Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2000-YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA RESPUBLIKANING MAGISTRAL AVTOMOBIL YOʻLLARIDA AVTOSERVIS INFRASTRUKTURASINI RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoʻl harakati qatnashchilariga xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash va respublikaning magistral avtomobil yoʻllarida avtoservisning zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan kompleks infrastrukturasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllarini rivojlantirish Bosh sxemasiga muvofiq “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2000-yilgacha boʻlgan davrda respublikaning magistral avtomobil yoʻllarida avtoservis infrastrukturasini rivojlantirish dasturi 1-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari avtoservis kompleks punktlari qurilishining buyurtmachilari etib belgilansin.
“Oʻzavtosanoat” uyushmasiga “Oʻzavtosanoatservis” kompaniyasini tashkil etish, unga avtoservis kompleks punktlarini qurish boʻyicha buyurtmachi va undan foydalanish funksiyasini yuklash tavsiya qilinsin.
3. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi avtoservis kompleks punktlarini 1-ilovaga muvofiq oʻz vaqtida foydalanishga topshirishni taʼminlash maqsadida:
bir oy muddatda “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasini jalb qilgan holda 1997-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu komplekslar qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsinlar;
uch oy muddatda respublika mashinasozlik korxonalari quvvatlaridan eng koʻp darajada foydalanishni hisobga olgan holda avtoservis kompleks punktlari uchun texnologik asbob-uskunalar olish masalasini ishlab chiqsinlar.
4. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bir oy muddatda avtoservis kompleks punkti namunaviy loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tender oʻtkazsin.
Tender natijalari boʻyicha avtoservis kompleks punktlarini loyihalash boʻyicha bosh loyihalovchi belgilansin.
5. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlari tayyor boʻlgunga qadar kompleks punktlar qurilishini ishchi chizmalar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, avtoservis kompleks punktlari qurilishi, 1998-yildan boshlab, asosan tender asosida amalga oshirilishi kerak.
6. “Asaka” banki va boshqa tijorat banklari avtoservis kompleks punktlari qurilishi texnik-iqtisodiy asoslanishini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ularni loyihalash va qurish uchun belgilangan tartibda kredit bilan taʼminlasinlar. Shu maqsadlarda buyurtmachilar banklar bilan birgalikda keyinchalik birgalikda foydalanish shartlarida xorijiy investitsiyalarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etishni hisobga olgan holda mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasinlar.
7. “Oʻzavtoyoʻl” konserni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda magistral avtomobil yoʻllari zonasida xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari bilan birgalikda yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
8. Biznes-fond va “Madad” agentligi avtoservis kompleks punktlari va boshqa punktlari qurilishi (rekonstruksiyasi) yuzasidan buyurtmachilarni Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda va tartibda zarur asbob-uskunalar va kreditlar bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
mazkur qarorda nazarda tutilgan avtoservis kompleks punktlari va boshqa punktlari qurilishi uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar;
avtoservis kompleks punktlari qurilishida va birinchi navbatda, qoʻyilgan mablagʻlarni keyinchalik kompleks punktning ustav fondiga ulush sifatida rasmiylashtirgan holda, maydondan tashqari muhandislik kommunikatsiyalari qurilishida ulushli qatnashsinlar;
joylardagi kredit muassasalari bilan birgalikda xususiylashtirilgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari bazasida mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq avtoservis punktlari tashkil etish uchun ularning egalariga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
10. Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtoservis kompleks punktlarini qurish huquqini berishga pudrat savdolari tashkil etilishi va oʻtkazilishida yordam koʻrsatsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-dekabr,
450-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-dekabrdagi 450-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
1997-2000-yillarda avtoservis kompleks punktlari qurilishi yuzasidan
TOPShIRIQ
