Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 03.06.1993 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjat 28.11.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHSULOTLAR, TOVARLAR ETKAZIB BERIShDA KAMOMAD ChIQIShI BILAN BOGʻLIQ NIZOLARNI HAL ETISh AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 176-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Plenumi mahsulotlar, tovarlar yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sud amaliyotining bir xilda boʻlishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar (tovarlar) kamomadi boʻyicha xoʻjalik nizolarini hal etishda xoʻjalik sudlari quyidagilarga amal qilishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahsulotlar, (tovarlar) yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda xoʻjalik sudlari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va mahsulotlar, tovarlar yetkazib berish hamda ularni qabul qilish qoidalarini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori har bir ishni sud majlisiga puxta tayyorlash, kamomad paydo boʻlishining sabablari va joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan hamma dalillarni taraflardan taqdim etilishini, sud majlisida nizolashayotgan taraflarning rahbarlarini yoki ular tomonidan vakil qilingan, mahsulotni yuklab joʻnatish, transportda tashish va qabul qilib olish masalalaridan xabardor boʻlgan, masʼul vakillarning ishtirokini taʼminlash lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda sudlar mahsulotlar, (tovarlar)ni yuklab joʻnatish va qabul qilishda qatnashgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilish yoki ularni xoʻjalik sudi majlisiga chaqirish huquqiga ega. Bunday tushuntirishlar sudlar tomonidan ish boʻyicha boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish boʻyicha mavjud dalillarga baho berishda quyidagilarga alohida eʼtibor berilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) joʻnatuvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan yuklarni tashish qoidalarida nazarda tutilgan yuklab joʻnatilayotgan mahsulotlar, (tovarlar)ning butligini taʼminlovchi talablarga rioya qilinishi, transport hujjatlarida tovarning nuqsonlari haqidagi belgilar borligi, transport yuk xatlari va ilova qilingan hujjatlar, tafsilotli roʻyxatlar, fakturalar, yorliqlar va boshqalar, toʻgʻri toʻldirilganligi hamda ularning standartlar, texnik shartlarga muvofiqligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yukni transport organlariga topshirishda yukning ogʻirligi joʻnatuvchi yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanishi usuliga; yuk kimning tarozisi va tamgʻasi, transport organi yoki joʻnatuvchining bilan joʻnatilganligi hamda vagonlar, konteynerlar va boshqa tashish vositalari kimning tamgʻasi bilan kelganligi, yuk qanday tashish vositalarida tamgʻalangan yoki tamgʻalanmaganligi tashilganligi hamda yukni joʻnatuvchi yoki oluvchining kuzatuvchisi kuzatib kelgan-kelmaganligiga; transport hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yukni yoʻlda qayta yuklash yoki tushirib, boshqa transportga ortishda yuklarni tashish qoidalariga rioya qilinishi, yukning yoʻlda boʻlish vaqti va uning kelish sanasi, yuk qachon va qayerda, transport vositasidanmi yoki transport organining omboridanmi oluvchiga berilganligi, transport organi tomonidan yukning ogʻirligi, oʻrinlar soni tekshirib koʻrilib berilganligi yoki tekshirilmaganligiga. Zarurat boʻlganda tijorat dalolatnomasi tuzilgan-tuzilmaganligi, dalolatnomada barcha zarur maʼlumotlarning borligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuk transport organi tomonidan ogʻirligi, oʻrinlar soni tekshirilmasdan berilgan boʻlsa, unday holda yuk xatida tegishli transport ustavlari va kodekslarda nazarda tutilgan belgilar bor-yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushuntirilsinki, standartlar, texnik shartlar yoki boshqa majburiy qoidalar bilan mahsulotlar (tovarlar)ni miqdori boʻyicha qabul qilib olishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa, Ishlab chiqarish-texnika maqsadidagi mahsulotlarni va xalq isteʼmoli mollarini miqdori boʻyicha qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (P-6) da nazarda tutilgan qabul qilish tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahsulot tovarning ushbu turi uchun eslatib oʻtilgan yoʻriqnomadagidan boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, oluvchilar mahsulotlar (tovarlar)ni miqdori boʻyicha qabul qilib olishni standartlar, texnik shartlar yoki tomonlar uchun majburiyat boʻlgan boshqa qoidalarga muvofiq amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar shartnomada mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berishda ularning saqlanishini taʼminlashga qaratilgan miqdori boʻyicha qabul qilishning qoʻshimcha shartlarini nazarda tutishlari mumkin. Bu shartlar boʻyicha kelishmovchiliklar umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Standart ogʻirlikda oʻralgan yorma, un, qand-shakar va boshqa tovarlarni pirovard oluvchi yetarlicha asoslar mavjud boʻlgan taqdirda Yoʻriqnoma (P-6)da belgilangan muddatlarda, oʻrov markirovkasida koʻrsatilgan ogʻirlikning haqiqiy ogʻirlikka muvofiqligini tekshirib koʻrishga haqlidir. Bunday tekshirish faqat joʻnatuvchi yetkazib beruvchi, tayyorlovchining vakili, sifat boʻyicha tegishli inspeksiya inspektori yoki tovar ekspertizasi byurosi eksperti, “Oʻzdavstandart” organining vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Xaridorlar oluvchilarning standart ogʻirlik bilan oʻralgan yetishmovchi yorma, un, qand-shakar va boshqa tovarlar qiymatini undirish toʻgʻrisidagi joʻnatuvchilar yetkazib beruvchilarga nisbatan daʼvolari, bu daʼvolarni asoslash uchun oluvchining jamoat vakili yoxud boshqa korxona, muassasa yoki tashkilotning vakili ishtirokida tuzilgan dalolatnoma taqdim etilganda, qondirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Joʻnatuvchilar yetkazib beruvchilar kamomadda oʻz ayblari yoʻqligini asoslash uchun xoʻjalik sudiga mahsulotlar (tovarlar)ni yuklab joʻnatishda jamoat va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirokida tuzilgan nazorat yoki komission yuklab joʻnatish dalolatnomalarini taqdim etgan hollarda sudlar nizolarni koʻrib chiqishda ularni ish boʻyicha taqdim etilgan boshqa dalillar bilan birgalikda baholashlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustaviga muvofiq yuk oluvchining talabiga koʻra temir yoʻl yuk xatining “6” ustunida yukni berish tartibi toʻgʻrisida belgi qoʻyilishi shart. Yuk xatida yuk transport organidan qanday holatda olinganligi toʻgʻrisida belgi boʻlmagan xollar bilan bogʻliq nizolarni hal etishda kamomad uchun javobgarlikni joʻnatuvchi yetkazib beruvchiga yuklashga asos yoʻq, chunki kamomad yukning tashish paytida talab darajasida saqlanmaganligi oqibatida yuz berishi mumkin. Oluvchi tomonidan shikastlanmagan tara ichida kamomad aniqlangan hollargina bundan mustasno boʻlishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yukning kamomadi quyidagi hollarda tijorat dalolatnomalari bilan tasdiqlanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) transport organlari transportda amal qiluvchi qoidalarga muvofiq yukni oluvchiga ogʻirlikni, oʻrinlar sonini va ularning holatini tekshirib bergan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yukni berish vaqtida tijorat dalolatnomasi berish uchun asos boʻluvchi holatlar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar transport organi amaldagi qoidalarni buzgan holda yukning ogʻirligini, oʻrinlar sonini va uning holatini tekshirmagan holda bersa yoki tijorat dalolatnomasini bermasa, yukni oluvchi bunday rad etish ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, mahsulotlar (tovarlar)ni qabul qilib olishni esa Ishlab chiqarish-texnik maqsadlardagi mahsulotlarni va xalq isteʼmol mollarini miqdori boʻyicha qabul qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshirishi lozim. Bunday holda oluvchi sudga transport organining notoʻgʻri xatti-harakatini isbotlovchi dalillar va qayd etib oʻtilgan Yoʻriqnomaga muvofiq tuzilgan miqdor boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasini taqdim etish kerak. Tijorat dalolatnomasi tuzilgan sana yuk berilgan sanaga muvofiq kelmagan hollarda, u