O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, qimmatbaho metallar va toshlar bilan operatsiyalar amalga oshirilishi, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish, xorijiy kapitalni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va undan samarali foydalanish, davlatning tashqi qarzi o‘z vaqtida qaytarilishi doimiy monitoringi va nazoratini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF-3157-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-yanvardagi PF-3536-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
5. Belgilansinki, Hukumat yoki u vakil qilgan organlar oltin-valyuta zaxiralari bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha tomonlardan biri sifatida harakat qiladigan barcha qarorlar Hisob palatasi bilan kelishilgan holda qabul qilinishi shart.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosiga joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi Hisob palatasining faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratsin, shuningdek uskunalar, kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-iyun,
PF-3093-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-con, 109-modda, 10-11-son, 200-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 12-13-son, 89-modda; 2017-y., 32-son, 796-modda)