| Avtoservis komplekslarining nomi va ularning joylashishi | Ishga tushirish muddati, yil | Amaldagi narxlarda umumiy qiymati (mln. soʻm) | Buyurtmachi | Mablagʻ bilan taʼminlash manbai | Bosh pudratchi |
| 1997-yil | |||||
| Andijon viloyati | | | | | |
| A-373 va 4R137 yoʻllarining Xoʻjaobod shahriga kirishdagi kesishgan joyida | 1997 | 157 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| Buxoro viloyati | | | | | |
| A-380 Buxoro shahar boʻlajak halqa yoʻlining 545-kilometridagi M37 va A-380 yoʻllari kesishgan joyda | 1997 | 127,5 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzbekturqurilish” |
| Jizzax viloyati | | | | | |
| Katta Oʻzbekiston trakti va M39 yoʻllari kesishgan joyda, Toshkent-Samarqand, Jizzax-Fargʻona yoʻllari ajralishida | 1997 | 142 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | |
| A-380 va A-378 yoʻllarining Qarshi shahri yaqinida kesishgan joyida | 1997 | 142 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish |
| Navoiy viloyati | | | | | |
| M37 yoʻlida “Sardoba” yodgorligi yaqinida | 1997 | 112,2 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | Navoiy qurilish boshqarmasi |
| Namangan viloyati | | | | | |
| Pungan shaharchasi yaqinida 4R122 va A-373 yoʻllarining kesishgan joyida | 1997 | 157 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| Samarqand viloyati | | | | | |
| 4R45 va M39 yoʻllarining Samarqand shahriga kirishdagi kesishgan joyida | 1997 | 127,5 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzbekturqurilish” |
| Sirdaryo viloyati | | | | | |
| M39 yoʻlidagi “Rohat” kafesi hamda Sirdaryo daryosi koʻprigi yonida | 1997 | 157 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| M34 va 4R29 yoʻllarining Guliston shahriga kirishdagi kesishgan joyida | 1997 | 137 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Surxondaryo viloyati | | | | | |
| 4R102 va M39 yoʻllari kesishgan joyda | 1997 | 153 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzsuvqurilish” |
| Toshkent viloyati | | | | | |
| M39 avtoyoʻlida Dendropark qarshisida | 1997 | 142 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| M39 avtoyoʻlida Zangiota tumanida | 1997 | 114,2 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzbekturqurilish” |
| Toshkent-Oʻsh (A-373 va 4R2) yoʻli kesishgan joyda Olmaliq-Angren yoʻllari ajralishida | 1997 | 142 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| Fargʻona viloyati | | | | | |
| 4R 127 va A-373 yoʻllarining Ezyovon tumanidagi kesishgan joyida | 1997 | 170,3 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzdehqonchilikqurilish” |
| Xorazm viloyati | | | | | |
| A-380 va 4R173 yoʻllari kesishgan joyda Buxoro -Nukus yoʻlining 280-kilometrida | 1997 | 127,5 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | “Oʻzsuvqurilish” |
| 1998-yil | |||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | | | | |
| Xoʻjayli shahriga kirishda, 4R173 Nukus- Qoʻngʻirot-Moʻynoq avtoyoʻlining 24-kilometrida | 1998 | 65 | “Oʻzavtotrans” Vazirlar Kengashi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzavtotrans” |
| Andijon viloyati | | | | | |
| 4R131 va 4R132 yoʻllari kesishgan joyda, Kuyganyor shaharchasi | 1998 | 172,7 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Jizzax viloyati | | | | | |
| M39 avtoyoʻlida, Samarqand darvozasi (Temur darvozasi) | 1998 | 160 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | |
| Shahrisabz shahriga kirishda M39 avtoyoʻlining 1165-kilometrida | 1998 | 80 | “Oʻzavtotrans” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzavtotrans” |
| Namangan viloyati | | | | | |
| 4RP2 va 4R121 yoʻllarining Chust shahriga kirishda kesishgan joyida | 1998 | 156,2 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Samarqand viloyati | | | | | |
| M37 yoʻlida, Qattaqoʻrgʻon shahri | 1998 | 117,3 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzbekturqurilish” |
| Toshkent viloyati | | | | | |
| 4R10 va 4R12 yoʻllarining Chorvoq shahriga kirishda kesishgan joyida | 1998 | 172,7 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| 1999-yil | |||||
| Buxoro viloyati | | | | | |
| M37 yoʻlining Buxo�o-Chorjoʻy yoʻnalishida, Qorakoʻl shahri | 1999 | 127,5 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Jizzax viloyati | | | | | |
| 4R49 va 4R34 yoʻllarining Zomin shahriga kirishda kesishgan joyida | 1999 | 163,3 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | |
| 4R89 yoʻlida, Tolimarjon shahri, Turkmaniston bilan chegarada | 1999 | 137,7 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Surxondaryo viloyati | | | | | |
