Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Qarori
Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asoslanib, quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPKning) 205-moddasi 1-qismiga binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vorislari (XPKning 39-moddasi), shuningdek xoʻjalik sudi tomonidan sud jarimasi undirilgan shaxslar ham (XPKning 56, 77, 218-moddalari) shunday huquqqa egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda yangi ochilgan holatlar boʻyicha ariza bilan chiqishga haqli emaslar, bu holatda ular shu sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi shikoyatlarni keltirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudlari oʻz tashabbuslari bilan oʻzlari qabul qilgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishlari mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish masalasini hal etishda xoʻjalik sudlarining birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari XPKning 204-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan bunday qayta koʻrish asoslarining roʻyxati qatʼiy ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim.
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu XPKning 204-moddasi 2-qismi 1-bandi mazmuniga zid boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, ishni kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish mumkin emas. Bunday hollarda xoʻjalik sudi koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni rad etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun emas, balki yangi daʼvo bilan murojaat etish uchun asos boʻlishi mumkin.
5. Xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlayotgan holatlar jiddiy boʻlishi, yaʼni sud hujjatini qabul qilishda xoʻjalik sudi xulosasiga taʼsir koʻrsatadigan darajada boʻlishi lozim. Bu holat xoʻjalik sudi tomonidan avvalda tekshirish predmeti boʻlgan faktga nisbatan yangi dalillar emas, balki aynan yuridik faktlarning oʻzi boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan ishni koʻrib chiqishda tekshirish predmeti boʻlmagan hamda mavjudligi arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb eʼtirof etilishi mumkin. Agar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim, chunki XPKning 55-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak (tortishuv prinsipi).
Keyingi tahrirga qarang.
6. XPKning 204-moddasi 2-qismi 2 va 3-bandlariga binoan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoxud ular vakillarining yoki sudyalarning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolgʻon guvohlik berishi, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berishi va tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi (ular ishtirokida koʻrilgan boshqa ishlarda emas) aynan ushbu ishni koʻrishda sodir etilgan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ushbu bandlarda koʻrsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Ushbu bandlarda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning imkoni boʻlmagan taqdirda, xususan avf eʼlon qilish, vafot etganlik, javobgarlik uchun daʼvo muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan xoʻjalik sudining sud hujjati kassatsiya yoki nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xoʻjalik sudi hujjatini sudning boshqa ish boʻyicha hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organ qarorining bekor boʻlishi oqibatida yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish mumkin (XPKning 204-moddasi 2-qismi, 4 bandi), basharti, agar bekor qilingan sud hujjatlari xoʻjalik sudining qayta koʻrib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizaning XPKning 205-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan asoslarga binoan qaytarilishi tegishli xoʻjalik sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi.
Arizani qaytarish haqidagi xoʻjalik sudi sudyasining ajrimi ustidan umumiy tartibda ariza berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qabul qilishda shuni nazarda tutish kerakki, arizada yangi ochilgan holatlarning mavjudligini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlishi lozim. Arizaga zaruriy boʻlgan dalillar, xususan, koʻrsatilgan holatlar sanasini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bunday holatlarning aniqlanganlik kuni boʻlib, shu holatlarning arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar hukm, sudning hal qiluv qarori, boshqa organning qarori bilan bogʻliq boʻlsa, unda yangi ochilgan holat sud hujjatlarini qabul qilish uchun asos boʻlgan holatga mazmunan qarama-qarshi hujjatlarning qonuniy kuchga kirgan kuni yoki hukm, hal qiluv qarori va qarorning qonuniy kuchga kirganligi arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun shu holat aniqlangan kun hisoblanadi.
11. Sudlar shuni alohida eʼtiborga olishlari lozimki, XPKning 206-moddasi 1-qismiga koʻra sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan qayta koʻriladi.
Birinchi instansiya sudining sud hujjatlari, agar apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida oʻzgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan boʻlsa, faqat shu sud instansiyasi qayta koʻrib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjatlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarining qarorlari, ajrimlari XPKning 206-moddasi 2-qismiga binoan sud hujjatini oʻzgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xoʻjalik sudlari sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha arizani koʻrib chiquvchi xoʻjalik sudining tarkibini aniqlashda XPKning 15-moddasiga binoan ish yuritish lozimligini koʻzda tutishlari kerak. Mazkur moddaning 1-qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi ishni kollegial tarkibda koʻrib chiqqan boʻlsa, qayta koʻrish ham kollegial ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatini bekor qilib, ishni xoʻjalik sudi majlisida koʻrishda XPKning 19-moddasi 2-qismida koʻzda tutilgan sudyaning bir instansiyada va boshqa instansiyada takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaslik talabi ushbu ishni koʻrib chiqqan sudyaning shu ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilmasligini nazarda tutish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. XPKning 207-moddasiga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani xoʻjalik sudi ariza tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda oʻz majlisida koʻrib chiqadi. Arizachi va ishning boshqa ishtirokchilari majlis vaqti va joyi haqida topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilinadi. Ularning kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPKning 208-moddasiga binoan xoʻjalik sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi va shu bois u qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan umumiy tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalariga shikoyat berilishi mumkin. Oliy xoʻjalik sudi tomonidan qabul qilingan arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi va unga nisbatan XPKning 203-moddasiga muvofiq protest keltirilishi va nazorat tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPKning 208-moddasi 3-qismiga muvofiq holda shuni nazarda tutish lozimki, sud hujjati bekor qilingan taqdirda XPK talablariga koʻra ish shu sud hujjatini bekor qilgan xoʻjalik sudi instansiyasida koʻriladi. Bu holatda ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda XPKning tegishlicha birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qoʻllaniladi.
Yangi ochilgan holat boʻyicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, xoʻjalik sudi, imkoniyat mavjud boʻlganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qatʼiy taʼminlagan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan soʻng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan koʻrib chiqishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ish kassatsiya yoki nazorat instansiyalari yurituvida boʻlgan vaqtda yangi ochilgan holat boʻyicha ishni qayta koʻrib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu instansiyalar arizalarni koʻrib chiqishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish natijalari olingunga qadar toʻxtatib turadilar va ishni sud hujjatini qayta koʻrish haqida ariza tushgan xoʻjalik sudiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Amaldagi qonunchilikka binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqidagi ariza, shuningdek arizani qaytarish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan shikoyatlarga davlat boji toʻlanmaydi, pochta xarajatlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
111-son