08.06.2010 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA” 2008 YIL 10 DEKABRDAGI 271-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sanoat xavfsizligini taʼminlash, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2010-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga mansub boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektlari xavfsizligi deklaratsiyalanishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (4-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nizomning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlash, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tadbirlarning yetarliligi va samaradorligini baholash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish hamda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning yigirmanchi xatboshidagi “sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi” va “meʼyorlari va qoidalariga” soʻzlari tegishli ravishda “ekspertiza xulosasi” va “talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini rasmiylashtirish boʻyicha talablar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi mazmundagi 16.1-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16.1. Deklaratsiyaning maxfiylilik ustxati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq undagi mavjud maʼlumotlarning maxfiylik darajasi bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 19-20-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quyidagi mazmundagi V va VI boʻlimlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi tashkilotlar tomonidan ekspertiza oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat yoki xizmat sirlari boʻlgan maʼlumotlarni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hajmda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi tashkilot rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspertiza xulosasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini favqulodda vaziyatlar boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaga, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy organiga, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini asoslangan soʻrovlar boʻyicha davlat boshqa organlariga “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining axborot varaqasini jamoat birlashmalari va fuqarolarga ularning asoslangan soʻrovlari boʻyicha “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini saqlash va ularni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining birinchi nusxasi (asli) va ekspertiza xulosasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi xavfsizlik jihatidan deklaratsiya qilinishi kerak boʻlgan sanoat obyektlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banklarini yuritadilar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfsizlikni deklaratsiyalash tartib-qoidasi bajarilishini tahlil qiladilar, kelib tushgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga oladilar va saqlaydilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Nizomga 2-ilova 2.8-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) deklaratsiyalanayotgan obyektdagi sanoat xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ texnik hujjatlar roʻyxati”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 185-modda)