Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020 18.04.2008 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020
Hujjat 13.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan Davlat boji toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida ayrim muammolar vujudga kelayotganligi munosabati bilan va xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlov ekanligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) va davlat boji toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga asosan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SK 328-moddasining 2-bandiga muvofiq xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji quyidagilardan undiriladi: daʼvo arizalaridan; tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan; nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablarni bildirgan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish toʻgʻrisidagi arizalardan; yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan; xoʻjalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan berilgan, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan; hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan; xoʻjalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi va ijro varaqasini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ajrimlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat boji sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan va xoʻjalik sudlari tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab xoʻjalik sudlariga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolar, chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega fuqarolar) davlat bojini toʻlovchilardir, agar ular uni toʻlashdan ozod etilgan boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPK 112-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq, agar daʼvo baholanishi lozim boʻlsa, daʼvo arizasida daʼvoning bahosi koʻrsatilishi kerak. Daʼvo bahosining koʻrsatilishi davlat boji toʻgʻri toʻlanganligini tekshirish uchun zarur, chunki belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanmaganda, xoʻjalik sudi XPK 118-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq daʼvo arizasini qaytaradi, davlat bojini toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Nazarda tutish kerakki, pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha daʼvoning bahosi talab qilinayotgan summadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Mulk huquqini tan olish, shuningdek huquqiy munosabatning mavjud emasligini tan olish (masalan, shartnomani haqiqiy emas deb topish) toʻgʻrisidagi daʼvolar baholanmaydi. Bunday daʼvolar boʻyicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha daʼvo bahosi mol-mulkning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Biroq hisobga olish kerakki, daʼvo taqdim etilgan paytda talab qilib olinayotgan mol-mulkning bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qoida tariqasida, taxminiy xaraktyerga ega, chunki daʼvogarda mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlash majburiyati yoʻq. Sudning talab qilinayotgan mol-mulk bahosining kamaytirilishi munosabati bilan arizachi tomonidan davlat boji kam miqdorda toʻlanganligi toʻgʻrisidagi taxmini, daʼvo arizasini qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Xoʻjalik sudi talab qilinayotgan mol-mulkning bahosi kamaytirilgan deb topgan hollarda va ishni koʻrish davomida mol-mulkning haqiqiy bahosini aniqlaganda, davlat bojining yetishmayotgan qismi ishni koʻrish natijalari boʻyicha undirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. XPK 115-moddasining birinchi qismiga koʻra, daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni bitta daʼvo arizasida birlashtirishga haqli. Bunday hollarda daʼvo bahosi barcha talablarning summasiga qarab aniqlanadi. SK 337-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashgan daʼvo talablari alohida ish yuritish uchun ajratilgan taqdirda, daʼvo taqdim etilganda toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida ish yuritishga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor toʻlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. XPK 92-moddasining ikkinchi qismiga koʻra daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar daʼvo arizasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar mavjud boʻlsa, daʼvo bahosiga ushbu foizlar ham kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Bir necha daʼvogarlar tomonidan bir necha javobgarlarga nisbatan XPK 37-moddasining birinchi qismi tartibida daʼvo taqdim etilganda, davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Agar apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari berilganda sud hujjatining faqat undirish yoki undirishni rad etish qismi shikoyat qilinayotgan boʻlsa, davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati faqatgina davlat bojini undirish qismida shikoyat qilinayotgan holda, davlat boji toʻlanmaydi.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. XPK 106-moddasiga koʻra sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha toʻlanadigan (undiriladigan) davlat boji miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. SK 337-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sud dastlabki daʼvogarni uning roziligi bilan boshqa shaxs bilan almashtirganda, bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda toʻlashi kerak. Xoʻjalik sudlari nazarda tutishlari kerakki, ushbu holda dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlangan davlat boji unga qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasi daʼvogar tomonidan davlat boji toʻlanmasdan taqdim etilganda va u huquqiy voris bilan almashtirilganda, davlat boji huquqiy vorisdan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablari bilan kirish toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. SK 336-moddasining birinchi qismiga koʻra davlat boji, agar SKning XVII boʻlimida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, xoʻjalik sudiga murojaat qilingunga qadar toʻlanadi. Bunda daʼvogar daʼvo taqdim qilganda, javobgar qarshi daʼvo taqdim qilganda (XPK 120-moddasining ikkinchi qismi), daʼvo predmeti yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ariza taqdim qilganda davlat boji toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. XPK 91-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq alohida hollarda xoʻjalik sudi daʼvogarning arizasiga koʻra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib boʻlib toʻlash uchun ruxsat berishga haqli. Shuni nazarda tutish kerakki, xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganda ham davlat bojini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berish manfaatdor tarafning yozma iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi. Iltimosnoma daʼvo arizasida (arizada), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatida yoxud alohida arizada bayon etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi tomonidan daʼvo arizasi (ariza), apellatsiya va kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilingunga qadar davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada daʼvo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini berishda manfaatdor tarafning mulkiy ahvoli davlat bojini belgilangan tartibda toʻlash imkoniyatini bermasligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash asoslari keltirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma faqat obyektiv asoslar boʻlganda va taqdim etilgan hujjatlar davlat boji toʻlash uchun zarur boʻlgan miqdordagi pul mablagʻlari bank hisob raqamlarida mavjud emasligini tasdiqlagan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunday hujjatlar boʻlmaganida iltimosnomani qanoatlantirish rad qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Iltimosnomani qanoatlantirish haqida daʼvo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida daʼvo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. Ajrimda iltimosnomani qanoatlantirish yoxud uni qanoatlantirishni rad etish asoslari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilishi munosabati bilan daʼvo arizasi (ariza) va apellatsiya shikoyatini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy asoslarda shikoyat qilinishi mumkin. Bunday shikoyatlar uchun davlat boji toʻlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Agar sud majlisi kuniga qadar davlat boji toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berilgan boʻlib, taraf ushbu muddatda uning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, xoʻjalik sudi tomonidan davlat bojini tegishli tarafdan undirish masalasi hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilinganda hal etiladi. Agar xoʻjalik sudi daʼvo talablarini (shikoyatni) qanoatlantirsa, davlat boji ikkinchi tarafdan bevosita budjet daromadiga undiriladi. Daʼvo talablarini (shikoyatni) qanoatlantirish rad etilganda davlat boji uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berilgan shaxsdan budjetga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. SK 336-moddasining birinchi qismiga koʻra davlat boji naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi xizmat koʻrsatuvchi bankning belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomalari hamda pul qabul qilinganligi va davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar (asli) daʼvo arizalari (arizalar), apellatsiya va kassatsiya shikoyatlariga ilova qilinadi hamda ish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni hisobga olish kerakki, mulkiy nizo boʻyicha xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berilganda, agar daʼvo qiymati, shartnoma summasi chet el valyutasida belgilangan boʻlsa, davlat boji, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda chet el valyutasida undirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. SKning 327-moddasiga muvofiq yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi xususida vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilardir. Shundan kelib chiqib, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat boji ishda ishtirok etmayotgan shaxs tomonidan toʻlanishi mumkin emas. Agar davlat boji daʼvogar (arizachi) yoki apellatsiya yoxud kassatsiya shikoyati beruvchi shaxs oʻrniga boshqa shaxs tomonidan toʻlangan boʻlsa (korxona uchun uning rahbari yoki taʼsischisi tomonidan davlat boji toʻlangan hollar bundan mustasno), davlat boji haqiqatda toʻlanmaganligidan kelib chiqish hamda, shunday ekan, daʼvo arizasi (ariza), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati tegishincha XPK 118-moddasi birinchi qismining 5-bandi, 162-moddasi birinchi qismining 3-bandi va 180-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan qaytarilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari (arizalar) bilan murojaat qilinganda davlat boji miqdori undiriladigan summadan kelib chiqib aniqlanadi. Nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalaridan (arizalardan), bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizalardan, shartnomani tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilishdan kelib chiqadigan nizo boʻyicha davlat boji eng kam oylik ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalari (arizalar) uchun mulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha va nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalarga koʻra har bir talab boʻyicha alohida-alohida davlat boji toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalaridan (arizalardan), bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza, shartnomani tuzish, oʻzgartirish yoki bekor qilishdan kelib chiqadigan nizo boʻyicha davlat boji uni berish kunida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi ishlar boʻyicha apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganda davlat boji daʼvo arizasi (ariza) berilgan kunda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi tomonidan sud hujjatlarining dublikatlarini va ishdan boshqa hujjatlarning nusxalarini berish uchun davlat boji uni toʻlash kunida amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.1. Daʼvo arizalari soʻmlarda berilganda davlat bojining toʻlovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.2. