Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 04.11.2002 yildagi PF-3157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjat 04.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002-YIL 21-IYUNDAGI PF–3093-SON FARMONIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etishni, uning respublika markaziy iqtisodiyot organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish darajasini oshirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar loyihasini shakllantirish jarayonini chuqur oʻrganish, ularni oʻtkazilayotgan iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlariga, oʻrtaga qoʻyilgan siyosiy va strategik vazifalarga, qabul qilingan maqsadli, kompleks dasturlarga toʻla-toʻkis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti ijrosi hamda davlat mablagʻlarining sarflanishi, birinchi navbatda budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish va taʼminlash, davlat xarajatlarini qisqartirish zaxiralarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablagʻlaridan maqsadli (belgilangan maqsadda) va qonuniy foydalanishni tekshirib, ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiisteʼmolchilik faktlarini aniqlash hamda bunday hollarning oldini olish choralarini amalga oshirish;

mahalliy boshqaruv idoralari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻzlarining joylarga topshirilayotgan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishlari uchun ularga real moliyaviy resurslar ajratib berish, jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ularning rolini oshirish vazifasini hal etishdan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi nisbatni maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Davlat budjeti toʻldirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, budjetning daromad qismi moddalar boʻyicha ijro etilishiga baho berish, belgilangan istiqbol (reja) koʻrsatkichlar bajarilmagani haqida oʻz vaqtida xabardor qilish. Iqtisodiyotda sodir boʻlayotgan tendensiyalarni oʻtkazib kelinayotgan soliq siyosati bilan oʻzaro bogʻlagan holda muntazam va chuqur tahlil etish, ilgʻor soliq siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

oʻtkazilayotgan pul-kredit siyosati, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul tarkibini maqbullashtirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil etish va baholash. Pulning qadrsizlanishiga qarshi faol va taʼsirchan siyosat amalga oshirilishini, ichki bozorning tovar resurslari bilan toʻldirilishini nazorat qilish;

oltin-valyuta zaxiralarining holati va harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil etish hamda ularni xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlash;

tashqi savdo va toʻlov balanslari shakllanishini hamda ijrosini chuqur tahlil etish. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti istiqbol (reja) koʻrsatkichi bajarilishi, mahsulot importining maqbullashtirilishini taʼminlash, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish ustidan monitoringni amalga oshirish;

