Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2004 07.03.2003 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShQIN VA SEL OQIMLARI, KOʻChKI HODISALARINING OLDINI OLISh VA ULARNING OQIBATLARINI TUGATIShGA DOIR KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 117-sonli “Toshqin suvlarini, sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil dekabrida respublikaning asosiy daryolari havzalarida yoqqan yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha yillik normadan ortiq boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi “Boshgidromet” boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra bahor-yoz oylarida koʻpgina soylarda toshqin va sel oqimlari oʻtishi, shuningdek koʻchki hodisalari kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar ogʻir oqibatlarining oldini olish, moddiy zararni va ularning oqibatlarini bartaraf etish xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Toshqin va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni taʼminlash boʻyicha ilovaga muvofiq Hukumat komissiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hukumat komissiyasi tegishli vazirliklar, idoralar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda koʻchki va sel oqimlari hodisalari oqibatlarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqsin hamda ularning tegishliligiga koʻra oʻz kuchlari va mablagʻlari hisobiga bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 10-apreligacha xavflilik darajasidan hamda xoʻjaliklar, obyektlarning Davlat geologiya qoʻmitasi hamda “Boshgidromet” boshqarmasi xizmatlari tomonidan tayyorlangan va viloyatlar hokimliklariga berilgan roʻyxatga muvofiq sel, toshqin-koʻchki zonalaridagi shaharchalar, qishloqlar va xoʻjaliklar aholisini boshqa joyga koʻchirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan olib borilgan qurilishlar, daryolarning qayirlaridan kon bilan bogʻliq boʻlmagan materiallarni ruxsatsiz qazib olish va boshqa ishlar hisobiga daryolar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlarini pasaytirish hollariga barham bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar va gidroinshootlar boʻyicha zarur himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etsin, bu ishlar uchun tegishliligiga koʻra alohida loyihalar va smetalar boʻyicha haq toʻlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel va toshqinlar roʻy beradigan davrda kecha-kunduz navbatchilik xamda suv xoʻjaligi va energetika obyektlari ishi ustidan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zonalarda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni kuzatish va ogohlantirish postlari qoʻysin, postlarni ishonchli xabardor qilish aloqa vositalari bilan jihozlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar paydo boʻladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun kecha-kunduz faoliyat koʻrsatuvchi shtablar tashkil etsinlar, shtablar ixtiyoriga zarur miqdorda avtotransport, yonilgʻi-moylash materiallari va aloqa vositalari ajratsinlar. Toshqin va sel oqimlari oʻtadigan zonalarda xavfli uchastkalarni aniqlasinlar, ularda kecha-kunduz navbatchilik tashkil etsinlar va tegishliligiga koʻra xalq xoʻjaligi obyektlarini saqlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi joriy yilning 1-apreligacha barcha suv omborlarining holatini tekshirib chiqsinlar hamda ularning ish rejimi ustidan nazorat oʻrnatsinlar. Kanallar, inshootlar, sel oʻtadigan joylar va dambalarning sel va toshqin suvlarini oʻtkazishga tayyorligi tekshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli koʻchki uchastkalari faollashuvi hamda oʻpirilishlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalarni aniqlashtirsin, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarini oʻz vaqtida ishonchli axborot bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchki jarayonlari va oʻpirilishlar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi bevosita xavf solganda hokimliklarga aholisini xavfli zonalardan doimiy va vaqtincha koʻchirish maqsadida xoʻjaliklar va obyektlar roʻyxatini bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozgi dam olish mavsumi boshlanishidan oldin bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalarni tekshirib chiqsin va zarurat boʻlganda tegishli yozma koʻrsatmalar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Boshgidromet” boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda qor zaxiralarini, sel va koʻchki xavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida togʻli va togʻoldi tumanlarini, shu jumladan, chegaradosh davlatlar hududlarini aviatsiya koʻmagida tekshirib chiqsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Boshgidromet” boshqarmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 60 mln soʻm ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli zonalar. shuningdek baland togʻlardagi yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllar ustida muntazam ravishda nazorat uchishlari olib borsin va ularning holatini tekshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-iyunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda