Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2018 23.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2114
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori, 23.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2114
Кучга кириш санаси
03.07.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2018
Hujjat 19.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARI, ShU JUMLADAN BOShQA INVESTORLAR IShTIROKIDA BANKROT KORXONALAR NEGIZIDA TAShKIL ETILGAN KORXONALARNING ASOSIY VOSITALARI VA NOMODDIY AKTIVLARI BOʻYIChA AMORTIZATSIYA AJRATMALARINI OʻRNATILGAN MEʼYoRDAN KAMROQ HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2114]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-sentabrdagi 128, 31, 2018-69, 27/18-sonli “Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2114-2, 04.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bankining 2010-yil 31-maydagi 47, 97, 2010-21, 20/1-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) muvofiq tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) tatbiq qilinadi va ushbu korxonalar yangi investorlarga sotilgunga qadar, ammo ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amortizatsiya — asosiy vositalar eskirishining qiymatdagi ifodasi, shuningdek asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini ularning foydali xizmat muddati mobaynida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning belgilangan maqsadidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borish va sistematik taqsimlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk mulkdori — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida tijorat banklariga sotish tartibiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 49-son, 479-modda) muvofiq bankrot korxonalarni (shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida) egalikka olgan tijorat banki;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 5-iyundagi 75, 135, 2017-27, 11/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2114-1, 16.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 511-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyori — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son (I)) 144-moddasida koʻrsatilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya meʼyori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasaytiruvchi koeffitsiyent — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlardan kamroq amortizatsiya summasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan hisob-kitob koʻrsatkichi boʻlib, uning qiymati 1,00 yoki 100% dan past, lekin 0,50 yoki 50% dan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyordan kamroq hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amortizatsiya, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq turli usullarni qoʻllash orqali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari boʻyicha amortizatsiyani oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyorlariga muvofiq hisoblayotgan korxonalar, mazkur korxonalar yangi investorlarga sotilgunga qadar, ammo ular davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan muddatda amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyorlardan kamroq hisoblashlari mumkin (keyingi oʻrinlarda pasaytirilgan meʼyor deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar hisob siyosatida koʻzda tutilgan amortizatsiya hisoblashning qoʻllayotgan usulidan qatʼi nazar, pasaytirilgan meʼyorlar boʻyicha amortizatsiya hisoblashga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pasaytirilgan meʼyor pasaytiruvchi koeffitsiyentni asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning aniq nomi boʻyicha oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyoriga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pasaytiruvchi koeffitsiyent, korxona faoliyatining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlarini hisobga olib korxona tomonidan, mol-mulkning mulkdorlari bilan kelishgan holda aniqlanadi. Pasaytiruvchi koeffitsiyentni aniqlash uchun korxona, tijorat banklariga berilgunga qadar bankrot korxona balansida aks ettirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatining, ularni tijorat banklari tomonidan (shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida) tashkil qilingan korxonalarga qabul qilingan paytdagi baholangan qiymatiga nisbati, bozordagi xuddi shunday mahsulot narxining korxona mahsuloti qiymatiga nisbati, ishlab chiqarish haqiqiy hajmining ishlab chiqarish quvvatiga nisbati va boshqa koʻrsatkichlardan biridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pasaytiruvchi koeffitsiyentni aniqlash tartibi korxona rahbarining farmoyishli hujjati (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasaytiruvchi koeffitsiyent korxona tomonidan har hisobot davrida (oy, chorak, yilda) qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyekt asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangunga qadar yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti boʻyicha pasaytirilgan meʼyorlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, pasaytirilgan meʼyorlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan oydan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) obyektlari boʻyicha pasaytirilgan meʼyorlarda amortizatsiya ajratmalari hisobot davri mobaynida har oyda hisoblab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishlab chiqarishi mavsumiy tusga ega boʻlgan korxonalarda foydalaniladigan asosiy vositalar (nomoddiy aktivlar) boʻyicha pasaytirilgan meʼyordagi amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi, hisobot yilida ulardan foydalanish davriga teng maromda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Vaqtinchalik nizom bilan belgilangan tartibda amortizatsiyani oʻrnatilgan meʼyorlardan kamroq hisoblash davri tugaganidan soʻng, kelgusida amortizatsiyani hisoblash asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati toʻliq qoplangunga qadar oʻrnatilgan amortizatsiya meʼyorlariga yoki amortizatsiyani hisoblash usullariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Amortizatsiya hisoblashning pasaytirilgan meʼyorlarini qoʻllashning haqqoniyligi va asoslanganligi uchun shaxsiy javobgarlik korxonalar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 208-modda; 2017-y., 24-son, 511-modda)