23.06.2010 yildagi 123-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISH VA NARKOTIK MODDALARNING NOQONUNIY AYLANISHIGA QARSHI KURASH SOHASIDA XORIJIY, XALQARO TASHKILOTLAR YOKI CHET EL DAVLATLARI, SHUNINGDEK BOSHQA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN TEXNIK KOʻMAKLASHISH LOYIHALARI/DASTURLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek ichki donorlarning mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini samarali amalga oshirish, ularning amalga oshirilishi uchun faoliyatni muvofiqlashtirishni takomillashtirish va qatʼiy nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi ushbu Nizomni xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, chet el hukumat tashkilotlari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-iyundagi 123-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, qonunchilikka muvofiq giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek ichki donorlarning mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, amalga oshirish, amalga oshirish monitoringini olib borish, uzaytirish, oʻzgartirish, toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, shuningdek bekor qilish tartibini belgilaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari) va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari (ichki donorlar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlari) giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarining tashabbus koʻrsatuvchilari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish dasturlari/loyihalarini koʻrib chiqish va ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish loyihasi/dasturi (keyingi oʻrinlarda — loyiha/dastur deb ataladi) xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari tomonidan moliyalashtirilgan taqdirda, tashabbus koʻrsatuvchi loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha/dastur ichki donorlarning mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilgan taqdirda, tashabbus koʻrsatuvchi loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga (keyingi oʻrinlarda — Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi deb ataladi) yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyiha/dasturni amalga oshirish boʻyicha taklifning tashabbus koʻrsatuvchisi, shuningdek uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslagan va moliyalashtirish manbalarini hamda kutilayotgan natijalarni, shuningdek boshqa shartlarni koʻrsatgan holda tushuntirish xati taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir hafta muddatda xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqadi hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish markaziga loyiha/dasturni bundan keyin jadallashtirish imkoniyatlari haqida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisida tushgan taklifni ekspertizadan oʻtkazadi hamda ekspert ishlanmasini yanada davom ettirish zarurligini va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan loyiha/dasturning oʻziga xosligini hisobga olgan holda loyiha/dasturni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq loyiha/dasturda nazarda tutilgan masalalar vakolatiga kiradigan tegishli vazirliklar va idoralarga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining ekspertiza organlari oʻn kun muddatda oʻz vakolatlari doirasida loyiha/dastur har tomonlama puxta ishlab chiqilishini taʼminlaydilar va belgilangan tartibda ekspert xulosalarini Narkotik moddalarni nazorat qilish markaziga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi loyiha/dastur amalga oshirilishining boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy maʼnaviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun vakolatli tashkilotlarning vakillarini, alohida mutaxassislar va mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza organlarining xulosalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza organlari tomonidan ijobiy xulosalar kiritilgan taqdirda loyiha/dasturni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza organlari tomonidan loyiha/dasturni amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida asoslangan salbiy xulosalar kiritilgan yoki loyiha/dasturni puxta ishlash yuzasidan mulohazalar bildirilgan taqdirda yigʻma xulosa tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va yanada puxta ishlash uchun uni tashabbus koʻrsatuvchiga qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha/dastur ichki donorlarning mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilgan taqdirda Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi yigʻma xulosani bevosita tashabbus koʻrsatuvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi zaruriyat boʻlganda tegishli ekspertiza organlarini va tashkil etilgan ishchi guruhni taklif etgan holda loyiha/dasturni kollegial muhokama qilishni tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifni takroriy kiritish ushbu Nizomning 3 va 4-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish dasturlari/loyihalarini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha/dastur belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangandan keyin loyiha/dasturning tashabbus koʻrsatuvchisi bilan tegishli hujjatlar (memorandum yoki kontrakt) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyiha/dasturni amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirlik, idora yoki boshqa tashkilot (keyingi oʻrinlarda — bajaruvchi deb ataladi), shuningdek loyiha/dasturni amalga oshirish guruhi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyiha/dasturni amalga oshirish boʻyicha bajaruvchi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq muddatlar va birgalikda bajaruvchilarni koʻrsatgan holda loyiha/dasturni amalga oshirishni taʼminlash tadbirlari rejasini ishlab chiqadi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni oʻzlashtirish jadvalini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha/dasturni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarning