Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1994 YIL HOSILI UChUN PAXTANING RAYONLAShTIRILGAN VA ISTIQBOLLI NAVLARINI JOYLAShTIRISh HAMDA RESPUBLIKA XOʻJALIKLARINI SIFATLI URUGʻLAR BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA
Vazirirlar Mahkamasi goʻzaning istiqbolli navlarini rayonlashtirish va ekishda jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar borligini qayd qiladi. Bir qancha xoʻjaliklarda toʻrt va undan ortiq navlar ekilmoqda, katta-katta maydonlarda kechpishar navlar ekilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Bu esa samarali harorat olinmasligi oqibatida hosilning pasayib ketishiga olib kelmoqda.
Oʻtgan yili Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand viloyatlari xoʻjaliklarida koʻp navlar ekilishiga yoʻl qoʻyildi, bu esa paxta tayyorlash hajmi bajarilishining barbod boʻlishiga olib keldi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning boʻlinmalari tomonidan joylarda paxtannng istnqbolli, ertapishar navlarini keng joriy kilish va paxtani respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ekish va urugʻchilnk ustidan zarur darajadagi nazorat taʼminlanmayapti.
Bundan tashqari, urugʻlik paxtani qayta ishlashda va urugʻlik chigit yetishtirishda katta kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Bir qancha paxta zavodlarida urugʻlik chigit tayyorlashda navlarni aralashtirib yuborish hollari uchramoqda. Paxta zavodlarini urugʻlik paxtani qayta ishlash boʻyicha ixtisoslashtirish amalga oshirilmayapti, bu esa texnologiya tartibiga rioya qilishning buzilishiga olib kelmoqda.
Paxta navlarini ekishda zarur tartibda oʻrnatish va uning istiqbolli, tezpishar va yuqori hosilli navlarini ekishni oqnlona joylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining gʻuza navlarini respublika mintaqalari boʻyicha ekish toʻgʻrisidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Oʻrtoq Qayumov), “oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasi (oʻrtoq Zikriyoyev) ixtisoslashtirilgan paxta zavodlarida paxta xomashyosi tozalanishi va urugʻlik chigit tayyorlanishi 2 va 3-ilovalarga* muvofiq oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
3. Paxta navlarini joylashtirish boʻyicha topshiriqlar barcha paxtakor xoʻjaliklarga yetkazilsin. Xoʻjaliklarda paxtaning bittadan, tumanlarda esa ikkitadan koʻp boʻlmagan navlarini ekish tavsnya qilinsin.
4. Sara va birinchi reproduksiyali urugʻlar yetishtiruvchi sara-urugʻchilnk xoʻjaliklari iyun yaxshilansin. Paxtaning yangn va istiqbolli navlari faqat bazaviy xoʻjaliklarla sinab koʻrilsin.
5. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” respublika ishlab chiqarish-ilmiy birlashmasi (oʻrtoq Sharipov) 1994-yil 1-martgacha paxta zavodlarini kasalliklar va qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi zarur miqdordagi urugʻ dorilagichlar bilan taʼminlasin, chigitlarni dorilashning snfati ustidan nazorat oʻrnatsin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashn, viloyatlar hokimliklari 4-ilovaga* muvofiq urugʻlik chigitni taqsimlash topshiriqlariga muvofiq ularni viloyatlararo yetkazib berishni amalga oshirsinlar.
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xoʻjaliklarni yuqori klassli urugʻlik fondi yaratishga ragʻbatlantirish maqsadida paxta xomashyosining xarid narxlarnga 20 foiz miqdordagi ustamani 1994-yil istiqbolini belgilashda ishlab chiqsin va joriy etsin.
Sara va birinchn klassli urugʻlik chigitni ishlab chiqishni va xoʻjaliklarga sotishni taʼminlayotgan ixtisoslashtirilgan paxta zavodlariga urugʻlik chigitning ulgurji narxlariga 10 foizli qoʻshimcha ustama belgilansin.
8. Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi sara-urugʻchilik xoʻjaliklari va urugʻchilik laboratoriyalari xodimlarining ish haqini birgalikda oʻrganib chiqsinlar va uni qayta qoʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirnnng birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansnn.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 14-yanvar,
8-son