haqiqatda berilgan sanani aniqlash uchun vagonlarni berish va tozalash vedomostlarini, qabul qilib oluvchi va topshiruvchining qaydnomasini, yukni tortish daftaridan koʻchirmani hamda temir yoʻlda tuzilgan boshqa boshlangʻich hujjatlarni soʻrab olish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat dalolatnomalari va saqlanmagan yuk tashishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar kamomad uchun transport organiga ham, yukni joʻnatuvchiga va yukni oluvchiga ham moddiy javobgarlik yuklash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Tijorat dalolatnomasida yoki saqlanmagan yuk tashishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomada mahsulotlar tovarlar kamomadining miqdori aniq belgilangan hollarda, sudlar daʼvoni faqat yukni qabul qilib oluvchi tomonidan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va xalq isteʼmol mollarining miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasi tuzilmaganligi sababligina rad etishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuqorida aytib oʻtilgan Yoʻriqnomada natijalari butun turkum partiyaga taalluqli boʻladigan mahsulotlar tovarlarni oralatib qisman tekshirish shartnomada belgilab qoʻyilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Shartnoma tuzish paytida bunday tekshirishning xususiyatini belgilash toʻgʻrisida paydo boʻladigan nizolar xoʻjalik sudlari tomonidan hal etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu nizolarni hal etishda sudlar tekshirilishi kerak boʻlgan miqdorni shunday hajmda belgilashlari kerakki, toki u butun turkumdagi mahsulotlar, (tovarlar) kamomadi toʻgʻrisida asosli xulosa chiqarish imkonini bersin. Xaridor oluvchining olingan mahsulotlar, (tovarlar) miqdorini oralatib qisman tekshirishni amalga oshirish huquqini shartnomada belgilash uchun yetarli asos mavjud boʻlmagan taqdirda shartnomaga bunday shartlarni kiritish haqidagi talabga rad javobi berilishi kerak. Zarurat boʻlganda xoʻjalik sudi vakolatli organlardan xulosa olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar,(tovarlar)ni miqdori boʻyicha qabul qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq oluvchining moddiy javobgar va ularga boʻysunuvchi shaxslari, shuningdek, moddiy boyliklarni hisobga olish, saqlash, qabul qilib olish va berish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar oluvchi korxonaning jamoatchilik vakillari sifatida belgilanmasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilib olishda qatnashish uchun oluvchi korxona tomonidan ajratilgan jamoat vakili moddiy javobgar shaxs yoki moddiy boyliklarni hisobga olish, saqlash yoki berish bilan bogʻliq boʻlgan shaxs ekanligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan yoki kelishmovchiliklar yuz bergan taqdirda xoʻjalik sudi bu vakilning lavozimi yoʻriqnomalarini soʻrab olishi va mana shu materiallarni hisobga olgan holda qaror qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oluvchi korxonaning jamoatchilik vakili yoki boshqa korxonaning vakili ushbu oluvchi korxonada mahsulotlar (tovarlar)ni qabul qilib olishda bir oyda koʻpi bilan ikki marta qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻz nizomlariga muvofiq boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati ustidan nazorat funksiyasini amalga oshirayotgan muassasa yoki tashkilotlar oʻz xodimlarini oʻz nazorati ostidagi xoʻjalik organlariga kelayotgan mahsulotlar, (tovarlar)ni miqdori boʻyicha qabul qilishda qatnashish uchun boshqa korxona, muassasa, tashkilotning vakillari sifatida ajratmasliklari kerak. Nazorat ostida boʻlgan xoʻjalik organi ham oʻzidan yuqori turuvchi muassasa, tashkilotda qabul qilib olishda qatnashish uchun oʻz vakilini ajratish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavstandart”ning hududiy organlari va zimmalariga ayrim masalalar boʻyicha xoʻjalik organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan boshqa organlar, shuningdek boʻysunuvchi tarmoq inspeksiyalari bundan mustasno boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuk tashishda tabiiy nobud boʻlishning belgilangan meʼyorlari mahsulotlar tovarlarni qabul qilib