kelishilgan rejasi va mablagʻlarni oʻzlashtirish jadvali Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish dasturlari/ loyihalarini amalga oshirish monitoringini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aniq loyiha/dastur bajarilishi monitoringini olib borish bevosita bajaruvchi tomonidan taʼminlanadi, loyiha/dastur amalga oshirilishining umumiy monitoringi, muvofiqlashtirish va nazorat qilish esa Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Loyiha/dasturning bajaruvchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda loyiha/dastur amalga oshirilishining batafsil monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Narkotik moddalarni nazorat qilish markaziga tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq loyiha/dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tezkor axborotni va yilning har choragida — toʻliq tahliliy hisobotni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi majlisida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga loyihalar/dasturlar amalga oshirilishi va amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli loyihalar/dasturlarni bajaruvchilarning hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida koʻrib chiqish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalardan maqsadli foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish qonunchilikka muvofiq belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ayrim hollarda, tashabbus koʻrsatuvchi va bajaruvchi tomonidan majburiyatlar buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasiga belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar/dasturlar boʻyicha — Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki donorlar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalar/dasturlar boʻyicha — Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishi toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Loyiha/dasturni amalga oshirish yakunlangandan keyin bajaruvchi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik, idora yoki boshqa tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan loyiha/dastur amalga oshirilishi yakunlari toʻgʻrisida yakuniy hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha/dasturni amalga oshirish doirasida erishilgan natijalardan foydalanish toʻgʻrisida taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansga berish hamda olingan moddiy-texnika vositalaridan va boshqalardan foydalanish toʻgʻrisida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va amalga oshirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish sxemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini uzaytirish, oʻzgartirish, toʻxtatib qoʻyish, toʻxtatish, shuningdek bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha/dasturni uzaytirish va/yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish ushbu Nizomning II boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif bajaruvchi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari tomonidan loyihalashtirilayotgan loyihalar/dasturlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki donorlarning mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan loyihalar/dasturlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qonunchilikka muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar/dasturlarda nazarda tutilgan masalalar vakolatiga kiradigan vazirliklar va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilayotgan loyiha/dastur xususiyati Ekspertiza organlari‎
Giyohvandlikning oldini olish Sogʻliqni saqlash vazirligi
Xalq taʼlimi vazirligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Ichki ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi‎
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Moliya vazirligi
Iqtisodiyot vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Milliy gʻoya va maʼnaviyat kengashi huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy markazi ‎
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi ‎
Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash Ichki ishlar vazirligi
Davlat xavfsizlik xizmati
Davlat bojxona qoʻmitasi
Bosh prokuratura
Adliya vazirligi‎
Tashqi ishlar vazirligi ‎
Moliya vazirligi ‎
Iqtisodiyot vazirligi
Tashqi savdo vazirligi
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini koʻrib chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, amalga oshirish va amalga oshirilishi monitoringini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

1 va 1a — loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif yuborish (Nizomning 3-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisida tushgan taklifni bir hafta muddatda koʻrib chiqish hamda loyiha/dasturni bundan keyin jadallashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida taklif kiritish (Nizomning 5-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 — loyiha/dasturni amalga oshirish toʻgʻrisida tushgan taklifni bir hafta muddatda ekspertizadan oʻtkazish, keyinchalik ekspert jihatidan ishlab chiqish zaruriyatini, uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini aniqlash, shuningdek loyiha/dasturni ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ekspertiza organlariga kiritish (Nizomning 6-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — oʻn kun muddatda loyiha/dasturning har tomonlama ishlab chiqilishini taʼminlash hamda belgilangan tartibda ekspert xulosalarini yuborish (Nizomning 7-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — bir hafta muddatda ekspertiza organlari xulosalarini tahlil qilish va umumlashtirish hamda loyiha/dasturni belgilangan tartibda Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasiga kiritish (Nizomning 8-9-bandlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 — loyiha/dasturni amalga oshirish, monitoring olib borish (Nizomning 11—19-bandlari).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 198-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)