25.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2117
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori qarori, 25.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2117
Кучга кириш санаси
02.09.2010
Hujjat 02.09.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

5 — 9 SINF OʻQUVCHILARINING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT QILISHNING REYTING TIZIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5 — 9 sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2010-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2010-yil 8-iyun,

23-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11/QQ-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 9-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 5 — 9-sinf oʻquvchilarning bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 5 — 9-sinf oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi (keyingi oʻrinlarda reyting tizimi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartining (keyingi oʻrinlarda Davlat taʼlim standarti deb yuritiladi) tarkibiy qismi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reyting tizimi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyting tizimining maqsadi Davlat taʼlim standartida belgilangan talablarni bajarilishida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻquvchilarda Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻquv fanlari boʻyicha oʻquvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malaka saviyasini shakllanish surʼatini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari darajalarini taqqoslash va taʼlim jarayonida oʻzaro musobaqa muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yoʻllash ishlarini mukammallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻquvchilar bilimlari, koʻnikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boʻshliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oʻquvchining toʻlaqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakaning mustahkamlab borilishini taʼminlash hamda ularni qoʻllab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Reyting tizimining nazorat turlari va ularni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat turlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy nazorat — soʻrovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oraliq nazorat — chorak tamom boʻlganda va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida oʻtkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar oʻquv fani oʻqituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari oʻquv dasturiga asoslangan mavzuyiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichli nazorat — oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va oʻquvchini navbatdagi sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat materiallari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda oʻquv fani oʻqituvchilari bosqichli nazorat materiallariga oʻzgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan oʻtkazib, joriy etishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy nazorat — oʻqish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻquvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reyting tizimida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarning har bir nazorat turi boʻyicha bilimini baholash va reyting koʻrsatkichini aniqlash ularning oʻquv fani mavzusi boʻyicha tasavvurga ega boʻlishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan bilimlarini amalda qoʻllay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi mezonlarga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Haftasiga 1 soatdan ortiq oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida choraklik baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar choraklik baholarga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Haftasiga 0,5 va 1 soat oʻqitiladigan oʻquv fanlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida yarim yillik baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baholar yarim yillik baholarga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan oʻquv fanlari boʻyicha yillik baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholash oʻquvchini sinfdan-sinfga oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan oʻquvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchi uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi boʻlsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha koʻchirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy oʻquv yilida oʻqitilgan fanlar boʻyicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi aʼzolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquvchilarning oʻquv yili davomida nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir oʻquv fanidan yillik reyting koʻrsatkichi aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquvchining yillik (yakuniy) bahosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5” boʻlganda — 86, 90, 95 va 100 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4” boʻlganda — 71, 75, 80 va 85 reyting koʻrsatkich ballaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3” boʻlganda — 56, 60, 65 va 70 reyting koʻrsatkich ballaridan biri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik reyting koʻrsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat boʻlib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻqituvchi oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich balini 56 balldan kamligini eʼtirof etsa, u holda oʻquvchining yillik reyting bali minimal 55 ball etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquvchining yillik reyting koʻrsatkich ballarini aniqlash usuli oʻquv fani xususiyatidan kelib chiqqan holda oʻqituvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquvchilarning nazorat turlari boʻyicha olgan ballari hamda choraklik (yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting koʻrsatkich ballari sinf jurnaliga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.