv yili davomida toʻplagan ballari quyidagi taqsimot asosida baho shakliga oʻtkaziladi (konvertatsiya qilinadi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

86 — 100

5

aʼlo

66 — 85

4

yaxshi

30 — 65

3

qoniqarli

0 — 29

2

qoniqarsiz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Summativ baholashni oʻtkazish jarayonida oʻquvchilarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, oʻzga oʻquvchining ishini koʻchirishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va boshqa adabiyotlar, konspektlar, elektron va qogʻoz shakldagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan, uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa axborot-kommunikatsiya vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanning xususiyatidan kelib chiqib, summativ baholash jarayonini oʻtkazishda tegishli fan boʻyicha masʼul pedagog tomonidan kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Summativ baholash jarayonida qatnasha olmagan yoki 30 foizdan past natija qayd etgan oʻquvchilar uchun quyidagi hollarda qayta topshirish jarayonlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarga koʻra (oʻquvchining yoki yaqin qarindoshining betobligi (tibbiy maʼlumotnoma asosida), yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining nikoh tuzishi, respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlovlarda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi nomidan ishtirok etganligi, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) summativ baholashda qatnashmagan oʻquvchilarga qayta topshirishda ularning olgan ballari qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrsiz sabablarga koʻra summativ baholashda qatnashmagan, ushbu Nizomning 188-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarni buzgan yoki summativ baholashda 30 foizdan past natija qayd etgan oʻquvchilarning maksimal bali 65 foizdan oshmagan holda baholanadi.
(IV1-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 4-fevraldagi 1-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2117-2, 05.02.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 215-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.02.2025-y., 10/25/2117-2/0107-son; 19.03.2026-y., 10/26/2117-3/0259-son)