OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY OʻQUV YURTLARIDA TAʼLIM OLISH UCHUN YOʻNALTIRILADIGAN MABLAGʻLARGA JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI BOʻYICHA IMTIYOZNI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
24-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-mart,
2010-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-martdagi 24, 2010-15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olishga (oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining taʼlim olishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida nazarda tutilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlarini Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshgacha boʻlgan oʻz farzandlarining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan summalariga (keyingi oʻrinlarda oʻqish uchun toʻlov deb yuritiladi) kamaytirish (keyingi oʻrinlarda soliq chegirmasi deb yuritiladi) koʻrinishida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizom maqsadlarida oliy oʻquv yurti deganda oliy taʼlimning taʼlim dasturlarini (bakalavriat va magistratura) amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan, oʻz Ustavi va Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1222, 2002-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son) asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi oʻqish uchun toʻlov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
oʻz mablagʻlari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlari (ssudalar).
5. Oʻzining oʻqishi yoki oʻz farzandlarining oʻqishi uchun toʻlanganda soliq chegirmasi jismoniy shaxs — taʼlim oluvchiga, shuningdek agar oʻqish uchun toʻlov taʼlim oluvchi yigirma olti yoshga toʻlguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa uning ota-onalariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin oʻtkazilgan oʻqish uchun toʻlov summalariga beriladi. Oʻqish uchun toʻlov yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar hisobiga 2010-yilning 1-yanvariga qadar amalga oshirilgan hollarda, soliq chegirmasi 2010-yilning 1-yanvaridan keyin yuridik shaxslar tomonidan berilgan ssudalarni qoplash hisobiga ushlab qolingan mablagʻlar summasiga beriladi.
7. Yuridik shaxslar tomonidan talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan, ushbu yuridik shaxsning xarajati boʻlgan mablagʻlar summasiga soliq chegirmasi tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar hisobot soliq davrida soliq chegirmasini toʻliq qoʻllashning imkoni boʻlmasa (jami yillik daromad summasi taʼlim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasidan kam boʻlsa), uning qoldigʻi keyingi soliq davrlariga koʻchirilmaydi.
9. Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish yoʻli bilan hamda soliq toʻlovchining yozma arizasiga binoan toʻlov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.
II. Toʻlov manbaida soliq chegirmasini taqdim etish tartibi
10. Toʻlov manbaida soliq chegirmasi taʼlim uchun toʻlov quyidagilar hisobiga amalga oshirilganda taqdim etiladi:
toʻlangan summalarni jismoniy shaxsning soliq solinadigan daromadlaridan keyinchalik ushlab qolish sharti bilan berilgan ish beruvchining mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtiga yoki tijorat bankiga olingan taʼlim kreditini qoplash evaziga ish beruvchi tomonidan oʻtkazib beriladigan jismoniy shaxsning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlari.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jismoniy shaxslar soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga daromadlarini oʻqish uchun toʻlovga (kreditni qoplashga) oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) pasporti va (yoki) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolmaslik uchun asos boʻladi.
13. Toʻlov manbaida soliq chegirmasi qoʻllanilganda jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilishi talab qilinmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Jismoniy shaxsga toʻlov manbaida soliq chegirmasi taqdim etilmagan holda, soliq chegirmasi ushbu Nizomning III bobida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida taqdim etilishi mumkin.
15. Oliy oʻquv yurtlari va tijorat banklari tomonidan mablagʻlarni qaytarib berish ushbu mablagʻlar olingan shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazib berish orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avval oʻtkazilgan pul mablagʻlari ish beruvchining hisob raqamiga qaytarib berilganda, toʻlov manbaida imtiyozni qoʻllagan ish beruvchi qaytarib berilgan summani jismoniy shaxsning soliq solinadigan jami daromadi tarkibiga kiritishi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushlab qolishi lozim.
III. Soliq chegirmasini jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi asosida berish tartibi
16. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 191—193-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin. Bunda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun koʻrsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Soliq chegirmasiga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
talaba (talabalar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari hisob raqamiga (taʼlim kreditini qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi (soliq imtiyozi taʼlim oluvchining oʻzi tomonidan qoʻllanilganda);
pasport nusxasi (soliq imtiyozi ota-ona tomonidan qoʻllanilganda) va taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. 26 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchining oʻqishi uchun toʻlov amalga oshirilganda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarning pasport va STIR nusxalarini taqdim etadi.
Agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarga, soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarning pasport va STIR nusxalari taqdim etilganda beriladi.
Davlat soliq xizmati organlari oʻzlarida mavjud maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravishda soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi koʻrinishidagi imtiyoz summasi qoʻllanilganligini aniqlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Soliq chegirmasini olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar bitta davlat soliq xizmati organida hisobda turmagan taqdirda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi:
jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etuvchi jismoniy shaxs deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq soliq chegirmasini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslar tomonidan soliq chegirmasi tariqasidagi imtiyoz summasi qoʻllanilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (maʼlumotnomalarni) taqdim etadi (masalan, taʼlim oluvchining otasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Taʼlim oluvchining otasi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda uning farzandi (farzandlari) va rafiqasi soliq chegirmasini qoʻllamaganliklari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etadi);
agar soliq chegirmasi summasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi summasidan ortiq boʻlsa, qolgan summaga soliq chegirmasi uni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa jismoniy shaxslarga, mazkur shaxslar tomonidan boshqa jismoniy shaxslar soliq chegirmasini qoʻllaganligi toʻgʻrisida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma taqdim etilgandagina beriladi (masalan, taʼlim oluvchining onasi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmoqda. Avval jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya taʼlim oluvchining otasi tomonidan taqdim etilgan va u tomonidan taʼlim olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning bir qismiga soliq chegirmasi qoʻllanilgan. Taʼlim oluvchining onasi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda otasining soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan qoʻllanilgan soliq chegirmasi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi).
IV. Yakuniy qoida
20. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan soliq chegirmalarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.