Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ABN-AMRO” (NIDERLANDLAR) BANKI KREDITINI JALB ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Oʻzsavdogarbank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining ilovaga muvofiq “ABN-AMRO”“ (Niderlandlar) banki bilan 5 yilgacha muddatga 50 mln AQSH dollari miqdoridagi kreditni jalb etish yuzasidan shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Kreditning Hukumat kafolati ostida 7,25 yillik foiz stavkasi bilan jalb etilayotgani va “Oʻzsavdogarbank” tomonidan xizmat koʻrsatiladigan korxona va tashkilotlarga kredit berish va soʻmdagi tushumlardan banklararo kreditlarni uzishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi orqali sotilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsavdogarbank” tomonidan kreditni toʻlovlar jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida toʻlash maqsadida soʻmdagi mablagʻlar, keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida EMVga konvertatsiya qilgan holda, maxsus schyotda jamgʻariladi;
“Oʻzsavdogarbank” tomonidan kreditga xizmat koʻrsatish schyotiga toʻlovlar kechikkan taqdirda Moliya vazirligi “Oʻzsavdogarbank”ning korrespondentlik schyotlaridan mablagʻlar koʻchirishni qatʼiy tartibda amalga oshiradi.
3. “Oʻzsavdogarbank”:
“ABN-AMRO” banki bilan kredit bitimini ishlab chiqish va tuzishni tugallasin;
kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun ikki oy muddatda soʻm va valyutada maxsus schyotlar ochsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit bitimi tuzilgandan soʻng bir hafta muddatda kredit boʻyicha Hukumat kafolatini imzolasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va M.3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-iyun,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-iyundagi 211-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzsavdogarbank”ning AVN—AMRO banki kreditiga xizmat koʻrsatish sxemasi
| | oʻlchov birligi | 1996-y. (2-yar. yil) | 1997-y. | 1998-y. | 1999-y. | 2000-y. | 2001-y. |
| Kredit jalb etish | mln AQSH doll. | 50.0 | | | | | |
|
Yil boshidagi holat: |
| | | | | | |
| Kredit portfeli hajmi | | | | | | | |
| mln soʻm | | 1850.0 | 2146.7 | 2640.4 | 2879.3 | 2490.7 | 2042.2 |
| mln AQSH doll. | | 50.0 | 56.5 | 67.7 | 72.0 | 60.7 | 48.6 |
|
Yil davomidagi oʻzgarishlar: |
| | | | | | |
| Kreditlar boʻyicha soʻmdagi yillik foiz stavkasi | % | 40 | 30 | 20 | 17 | 15 | 12 |
| Bank kreditlari boʻyicha daromad | mln soʻm | 370.0 | 644.0 | 528.1 | 489.5 | 373.6 | 122.5 |
| Asosiy qarzni toʻlash | mln AQSH doll. | | | 15.0 | 15.0 | 20.0 | |
| AQSH dollaridagi yillik foiz stavkasi | % | 7.25 | 7.25 | 7.25 | 7.25 | 7.25 | 7.25 |
| AQSH dollari hisobidagi ustama foizlar summasi | mln AQSH doll. | 1.8 | 3.6 | 3.6 | 3.6 | 2.5 | 0.7 |
| AQSH dollarining soʻmga nisbatan kutilayotgan kursi | soʻm/dollar | 37.00 | 38.00 | 39.00 | 40.00 | 41.00 | 42.00 |
| Soʻm hisobidagi asosiy qarzni toʻlash | mln soʻm | — | — | — | 600.0 | 615.0 | 840.0 |
| Soʻm hisobidagi foizlarni toʻlash |
mln soʻm |
67.1 |
137.8 |
141.4 |
145.0 |
104.0 |
30.5 |
| Soliq toʻlash | |
— |
— |
135.3 |
120.6 |
94.3 |
32.2 |
| Maʼmuriy va boshqa xarajatlar | mln.soʻm | 6.3 | 12.5 | 12.5 | 12.5 | 8.8 | 5.0 |
|
Yil oxiridagi holat: |
| | | | | | |
| Asosiy qarz summasi | mln AQSH doll. | 50.0 | 50.0 | 50.0 | 35.0 | 20.0 | — |
|
Kredit portfeli hajmi: |
| | | | | | |
| mln soʻm | | 2146.7 | 2640.4 | 2879.3 | 2490.7 | 2042.2 | 1257.0 |
| mln AQSH doll. | | 58.0 | 69.5 | 73.8 | 62.3 | 49.8 | 29.9 |
Eslatma: Jalb etilayotgan kreditning 902 mln soʻm (24,4 mln AQSH dollari) hajmidagi qismi banklararo kreditni toʻlashga yoʻnaltiriladi.