baland togʻlardagi. yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllar, shu jumladan chegara zonalaridagi koʻllarni kuzatish uchun ishonchli aloqa va xabar berish tizimlari bilan jihozlangan va taʼminlangan vaqtinchalik postlar tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va tumanlar hokimliklariga xavfli gidrometeorologik hodisalar xavfi zonasidagi xoʻjaliklar va obyektlar, shuningdek ularni himoya qilish boʻyicha tavsiya etiladigan tadbirlar roʻyxatlarini oʻz vaqtida bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 15-mayigacha qoʻshni davlatlar hududidagi respublika uchun xavf soluvchi yorib chiqish xavfi boʻlgan koʻllar va sellarni keltirib chiqaruvchi uchastkalarni kuzatish uchun aviatsiya ishlarini olib borishga Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ruxsatnomalarini olish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Boshgidromet” boshqarmasi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishgan holda bahorgi-yozgi toshqinlar davrida sel va toshqin suvlari oʻtishi xavfi boʻlganda soylarga, sel, qor koʻchkilari sodir boʻladigan joylarga va boshqa xavfli uchastkalarga borish yoʻllarida postlar tashkil etsin, ularda odamlar, avtotransport va texnikaning xavfli zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shlagbaumlar oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi shikastlangan aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy yordam punktlarini zarur miqdorda tayyorlab qoʻysin, ularni zarur asbob-anjomlar bilan taʼminlasin. Dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralari yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzagrosugʻurta” va “Kafolat” kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qor koʻchkisi, sel va toshqin zonalaridagi imoratlar, uy-joylar, chorva mollari, fuqarolarning shaxsiy mulki, fermer va shirkat xoʻjaliklarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi obyektlarni ixtiyoriy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor koʻchkisi, sel, toshqin davrida vazirlikning shaxsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, joylarda kecha-kunduz navbatchilikni tashkil etsin, shuningdek aholini shoshilinch xabardor qilish uchun ularni ishonchli aloqa vositalari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 1-apreligacha viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kichik daryolar, soylar oʻzanlarini va koʻpriklarni tekshiruvdan oʻtkazsin, xavfli uchastkalarni aniqlasin hamda ularni mustahkamlash ishlari bajarilishini nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik va gidrometeorologik vaziyat toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish, oʻrganib chiqish va ayirboshlashni tashkil etsin. Vazirlar Mahkamasiga respublika hududida vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-martdagi 124-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni taʼminlash boʻyicha Hukumat komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻrabekov I.H. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi
Subanov B.D. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
Qalibekov I.J. —‎‎ Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri, komissiya kotibi
Komissiya aʼzolari:
Yunusov R.R. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik konserni raisi ‎
Yusupov N.S. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri
Aripov A.N. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori
Obidov Q.Gʻ. —‎‎ Andijon viloyati hokimi
Yamanqulov U.Y. —‎‎ Jizzax viloyati hokimi
Zayniyev N.Z. —‎‎ Qashqadaryo viloyati hokimi
Jabborov T.O. —‎‎ Namangan viloyati hokimi
Mirziyoyev Sh.M. —‎‎ Samarqand viloyati hokimi
Qodirov T.Oʻ. —‎‎ Surxondaryo viloyati hokimi
Mirzaqulov U.M. —‎ Toshkent viloyati hokimi
Otaboyev A.A. —‎‎ Fargʻona viloyati hokimi
Nazirov F.Gʻ. —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Ahmedov N.A. —‎ Davlat geologiya qoʻmitasi raisi
Shoismatov E.R. —‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎
Kamaxov T.K. —‎ “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi
Xolmuhamedov Oʻ.O. —‎‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori
Chub V.E. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi
Rimayuv O.J. —‎‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Sherimbetov H.S. —‎‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi
Jalolov A. A. —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Ibragimov X.S. —‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Saidov A.M. —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari
Neʼmatov I.T. —‎‎ Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari
Zinin V.I. —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari
Xudoybergenov Y.X —‎‎ “Amudaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha)
Hamidov M.X. —‎‎ “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasining boshligʻi (kelishuv boʻyicha)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Hukumat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan takdirda komissiya tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.