Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018 13.11.2002 yildagi PF-3161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018
Hujjat 13.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARIDA HISOB VA HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etishtirilgan paxta xomashyosi uchun hisob-kitoblar chogʻida shartnoma-moliya intizomiga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash, paxta tayyorlashga oid hisob va hisobotlarning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasidagi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tarkibida Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi (bundan buyogʻiga — Boshqarma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Boshqarma zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsuloti ishlab chiqarish va uni sotish boʻyicha statistika hamda buxgalteriya hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan paxta xomashyosining miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlar nazorat va taftish qilinishini, xomashyoni qayta ishlash chogʻida olinadigan paxta tolasi, paydo boʻladigan kuyindilar hamda boshqa chiqindilarning belgilangan meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navlarni joylashtirishning oʻrnatilgan tartibiga rioya etilishi, belgilangan standartlarga va seleksiya navlari joylashtirilishiga muvofiq urugʻlik chigitlar tayyorlanishi hamda paxtakor xoʻjaliklarning ular bilan taʼminlanishi monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi hamda ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarining miqdori va sifatini hamda ularning hisobotda aks ettirilishini baholash boʻyicha tekshirishlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodologiyasini ishlab chiqib takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga paxta tayyorlash, uni saqlash va qayta ishlashning butun davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlangan maxsus jadvallar boʻyicha paxta tozalash korxonalarini tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan paxta xomashyosining miqdori hamda sifati, paxta tolasi va paxta mahsulotining sotilishi masalalari boʻyicha tekshirish hamda taftishlar oʻtkazish, shuningdek, paxtakor xoʻjaliklarning sifatli urugʻlik chigit bilan taʼminlanishini hamda gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarga rioya etilishini tekshirib turish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Respublika paxta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 11-iyundagi PF-2874-son Farmoni 2-bandining beshinchi xatboshi va 4-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3161-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 203-modda)