tashqi qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy baholash, Hukumat tomonidan yoki Hukumat kafolati ostida olingan tashqi kreditlar oʻz vaqtida qaytarilishini qattiq nazorat qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarning umumiy hajmida ularning ulushini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisida yangi tahrirdagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son Farmoni 2-bandi, 3-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur Farmonning 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi S.B. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3157-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-son Farmoniga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son va 2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-son Farmonlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (quyida “Hisob palatasi” deb yuritiladi) asosiy vazifalari hamda vakolatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hisob palatasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz faoliyatida Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Hukumatining qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisob palatasi mustaqil organ boʻlib, baho berishda mustaqil va xolisdir, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalarning ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, oltin-valyuta zaxiralari va tashqi qarzlarni boshqarish hamda tasarruf etish monitoringi va davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hisob palatasi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan va kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va mansabdor shaxslar tomonidan ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Hisob palatasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjet va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar loyihasini shakllantirish jarayonini chuqur oʻrganish, ularni oʻtkazilayotgan iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlariga, oʻrtaga qoʻyilgan siyosiy va strategik vazifalarga, qabul qilingan maqsadli, kompleks dasturlarga toʻla-toʻkis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti ijrosi hamda davlat mablagʻlarining sarflanishi, birinchi navbatda budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish va taʼminlash, davlat xarajatlarini qisqartirish zaxiralarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablagʻlaridan maqsadli (belgilangan maqsadda) va qonuniy foydalanishni tekshirib, ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiisteʼmolchilik faktlarini aniqlash hamda bunday hollarning oldini olish choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy boshqaruv idoralari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oʻzlarining joylarga topshirilayotgan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishlari uchun ularga real moliyaviy resurslar ajratib berish, jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ularning rolini oshirish vazifasini hal etishdan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy budjetlar oʻrtasidagi nisbatni maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti toʻldirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, budjetning daromad qismi moddalar boʻyicha ijro etilishiga baho berish, belgilangan istiqbol (reja) koʻrsatkichlar bajarilmagani haqida oʻz vaqtida xabardor qilish. Iqtisodiyotda sodir boʻlayotgan tendensiyalarni oʻtkazib kelinayotgan soliq siyosati bilan oʻzaro bogʻlagan holda muntazam va chuqur tahlil etish, ilgʻor soliq siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan pul-kredit siyosati, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul tarkibini maqbullashtirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil etish va baholash. Pulning qadrsizlanishiga qarshi faol va taʼsirchan siyosat amalga oshirilishini, ichki bozorning tovar resurslari bilan toʻldirilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin-valyuta zaxiralarining holati va harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil etish hamda ularni xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo va toʻlov balanslari shakllanishini hamda ijrosini chuqur tahlil etish. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti istiqbol (reja) koʻrsatkichi bajarilishi, mahsulot importining maqbullashtirilishini taʼminlash, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish ustidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy baholash, Hukumat tomonidan yoki Hukumat kafolati ostida olingan tashqi kreditlar oʻz vaqtida qaytarilishini qattiq nazorat qilish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarning umumiy hajmida ularning ulushini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hukumat yoki u vakil qilgan organlar oltin-valyuta zaxiralari bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha tomonlardan biri sifatida harakat qiladigan barcha qarorlar Hisob palatasi bilan kelishilgan holda qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Hisob palatasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hisob palatasi asosiy vazifalarga muvofiq nazorat, monitoring va tahliliy ishlar kabi funksiyalarni, jumladan quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, budjet-soliq va pul-kredit sohasidagi koʻrsatkichlarning shakllanish jarayonlarini, ularning qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishini muntazam suratda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti, uning daromad va xarajat qismlari asosiy koʻrsatkichlari hamda moddalarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti, soliq tushumlari va pul koʻrsatkichlari ijrosining tasdiqlangan parametrlarini toʻgʻrilash boʻyicha takliflarning asosli ekanligini hamda ularning makroiqtisodiyot koʻrsatkichlariga taʼsirini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarni va umuman jamiyatni rivojlantirishda mahalliy boshqaruv idoralari hamda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish maqsadida respublika va mahalliy budjetlar oʻrtasida eng maqbul nisbatga erishish boʻyicha takliflarni tahlil etish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar boʻyicha davlat mablagʻlarini sarflashda tasdiqlangan koʻrsatkichlarga rioya qilmaslik hollari aniqlangan taqdirda tekshirish oʻtkazib, ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiisteʼmolchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manbalar boʻyicha umuman va mintaqalarda budjetning daromad qismi ijrosi, soliq va bojxona organlaridan toʻlovlarning toʻliq kelib tushishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet jarayonidagi chekinishlarni tahlil etish va oʻrganish, ularni bartaraf etish hamda budjet qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutani mustahkamlash, pul qadrsizlanishini kamaytirish hamda iqtisodiy oʻsish va narxlar barqarorligi koʻrsatkichlarining maqbul darajada uygʻunlashuviga erishish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning oʻrni qayta toʻldirilishi va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat qilish, nobudgarchilik va suiisteʼmolchilik yoʻllari hamda imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida davlatning oltin-valyuta zaxiralari harakatidagi barcha jarayonlar oshkora boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi aktivlarni boshqarish boʻyicha hisobotlar va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valyuta