23.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2114
ONLINE TRANSLATE
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori, 23.06.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2114
Кучга кириш санаси
03.07.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki qaror qiladi:
Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 104-modda) muvofiq tijorat banklari, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash tartibini belgilaydi.
mol-mulk mulkdori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida tijorat banklariga sotish tartibiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 49-son, 479-modda) muvofiq bankrot korxonalarni (shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida) egalikka olgan tijorat banki;
3. Amortizatsiya, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq turli usullarni qo‘llash orqali hisoblanadi.