08.06.2010 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAZIRLAR MAHKAMASINING “XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA” 2008 YIL 10 DEKABRDAGI 271-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sanoat xavfsizligini ta’minlash, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2010-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga mansub bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektlari xavfsizligi deklaratsiyalanishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (4-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nizomning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarning yetarliligi va samaradorligini baholash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish hamda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning yigirmanchi xatboshidagi “sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi” va “me’yorlari va qoidalariga” so‘zlari tegishli ravishda “ekspertiza xulosasi” va “talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi mazmundagi 16.1-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16.1. Deklaratsiyaning maxfiylilik ustxati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq undagi mavjud ma’lumotlarning maxfiylik darajasi bilan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 19-20-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) quyidagi mazmundagi V va VI bo‘limlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi tashkilotlar tomonidan ekspertiza o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat yoki xizmat sirlari bo‘lgan ma’lumotlarni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan hajmda davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi tashkilot rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekspertiza xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy organiga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini asoslangan so‘rovlar bo‘yicha davlat boshqa organlariga “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining axborot varaqasini jamoat birlashmalari va fuqarolarga ularning asoslangan so‘rovlari bo‘yicha “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini saqlash va ularni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining birinchi nusxasi (asli) va ekspertiza xulosasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi xavfsizlik jihatidan deklaratsiya qilinishi kerak bo‘lgan sanoat obyektlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banklarini yuritadilar, O‘zbekiston Respublikasi hududida xavfsizlikni deklaratsiyalash tartib-qoidasi bajarilishini tahlil qiladilar, kelib tushgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini hisobga oladilar va saqlaydilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Nizomga 2-ilova 2.8-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) deklaratsiyalanayotgan obyektdagi sanoat xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ texnik hujjatlar ro‘yxati”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 185-modda)