OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
5 — 9 SINF OʻQUVCHILARINING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT QILISHNING REYTING TIZIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1. 5 — 9 sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror 2010-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-iyun,
11/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
5 — 9-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 5 — 9-sinf oʻquvchilarining bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 5 — 9-sinf oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi (keyingi oʻrinlarda reyting tizimi deb yuritiladi) Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartining (keyingi oʻrinlarda Davlat taʼlim standarti deb yuritiladi) tarkibiy qismi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Reyting tizimi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
3. Oʻquvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
4. Reyting tizimining maqsadi Davlat taʼlim standartida belgilangan talablarni bajarilishida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) oʻquvchilarda Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) oʻquv fanlari boʻyicha oʻquvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini taʼminlash;
v) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
g) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malaka saviyasini shakllanish surʼatini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
d) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari darajalarini taqqoslash va taʼlim jarayonida oʻzaro musobaqa muhitini yaratish;
e) oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yoʻllash ishlarini mukammallashtirish;
j) oʻquvchilar bilimlari, koʻnikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boʻshliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
z) oʻquvchining toʻlaqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
i) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakaning mustahkamlab borilishini taʼminlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
III. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish
6. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat turlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
joriy nazorat — soʻrovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oraliq nazorat — chorak tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida oʻtkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar oʻquv fani oʻqituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari oʻquv dasturiga asoslangan mavzuyiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli koʻrsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
bosqichli nazorat — oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin ogʻzaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va oʻquvchini navbatdagi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018-yil 6-apreldagi 4-mh, 2-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2117-1, 04.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/2117-1/1168-son)
Bosqichli nazorat materiallari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda oʻquv fani oʻqituvchilari bosqichli nazorat materiallariga oʻzgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan oʻtkazib, joriy etishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
yakuniy nazorat — oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻquvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash
7. Reyting tizimida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
Oʻquvchilarning har bir nazorat turi boʻyicha bilimini baholash va reyting koʻrsatkichini aniqlash ularning oʻquv fani mavzusi boʻyicha tasavvurga ega boʻlishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qoʻllay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
9. Haftasiga 1 soatdan ortiq oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.
10. Haftasiga 0,5 va 1 soat oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi.
11. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
12. Baholash oʻquvchini sinfdan-sinfga oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan oʻquvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga oʻtkazilishi mumkin.
13. Oʻquvchi uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi boʻlsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha koʻchirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy oʻquv yilida oʻqitilgan fanlar boʻyicha ruxsat beriladi.
14. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi aʼzolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi.
15. Oʻquvchilarning oʻquv yili davomida nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir oʻquv fanidan yillik reyting koʻrsatkichi aniqlanadi:
Bunda oʻquvchining yillik (yakuniy) bahosi:
“5” boʻlganda — 86, 90, 95 va 100 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
“4” boʻlganda — 71, 75, 80 va 85 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
“3” boʻlganda — 56, 60, 65 va 70 reyting koʻrsatkich ballaridan biri qoʻyiladi.
Yillik reyting koʻrsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat boʻlib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Agar oʻqituvchi oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich balini 56 balldan kamligini eʼtirof etsa, u holda oʻquvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
16. Oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich ballarini aniqlash usuli oʻquv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda oʻqituvchi tomonidan belgilanadi.
17. Oʻquvchilarning nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting koʻrsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
18. Oʻquvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoida
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.