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar daʼvo arizalarini (arizalar), apellatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berganda, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat bojini umumiy asoslarda toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan 1993-yil 24-dekabrda Ashxobod shahrida “Turli davlatlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasidagi xoʻjalik nizolarini hal etishda davlat bojlari miqdori va uni undirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Bitimni imzolagan MDH davlatlar-ishtirokchilarining birini hududida joylashgan xoʻjalik yurituvchi subyekti boshqa davlatning sudiga daʼvo bilan murojaat qilganida, davlat boji ushbu Bitimda belgilangan tartibda va stavkalarda hisoblab chiqiladi hamda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12.3. Xoʻjalik sudlariga davlat bojini toʻlashdan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish huquqi berilmagan. Davlat bojini undirish masalalarini hal qilishda xoʻjalik sudlari SK va davlat boji toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga amal qilishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat bojini qaytarish asoslari va tartibi SKning 342 moddasida va XPKning 93-moddasida nazarda tutilgan boʻlib, ularga koʻra davlat boji quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak: qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda davlat boji toʻlanganida; arizani (shikoyatni) qabul qilish rad etilganda; ariza (shikoyat) daʼvogarga qaytarilganda; agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa; agar ishda qatnashayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shuni hisobga olish kerakki, umumiy qoida boʻyicha ishni koʻrish ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa daʼvogardan undiriladi. Shu bilan birga SK 342-moddasi birinchi qismining 4, 6, 7 va 9-bandlariga muvofiq: ish sudga taalluqli boʻlmaganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda; ishda qatnashgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (pretenziya bildirish) tartibiga rioya etmaganida, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilganda; ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot tugatilgan hollarda, davlat boji qaytarilishi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik sudlari shuni nazarda tutishlari kerakki, ishni koʻrish daʼvoni (arizani) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa daʼvogardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki daʼvo (ariza) koʻrmasdan qoldirilgandan keyin daʼvo arizasi (ariza) bilan xoʻjalik sudiga qaytadan murojaat qilinganda davlat boji umumiy asoslarda yangidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari qaytarilganda ham toʻlangan davlat boji qaytariladi. Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatidan voz kechilgan va shikoyatdan voz kechish sud tomonidan qabul qilingan holda, tegishli sud instansiyasi ish yuritishni tugatadi va toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Daʼvo bahosi kamaytirilganda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neustoyka miqdori xoʻjalik sudi tomonidan asosli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga asosan kamaytirilganda, daʼvogarning davlat boji boʻyicha xarajatlari, neustoykani kamaytirmasdan undirilishi mumkin boʻlgan summadan kelib chiqqan holda javobgar tomonidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Daʼvo talablarining miqdori koʻpaytirilganda davlat boji koʻpaytirilgan daʼvo bahosiga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi arizaga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Ammo daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi arizaga bunday hujjatning ilova qilinmaganligi ushbu arizani qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda XPK 91-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda daʼvoning koʻpaygan summasiga koʻra undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. XPK 93-moddasining uchinchi qismiga koʻra davlat boji toʻlangan, lekin xoʻjalik sudiga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari boʻyicha hamda bojini toʻliq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari boʻyicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-aprelda 1560-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjeti ijrosini moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha Yoʻriqnoma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. XPK 95-moddasining birinchi qismiga koʻra davlat boji ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.1. Agar hal qiluv qarori daʼvogar foydasiga qabul qilingan boʻlsa, u holda toʻlangan davlat boji unga javobgardan undiriladi. Agar hal qiluv qarori javobgar foydasiga qabul qilingan boʻlsa, u holda toʻlangan davlat boji daʼvogarga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo qisman qanoatlantirilganda davlat boji boʻyicha sud xarajatlari xoʻjalik sudi tomonidan daʼvogarga qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda hamda javobgarga daʼvogarga daʼvo talablari rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.2. Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bitta yoki bir nechta daʼvogarlarning bir nechta javobgarlarga taqdim etilgan daʼvo (toʻliq yoki qisman) qanoatlantirilganda, xoʻjalik sudining hal qiluv qarori boʻyicha undirilgan summadan kelib chiqqan holda davlat bojini undirish har bir javobgardan alohida amalga oshiriladi. Agar bunday daʼvo bir nechta daʼvogarlar tomonidan bitta javobgarga taqdim etilgan boʻlsa, davlat boji umumiy undirilgan summaga qarab javobgardan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.3. XPK 95-moddasining uchinchi qismida agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida kelib chiqqan boʻlsa, xoʻjalik sudi ishning natijasidan qatʼi nazar, davlat boji boʻyicha sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqliligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilanmagan boʻlsa, daʼvo taqdim etilgandan keyin daʼvo talablari javobgar tomonidan ixtiyoriy qanoatlantirilganda xoʻjalik sudi XPK 95-moddasining birinchi qismidan kelib chiqib davlat boji boʻyicha xarajatlarni tegishli tarafga yuklash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.4. Xoʻjalik sudiga murojaat etilgandan keyin javobgar tomonidan daʼvogarning talabi ixtiyoriy qanoatlantirilganda, davlat