| M41, 4RYu6 va 4Q587 yoʻllarining Denov shahriga kirishda kesishgan joyida | 1999 | 153 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Toshkent viloyati | | | | | |
| 4R20 va 4R25 yoʻllarining Boʻka shahridan chiqishda kesishgan joyida | 1999 | 163,3 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Fargʻona viloyati | | | | | |
| 4R144 yoʻlida, Fargʻona shahridan chiqishda | 1999 | 180,6 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Xorazm viloyati | | | | | |
| Urganch-Xiva avtomagistralida, Xiva shahriga kirishda | 1999 | 80 | “Oʻzavtotrans” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzavtotrans” |
| 2000-yil | |||||
| Qoraqalpogʻiston respublikasi | | | | | |
| 4R173 va 4R189 yoʻllarining Qoʻngʻirot shahridan chiqishda kesishgan joyida | 2000 | 178,5 | “Oʻzdavneftmahsulot” Vazirlar Kengashi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Qashqadaryo viloyati | | | | | |
| M39 yoʻlida Taxtaqaracha dovoni ortida 1148-kilometrda, mavjud texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi yonida | 2000 | 137,7 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Navoiy viloyati | | | | | |
| A-379 va 4R57 yoʻllarining Zarafshon shahridan chiqishda kesishgan joyida, A-379 yoʻlining 217-kilometrida | 2000 | 141 | “Oʻzdavneftmahsulot” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Namangan viloyati | | | | | |
| 4R111 yoʻlida Namangan shahriga kirishda | 2000 | 140 | “Oʻzavtotrans” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | “Oʻzavtotrans” |
| Samarqand viloyati | | | | | |
| M37 va 4R49 yoʻllari kesishgan joyda | 2000 | 127,5 | “Oʻzbekturizm” Viloyat hokimligi | oʻz mablagʻlari | tender boʻyicha |
| Toshkent viloyati | | | | | |
| A-376, 4R26 yoʻllarining Bekobod shahriga kirishda kesishgan joyida | 2000 | 170,4 | “Oʻzavtosanoat” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Xorazm viloyati | | | | | |
| 4R158 va 4R165 yoʻllarining Urganch shahridan chiqishda kesishgan joyida | 2000 | 127.5 | “Oʻzbskturizm” Viloyat hokimligi | bank krediti | tender boʻyicha |
| Kapital qoʻyilmalar hammasi | | 5060,1 | | | |
| shu jumladan: | | | | | |
| — oʻz mablagʻlari hisobidan | | 1091,2 | | | |
| — bank kreditlari hisobidan | | 3968,9 | | | |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-dekabrdagi 450-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Oʻzbekturizm” kompaniyasi buyurtmasi boʻyicha avtoservis obyektlari majmuiga ega boʻlgan turistik obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish
TOPShIRIGʻI
| T/r | Obyektlarning nomi | Boshlanish va tugallanish yili | Quvvati |
| 1. | Jizzaxdagi “Sangzor” kempingini rekonstruksiya qilish | 1997 | 135 oʻrinli |
| 2. | Shahrisabz shahridagi “Shahrisabz” mehmonxonasi yonida texnik xizmat koʻrsatish punkti qurilishi | 1996-1997 | 10 ta avtomobilga |
| 3. | Buxoro viloyatining “Svetushiy” shaharchasida avtomobil toʻxtash joyi, texnik xizmat koʻrsatish punkti boʻlgan avtokemping qurilishi | 1997-1998 | 40 oʻrinli |
| 4. | “Urganch” turbazasini avtomobil toʻxtash joyi, avtoyonilgʻi quyish va texnik xizmat koʻrsatish punktiga ega boʻlgan avtokemping etib rekonstruksiya qilish | 1996-1997 | 60 oʻrinli |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-dekabrdagi 450-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xususiylashtirilgan avtoyonilgʻi quyish shoxobchalari negizida avtoservis punktlarini tashkil etish boʻyicha
TOPShIRIQ
| | | | | surat — soni | |
| | | | | maxraj — amaldagi narxlarda | |
| | | | | umumiy qiymati | |
| | | | | |
(mln. soʻm) |
| | 1997—2000-yillarda hammasi | Shu jumladan | |||
| 1997-yilda | 1998 yilda | 1999-yilda | 2000-yilda | ||
| Respublika boʻyicha hammasi: | 146 149.7 |
16 15.5 |
38 39.4 |
48 49.8 |
44 45 |
| shu jumladan: | | | | | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi | 24 26.5 |
2 2.2 |
6 6.5 |
9 10 |
4 7.8 |
| hokimliklar: | | | | | |
| Andijon | 8 7.6 |
2 1.9 |
2 1.9 |
2 1.9 |
2 1.9 |
| Buxoro | 8 8 |
1 1 |
2 2 |
3 3 |
2 2 |
| Jizzax | 8 8.9 |
1 1.1 |
2 2.2 |
2 2.3 |
3 3.3 |
| Qashqadaryo | 12 13.4 |
1 1 |
3 3.4 |
4 4.5 |
4 4.5 |
| Navoiy | 2 2.2 |
— | 1 1.1 |
1 1.1 |
— |
| Namangan | 9 8.3 |
1 0.9 |
2 1.9 |
3 2.7 |
3 2.8 |
| Samarqand | 17 17.2 |
2 2 |
5 5 |
5 5.1 |
5 5.1 |
| Surxandaryo | 9 10.1 |
1 1.1 |
2 2.3 |
3 3.3 |
3 3.4 |
| Sirdaryo | 1 1.1 |
— | 1 1.1 |
— | — |
| Toshkent | 11 10.1 |
1 0.9 |
2 1.9 |
4 3.6 |
4 3.7 |
| Fargʻona | 24 21.2 |
2 0.9 |
6 5.6 |
8 7.2 |
8 7.5 |
| Xorazm | 10 10 |
1 1 |
3 3 |
3 3 |
3 3 |
| Toshkent shahri | 3 4.7 |
1 1.5 |
1 1.5 |
1 1.7 |
— |