olishda mahsulotlar, (tovarlar) ogʻirligining haqiqatda kamomadi aniqlangan holdagina qoʻllanilishi mumkin. Butun-butun oʻrinlar kamomadini va ayrim shikastlangan oʻrinlarda ogʻirlik kamomadini butun mahsulotlar tovarlardan kelib chiqib hisoblangan mahsulotlar, tovarlarning tabiiy nobud boʻlish meʼyorlari hisobiga qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami mahsulotlar, tovarlar ogʻirligini tekshirishda tabiiy kamayish meʼyori buzilgan oʻrinlardagi mahsulotlar, tovarlar ogʻirligidan alohida hisoblab chiqish kerak. Tortishning aniqligi meʼyori tabiiy kamayishni oʻz ichiga olmaydi. U mahsulotlar, (tovarlar)ning ayrim turlari uchun belgilangan meʼyorlarga muvofiq qoʻllanilishi kerak. Kamomad tortish aniqligi meʼyoridan yuqori boʻlgan hollarda mahsulotlar, tovarlarning muayyan turi uchun tabiiy kamayish meʼyorlari yoʻq boʻlganda butun kamomad, undan koʻrsatilgan meʼyor istisno qilinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahsulotlar, (tovarlar)ning ushbu turi uchun tabiiy kamayish meʼyori belgilangan boʻlsa, unday holda tortish aniqligi meʼyoridan yuqori boʻlgan kamomad aniqlanganda bu kamomaddan tabiiy kamayish meʼyorini chiqarib tashlash kerak. Tabiiy kamayish meʼyori chiqarib tashlangandan keyin tortish aniqligi meʼyoridan yuqori boʻlmagan kamomad qolsa, u tortish aniqligi meʼyori sifatida qaraladi. Agar kamomad tabiiy kamayish meʼyori summasidan va tortish aniqligi meʼyoridan yuqori boʻlsa, kamomaddan faqat tabiiy kamayish meʼyori chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahsulotlar (tovarlar)ni dastlabki joʻnatuvchi tayyorlovchining tarasida yoki oʻrash materialida qayta joʻnatuvchi yetkazib beruvchilar taʼminot-sotish tashkilotlarining, ulgurji va ulgurji chakana savdo tashkilotlarining bazalari amaldagi qonunchilikka muvofiq mahsulotlar tovarlarni qabul qilishni tara ichidagi joylarning soni boʻyicha amalga oshirishlari shart boʻlgan hollarda yetkazib beruvchi tomonidan qayta joʻnatilgan mahsulotlar, (tovarlar)ning tara ichki kamomadi bilan bogʻliq boʻlgan oluvchi xaridorning tayyorlovchiga daʼvosi uchun daʼvo muddati qabul qilib olish dalolatnomasi yetkazib beruvchi tomonidan tuzilishi kerak boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tara ichki kamomaddan kelib chiquvchi daʼvo xaridor oluvchi tomonidan yetkazib beruvchiga nisbatan qoʻzgʻatilsa, daʼvo muddati mahsulotlar, (tovarlar) kamomadini belgilovchi dalolatnoma belgilangan tartibda xaridor oluvchi tomonidan tuzilgan yoki tuzilishi kerak boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar, tovarlarni tayyorlovchi hisoblanmagan yetkazib beruvchi u tomonidan tayyorlovchidan olingan mahsulotlar, (tovarlar) miqdorni oʻz omborida tekshirishga burchli boʻlmaganda, daʼvo muddati xaridor (oluvchi) tomonidan tayyorlovchiga ham, yetkazib beruvchiga ham daʼvo qoʻzgʻatish uchun dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab, agar u oʻz vaqtida tuzilgan boʻlsa, yoki mana shunday dalolatnoma tuzilishi kerak boʻlgan kundan boshlab hisoblanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar yuklab joʻnatish, transportda tashish, qabul qilib olish qoidalarining buzilishini aniqlar ekanlar mahsulotlar (tovarlar) kamomadi hosil boʻlishiga olib kelgan sabablar va sharoitlarni puxta oʻrganishlari, dalillarga baho berishga rasmiyatchilik bilan munosabatda boʻlish hollariga yoʻl qoʻymasliklari kerak. Ish materiallari mahsulotlar (tovarlar) kamomadi suiisteʼmollar, qoʻpol ravishdagi sovuqqonlik yoki oʻgʻrilik natijasida hosil boʻlganligidan guvohlik bergan hollarda bunday ishlarning materiallari tergov organlariga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy boyliklar joʻnatuvchiga yetkazib berildi, deb qayd qilingan hollarda, ularning kamomadi fakti aniqlangan, shuningdek kamomadda joʻnatuvchining aybi isbotlanmagan hollarda xoʻjalik sudining qarorida tegishlicha joʻnatuvchilar yoki oluvchilarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari maʼmuriyatiga amaldagi qonunchilikka muvofiq yetkaziladigan zararning bunga aybdor shaxslardan undirib olinishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son