boji javobgarga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. XPK 138-moddasining toʻqqizinchi qismiga muvofiq hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida davlat boji boʻyicha sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi haqida koʻrsatiladi. Ushbu qoida ishni koʻrish ish yuritishni tugatish va daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlangan hollarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni apellatsiya, kassatsiya instansiyalari sudlarida yoki nazorat tartibida koʻrishda sud hujjatlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan holda, xoʻjalik sudi qarorda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan oldindan toʻlangan davlat boji boʻyicha xarajatlarni hisobga olib qayta taqsimlash masalasini koʻrib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan xoʻjalik sudi instansiyasiga yuborilganda, davlat boji boʻyicha sud xarajatlarini taqsimlash masalasi ishni yangidan koʻrayotgan xoʻjalik sudi tomonidan toʻlangan davlat boji va daʼvo talablarining qanoatlantirilgan miqdori hisobga olingan holda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Daʼvogar davlat bojini toʻlashdan belgilangan tartibda ozod etilgan boʻlib, javobgar davlat boji toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa, davlat boji javobgardan budjet foydasiga qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi. Agar ikkala taraf ozod etilgan boʻlsa, unda davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelishuv bitimi tuzgan boʻlib, unda qonun hujjatlariga xilof boʻlmagan yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmaydigan davlat boji boʻyicha sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart mavjud boʻlsa, xoʻjalik sudi davlat bojini ushbu kelishuvga muvofiq taqsimlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimida davlat boji boʻyicha sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart boʻlmasa, xoʻjalik sudi ushbu masalani XPKda belgilangan umumiy tartibda kelishuv bitimini tasdiqlash paytida hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Daʼvo arizasi (ariza) berilganda xoʻjalik sudlarida davlat bojini toʻlashdan davlat organlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek SKning 330-moddasida nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish kerakki, davlat boji toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari xoʻjalik sudlariga sud hujjatlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilganda ham ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar. Ushbu qoida ular sud protsessida javobgarlar sifatida ishtirok etgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilish asoslari SKning 330-moddasi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, davlat bojini toʻlashdan ozod qilish deganda toʻliq ozod qilish yoxud xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi (ariza) berganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudga murojaat qilishda belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar. Bunda kichik biznes subyektlarining maqomi daʼvo arizasiga ilova qilinadigan statistika organining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xoʻjalik sudiga murojaat qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlangan boʻlib daʼvo talablari qanoatlantirilganda ishni koʻrish natijasi boʻyicha javobgardan undiriladigan davlat bojining miqdori daʼvogar tomonidan toʻlab chiqilgan summa bilan chegaralanadi. Daʼvo rad etilgan holda, davlat boji daʼvogardan qoʻshimcha ravishda undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ishlar boʻyicha apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari uchun birinchi instansiya sudiga toʻlangan (undirilgan) davlat bojining 50 foizi miqdorida boj toʻlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26.2. Tadbirkorlik subyektlarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi SK 330-moddasining 3-bandida nazarda tutilganligi ham ushbu shaxslarning daʼvo arizasini (arizani) berishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining gʻayri-qonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat bilan murojaat qilganda ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 13-moddasining birinchi qismiga va SK 330-moddasining 6-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari davlat boji toʻlamasdan sudga Palata aʼzolari manfaatlarini koʻzlab daʼvo taqdim etish, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish huquqiga ega, bunda ushbu huquqlar u tomonidan tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga oʻtkazilishi mumkin emas.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. SK 330-moddasining 21-bandiga koʻra xoʻjalik sudlarida daʼvogarlar va javobgarlar sifatida qatnashayotgan davlat soliq xizmati organlari, moliya hamda bojxona organlari, shuningdek xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Ammo, shuni nazarda tutish kerakki, davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan javobgarga berilgan daʼvo talablari qanoatlantirilganda, daʼvogarga davlat boji boʻyicha qilingan xarajatlari qoplanadi. Shu munosabat bilan xoʻjalik sudi javobgar — davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan davlat organidan davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni daʼvogar foydasiga undirish boʻyicha choralarni koʻradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar qonun boʻyicha xoʻjalik sudiga davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek yuridik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning manfaatlarida prokuror, davlat va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvo rad etilganda (ish yuritish tugatilganda, daʼvo koʻrmasdan qoldirilganda), manfaatlari himoya qilinib daʼvo berilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan davlat organi va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda davlat boji undirilmaydi. Daʼvo arizasini (ariza) berishda tegishli qonun hujjati bilan davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan davlat organi va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda esa davlat boji daʼvogardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son