Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2013 05.09.2005 yildagi PQ-167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda Internet tarmogʻidan foydalanish yoʻnalishidagi milliy xavfsizlikni taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, kompyuter xavfsizligiga tahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish masalalarida ularga yordam koʻrsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi “Oʻzinfokom” huzurida xodimlarning cheklangan soni 10 kishidan iborat Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining tuzilmasi va Nizomi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha operatorlar, provayderlar hamda boshqa subyektlarning kompyuter xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter texnikasi va dasturlardan foydalanuvchilar hamda ularni ishlab chiqaruvchilardan, shu yoʻnalishda ishlaydigan xorijiy tuzilmalardan kompyuter xavfsizligiga oid zamonaviy tahdidlar toʻgʻrisida olinadigan axborotlarni, shuningdek muayyan kompyuter hodisalari, kompyuter tizimlarini himoyasida qoʻllanilayotgan dasturiy-texnik vositalarning samaradorligiga oid materiallarni yigʻish, tahlil qilish va tegishli maʼlumotlar bazasiga jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter xavfsizligini taʼminlashning xalqaro tajribasini oʻrganish va umumlashtirishdan kelib chiqib, axborot tizimlariga noqonuniy suqilib kirish hollarining oldini olishni taʼminlaydigan eng samarali dastur-apparat vositalarini qoʻllash boʻyicha mamlakatimizdagi foydalanuvchilarga tavsiyanomalar ishlab chiqish, ularga maslahat xizmatlari va texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter tizimlariga xakerlar hujumlari toʻgʻrisidagi xabarlarni tezkorlik bilan qabul qilish va ularni oldini olish boʻyicha shoshilinch yordam koʻrsatish, kompyuter xavfsizligiga tahdid tugʻilayotgani haqida Internet tarmogʻi hamda boshqa axborot tizimlari, shu jumladan mamlakatimizdagi mahalliy va korporativ axborot tizimlarining foydalanuvchilarini oʻz vaqtida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter xavfsizligini taʼminlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining vakolatiga quyidagi huquqqa zid harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish vazifalari kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarning bazaviy uzellari va katta server resurslarining ish qobiliyatini izdan chiqarish, tizim axborotini buzish yoki ishonchsizlantirish maqsadidagi xakerlik hujumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari, shuningdek axborot resurslarini boshqarish funksiyalaridan ruxsatsiz foydalanishga qaratilgan tarmoq hujumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalangan axborot tizimlarining parollarini, hamda boshqa identifikatsiya qilish jarayonida ishlatiladigan axborotni qoʻlga kiritish, tanlash va buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tarmoqlari himoya tizimlarini buzish, jumladan maxsus dasturlarni joriy etish yoʻli bilan ham, kompyuter viruslarini aniq maqsadga koʻra tarqatish, shuningdek axborot kompyuter texnologiyalari sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining faoliyatiga tezkor rahbarlik Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N.Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturini ishlab chiqsin, hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda zarur moddiy-texnikaviy bazani yaratish, uni zamonaviy kompyuter va tarmoq uskunalari, dasturiy taʼminot bilan jihozlash, shuningdek keng yoʻlli Internet tarmogʻi bilan taʼminlash koʻzda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilab beradigan ish reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatini axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar, muhandis-tahlilchilar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompyuter hodisalariga chora koʻrish xizmatining faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnikaviy taʼminlash Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga tasdiqlangan smeta doirasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-167-son