zaxiralarini xorijiy banklarda joylashtirish hamda qayta joylashtirishning asosli va samarali ekanligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashqi qarzini boshqarish ustidan monitoringni amalga oshirish hamda bu qarz, birinchi navbatda Hukumat tomonidan va Hukumatning kafolati ostida olingan kreditlar oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti istiqbol (reja) koʻrsatkichlarini bajarish, mahsulot importini maqbullashtirish, tashqi savdo va toʻlov balanslarida ijobiy saldoga erishishni taʼminlash chora-tadbirlari roʻyobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet mamlakatlarda davlat mulkini sotish bilan bogʻliq masalalarni tahlil etish hamda ularning nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning konlarini ochish hamda ulardan foydalanish boʻyicha xorijiy kompaniyalarning takliflarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki uning kafolati ostida xorijiy kreditlar va qarzlarni jalb etish maqsadga muvofiqligi hamda ulardan foydalanish samaradorligini, xalqaro moliya bozorlarida respublikaning qarz majburiyatlarini chiqarishni tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazib kelinayotgan budjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga taʼsir qiluvchi qonun hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining zimmasidagi vazifalardan kelib chiqadigan masalalar boʻyicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va amalga oshirish, ular asosida hisobot va takliflarni tayyorlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining koʻrib chiqishi uchun taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob palatasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisob palatasi oʻz zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha maʼlumot va hujjatlarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va banklardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur hollarda tekshirishlarni tashkil etish hamda ularning natijalari boʻyicha ijro etish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida tekshirishlarni oʻtkazish uchun davlat organlari va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlari va ayrim mutaxassislarni tekshirishlarda qatnashishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim boʻlgan barcha masalalar boʻyicha tegishli xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tadbirlarining natijalari boʻyicha, qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash maqsadida takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisob palatasining tuzilmasi va xodimlar soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hisob palatasiga Hisob palatasining Raisi boshchilik qiladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hisob palatasi Hisob palatasining Raisidan, Hisob palatasi masʼul xodimlari (inspektorlari)dan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hisob palatasining Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning ishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tekshirishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarorlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi qabul qilgan qarorlarning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari, uning qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarining ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobotlar taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan vakolatga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hisob palatasining masʼul xodimlari (inspektorlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan vazifalarga muvofiq Hisob palatasi faoliyatining muayyan yoʻnalishlariga rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida, oʻzlari boshchilik qilayotgan yoʻnalishlardagi faoliyatni tashkil etishga oid barcha masalalarni mustaqil ravishda hal etadilar va uning natijalari uchun javobgar boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasining faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilishi chogʻida Oliy Majlis qoʻmitalarining, ijroiya hokimiyat organlari va boshqa davlat organlari hayʼatlarining majlislarida ishtirok etish huquqiga egadirlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muallimlik va ilmiy ishlardan tashqari tijorat hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hisob palatasi faoliyatining ichki masalalari, inspektorlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, ishlarni yuritish tartibi, nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish Hisob palatasining Raisi tomonidan tasdiqlanadigan Hisob palatasi Reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hisob palatasi huzurida Hayʼat tashkil etiladi, uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi huzuridagi Hayʼat aʼzolari boshqa ishga oʻtishganida ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hisob palatasi huzuridagi Hayʼat aʼzolari Hayʼat majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni oʻrganish va tayyorlashni taʼminlaydilar, ana shu masalalarni muhokama etishda va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda qatnashadilar, uning ishini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hisob palatasi huzuridagi Hayʼat majlislari zaruratga qarab, ammo yilning har choragida kamida bir marta muntazam oʻtkazib turiladi. Majlisda Hayʼat aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda u vakolatli deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarning mohiyatiga qarab vazirlik va idoralar, banklarning rahbarlari, shuningdek mutaxassislar va ekspertlar taklif etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hayʼat majlisi yakunlari boʻyicha oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qilinadi, qaror majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi. Shoshilinch hollarda Hayʼat qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinib, keyin u Hayʼatning navbatdagi majlisida tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tekshirishlarning koʻpchilikka oshkor qilib boʻlmaydigan maʼlumotlari bayon etilgan hujjatlari Hayʼatning yopiq majlislarida koʻrib chiqiladi. Ana shu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hayʼat kotibi Hayʼat majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida Hayʼat aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni xabardor qiladi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi va zarur hollarda ana shu hujjatlarni ularga tarqatadi, Hayʼat majlislarining bayonnomalari yuritilishi, rasmiylashtirilishi hamda Hisob palatasining Raisi bilan kelishilgan holda Hayʼat qarorlari tarqatilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisob palatasi oʻz faoliyatini Hisob palatasining vakolatiga kiruvchi masalalar ustidan amaliy muntazam nazoratni taʼminlash zaruratidan kelib chiqqan holda tuziladigan yillik rejalar va dasturlar asosida tashkil etadi. Ish rejalari Hisob palatasi huzuridagi Hayʼat majlisida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hisob palatasi xorijiy mamlakatlarning hisob va nazorat palatalari hamda parlament nazorati organlari va ularning xalqaro birlashmalari bilan aloqa bogʻlab turadi, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hisob palatasining ishi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hisob palatasini qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 200-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda; 14-son, 101-modda)